Microsoft Word islom karimov asarlar 19-jild ziyouz com doc


Download 0.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/56
Sana04.01.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1077228
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   56
Bog'liq
41d86ec4722f89965826854cda50f455 DEMOKRATIK ISLOHOTLARNI YANADA CHUQURLASHTIRISH VA FUQAROLIK JAMIYATINI SHAKLLANTIRISH — MAMLAKATIMIZ TARAQQIYOTINING ASOSIY MEZONIDIR

Yettinchi. Rivojlangan demokratik davlatlar tajribasini inobatga olgan 
holda, davlat hokimiyati idoralari, huquqni muhofaza qiluvchi tuzilmalar, 
shu jumladan, prokuratura faoliyatida qonunchilik talablariga rioya qilish 
va qonun ustuvorligini ta’minlash bo‘yicha adliya organlarining rolini 
yanada kuchaytirishga qaratilgan yangi huquqiy mexanizmlarni 
o‘rnatadigan hujjatlarni ishlab chiqish va qabul qilish talab etilmoqda.
Adliya organlarining huquq ijodkorligi sohasi va huquqni qo‘llash 
amaliyotida yagona davlat siyosatini o‘tkazishdagi rolini kuchaytirish 
uchun ularga zarur bo‘lgan tegishli vakolatlarning berilishi 
mamlakatimizning huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari 
tizimida o‘zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanatining samarali 
mexanizmini yaratish imkonini beradi hamda ushbu organlar faoliyatida 
qonuniylik va qonun ustuvorligini ta’minlashga xizmat qiladi.
Sakkizinchi. Jamiyatning demokratiya yo‘lidan jadal rivojlanishi va 
bu borada amalga oshirilayotgan islohotlarning muvaffaqiyati ko‘p 
jihatdan odamlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyat darajasiga 


www.ziyouz.com
kutubxonasi 
38
bog‘liqdir. Yuksak huquqiy madaniyat – demokratik jamiyat poydevori va 
huquqiy tizimning yetuklik ko‘rsatkichidir.
Shu munosabat bilan, bugungi siyosiy-huquqiy voqelikni hisobga 
olgan holda, mamlakatimizda huquqiy ta’lim va ma’rifatni, jamiyatda 
huquqiy bilimlar targ‘ibotini tubdan yaxshilashga yo‘naltirilgan maqsadli 
keng ko‘lamli chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish zarur. Ushbu 
dasturning amalga oshirilishi aholining inson huquq va erkinliklariga 
nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lishini, fuqarolarda qonunga 
itoatkorlik tuyg‘usining yanada ortishini ta’minlaydi, deb o‘ylayman.
III. Axborot sohasini isloh qilish, axborot va so‘z erkinligini 
ta’minlash 
Muhtaram yurtdoshlar!
Bugun biz demokratik jarayonlarni chuqurlashtirish, aholining siyosiy 
faolligini oshirish, fuqarolarning mamlakatimiz siyosiy va ijtimoiy 
hayotidagi amaliy ishtiroki haqida so‘z yuritar ekanmiz, albatta, axborot 
erkinligini ta’minlamasdan, ommaviy axborot vositalarini odamlar o‘z fikr 
va g‘oyalarini, sodir bo‘layotgan voqealarga o‘z munosabati va 
pozitsiyasini erkin ifoda etadigan minbarga aylantirmasdan turib, bu 
maqsadlarga erishib bo‘lmasligini o‘zimizga yaxshi tasavvur etamiz.
Ma’lumki, fuqarolarning axborot sohasidagi huquq va erkinliklarini 
ta’minlash masalasi insonning axborot olish, axborotni va o‘z shaxsiy 
fikrini tarqatish huquqi va erkinligini o‘zida mujassam etgan bo‘lib, bu 
O‘zbekistonda demokratik jamiyat asoslarini barpo etishning muhim sharti, 
ta’bir joiz bo‘lsa, tamal toshi hisoblanadi.
Mamlakatimizda o‘tgan yillar davomida, ayniqsa oxirgi 10 yilda 
ommaviy axborot vositalarini yanada liberallashtirish, so‘z erkinligini 
ta’minlashga qaratilgan keng qamrovli tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar 
amalga oshirildi.
Yurtimizda avvalo ommaviy axborot vositalari rivojini ta’minlaydigan, 
demokratik talab va standartlarga to‘la mos keladigan mustahkam 
qonunchilik bazasi yaratildi. Ushbu davrda ommaviy axborot vositalarini 
erkin va jadal rivojlantirishga, axborot sohasining samarali faoliyat 
ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan 10 ga yaqin qonun hujjatlari qabul 
qilindi.

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling