Microsoft Word islom karimov asarlar 19-jild ziyouz com doc


Download 0.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/56
Sana04.01.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1077228
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56
Bog'liq
41d86ec4722f89965826854cda50f455 DEMOKRATIK ISLOHOTLARNI YANADA CHUQURLASHTIRISH VA FUQAROLIK JAMIYATINI SHAKLLANTIRISH — MAMLAKATIMIZ TARAQQIYOTINING ASOSIY MEZONIDIR

Islom Karimov,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 


www.ziyouz.com
kutubxonasi 
172


www.ziyouz.com
kutubxonasi 
173


www.ziyouz.com
kutubxonasi 
174


www.ziyouz.com
kutubxonasi 
175


www.ziyouz.com
kutubxonasi 
176


www.ziyouz.com
kutubxonasi 
177


www.ziyouz.com
kutubxonasi 
178


www.ziyouz.com
kutubxonasi 
179


www.ziyouz.com
kutubxonasi 
180


www.ziyouz.com
kutubxonasi 
181


www.ziyouz.com
kutubxonasi 
182


www.ziyouz.com
kutubxonasi 
183


www.ziyouz.com
kutubxonasi 
184


www.ziyouz.com
kutubxonasi 
185


www.ziyouz.com
kutubxonasi 
186


www.ziyouz.com
kutubxonasi 
187
MATBUOT VA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI 
XODIMLARIGA 
 
Qadrli do‘stlar! 
Avvalambor, siz, hurmatli jurnalistlar, nashriyot va matbaa sohasi 
vakillarini – bugungi kunda tobora o‘tkir va ta’sirchan kuchga ega bo‘lib 
borayotgan, og‘ir va mashaqqatli, shu bilan birga, sharafli kasb egasi 
bo‘lgan, o‘zini axborot sohasini rivojlantirishdek olijanob ishga 
bag‘ishlagan siz azizlarni 27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot 
vositalari xodimlari kuni bilan samimiy muborakbod etaman. 
Albatta, hammamiz uchun aziz va muqaddas bo‘lgan Vatanimiz 
mustaqilligining yaqinlashib kelayotgan 20 yillik buyuk sanasi arafasida 
o‘tayotgan bu bayramning alohida ma’no-mazmuni borligini, o‘ylaymanki, 
nafaqat soha xodimlari, balki ularning ijodi va mehnati mahsulidan har 
kuni bahramand bo‘ladigan millionlab yurtdoshlarimiz, butun xalqimiz 
yaxshi anglaydi. 
Ayni shunday damlarda el-yurtimiz hayotida tarixan qisqa bir davrda 
ro‘y bergan o‘zgarishlar – o‘z kuch va salohiyatimizga tayanib, milliy 
davlatchiligimizni qayta tiklash, siyosiy va iqtisodiy mustaqilligimizni 
mustahkamlash, keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirish, demokratik 
davlat va fuqarolik jamiyati barpo etish, xalqaro maydonda 
mamlakatimizning obro‘-e’tiborini yuksaltirishga erishish yo‘lida qanday 
ulkan yutuq va marralarni qo‘lga kiritganimiz haqida so‘z yuritishimiz 
tabiiydir.
Ayni shu kunlarda ommaviy axborot vositalari sohasida amalga 
oshirgan ishlarimizga tanqidiy baho berar ekanmiz, ulardan to‘g‘ri xulosa 
chiqarish, zamonning o‘zi talab qilayotgan muhim masalalarni kun 
tartibiga qo‘yish va ularni hal qilish barchamiz uchun eng dolzarb vazifa 
bo‘lib turgani xususida ortiqcha gapirishga hojat yo‘q, deb o‘ylayman.
Bugungi qutlug‘ ayyomda o‘lkamizda mustaqil milliy matbuot paydo 
bo‘lgan davrdan boshlab, bu ishning tamal toshini qo‘ygan, doimo xalq 
bilan, uning dardu tashvishlari, ezgu orzu-umid va intilishlari bilan 
yashagan ma’rifatparvar bobolarimiz, bu yo‘lda o‘zini fido qilgan 


www.ziyouz.com
kutubxonasi 
188
insonlarning, muhtaram faxriylarimizning nomlarini hurmat va ehtirom 
bilan yod etamiz.
Yurtimizda amalda o‘zini oqlamagan eski mafkura hukmronlik qilgan 
davrlarni eslar ekanmiz, shuni tan olishimiz kerakki, o‘sha zamonda ham 
axborot sohasining jonkuyar namoyandalari, qanday og‘ir bo‘lmasin, 
voqelikni to‘g‘ri yoritish, xalqimiz boshidan kechirgan mashaqqatli 
kunlarni yuragidan, qalbidan o‘tkazish, yaqin tariximizdagi mash’um 
yillarda millatimizning qadr-qimmatini, sha’nini himoya qilish, turli 
tuhmat va bo‘htonlardan asrash, eng muhimi, milliy qadriyatlarimiz, 
o‘zligimizni saqlashda o‘zini ayamasdan, vijdonan xizmat qilganini, 
mardlik va ma’naviy jasorat ko‘rsatganini bugun katta minnatdorlik bilan 
tilga olishimiz o‘rinlidir.
Biz mustaqillikka erishgan birinchi kunlardanoq milliy g‘oyani 
shakllantirish, ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot qurishdek 
buyuk maqsadlarni har qaysi insonning ongida, ma’naviy olamida keng 
qaror toptirish yo‘lida matbuotimiz katta hissa qo‘shayotganini, buning 
ahamiyati va mohiyatini alohida ta’kidlash va e’tirof etish zarur, deb 
bilaman.
Shu borada odamlarimizning, ayniqsa, yoshlarimizning dunyoqarashi 
tobora o‘zgarib, ularning ongu tafakkuri yuksalib, siyosiy va fuqarolik 
faolligi, daxldorlik tuyg‘usi oshib borayotgan bir paytda bu jarayonlarda 
aynan matbuot sohasining o‘rni va ta’sirini yuksak baholashimiz albatta 
adolatdan bo‘ladi, deb hisoblayman.
Aziz do‘stlar!
Bugun biz XXI asrda – globallashuv deb nom olgan, shiddat bilan 
o‘zgarib borayotgan zamonda yashar ekanmiz va o‘z oldimizga 
O‘zbekistonni rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga olib chiqish 
maqsadini qo‘ygan ekanmiz, davr talablari bilan hamohang va hamqadam 
bo‘lib hayot kechirishimiz zarurligini o‘zimiz uchun yana bir bor aniq-
ravshan tasavvur etib olishimiz shart.
Oldimizda turgan muhim vazifa va maqsadlar haqida gapirganda, 
avvalambor, mamlakatimizni isloh etish va modernizatsiya qilish yo‘lidagi 
izchil harakatlarimizni yanada kuchaytirish va ularni yangi, yuqori 
bosqichga ko‘tarish hayotiy zaruratga aylanib borayotganini barchamiz 
chuqur anglab olmoqdamiz.
Shu borada hayotimizda axborot erkinligini ta’minlash, davlat va 
boshqaruv organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatishda 


www.ziyouz.com
kutubxonasi 
189
ommaviy axborot vositalarining rolini kuchaytirish, ularni odamlarning o‘z 
fikr va g‘oyalarini, sodir bo‘layotgan voqea-hodisalarga o‘z munosabati va 
pozitsiyasini erkin ifoda etadigan minbarga aylantirish bugungi kunda eng 
dolzarb vazifamiz bo‘lib qolmoqda.
Mamlakatimizda ommaviy axborot vositalari faoliyatining qonuniy 
kafolatlarini ta’minlashga qaratilgan, xalqaro demokratik talab va 
standartlarga to‘la javob beradigan huquqiy zamin yaratilgani, sohaning 
moddiy-texnik bazasi tobora mustahkamlanib borayotgani va bunday ishlar 
izchil davom ettirilayotgani, hech shubhasiz, bu yo‘ldagi 
harakatlarimizning muhim tarkibiy qismidir.
Ayni paytda bu yo‘nalishda kechiktirib bo‘lmaydigan dolzarb 
vazifalar, amaliy hayotimizda to‘siq bo‘lib, o‘zining yechimini kutayotgan 
masalalar hali-beri ko‘pligini, o‘ylaymanki, hammamiz, avvalambor, 
matbuot jamoatchiligi juda yaxshi anglab, sezib turibdi.
Bugungi kunda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining 
ochiqligi, teleradioeshittirishlar, ommaviy axborot vositalari faoliyatining 
iqtisodiy asoslari, ularni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash kafolatlariga 
oid yangi qonunlarni qabul qilish bo‘yicha ishlarni tezlashtirish kerakligini 
hayotning o‘zi taqozo etmoqda.
Shu bilan birga, ommaviy axborot vositalarining davlat hokimiyati va 
boshqaruvi organlari faoliyati ustidan jamoatchilik va parlament nazoratini 
ta’minlash, ularning hokimiyat va jamoatchilik o‘rtasida mustahkam aloqa 
o‘rnatish borasidagi rolini kuchaytirishga qaratilgan bir qator qonun 
hujjatlariga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish ham o‘zining 
amaliy ijrosini kutib turibdi.
Bu qonunlarning qabul qilinishidan hammadan ham ko‘proq 
manfaatdor bo‘ladigan siz, jurnalistlar bu jarayonda o‘z fikr-
mulohazalaringiz, amaliy takliflaringiz bilan faol ishtirok etasiz, deb 
ishonaman.
Yana bir masala to‘g‘risida to‘xtalishni joiz deb bilaman. Bu o‘rinda 
gap davlat tomonidan ommaviy axborot vositalari, nashriyotlar va matbaa 
korxonalari, matbuot tarqatuvchi tashkilotlar faoliyatini yanada 
rivojlantirish uchun ularga yangi imtiyoz va preferensiyalar berish haqida 
bormoqda. Avvalambor, bu tuzilmalarga yangi yildan boshlab soliq yukini 
sezilarli darajada kamaytirish bo‘yicha imtiyozlar berish 
rejalashtirilmoqda.


www.ziyouz.com
kutubxonasi 
190
Ana shunday imtiyozlar albatta ommaviy axborot vositalarining 
mustaqilligini qog‘ozda emas, amalda ta’minlash uchun moliyaviy sharoit 
tug‘dirib berishi, ushbu sohada mehnat qilayotgan ishchi va xodimlarning 
daromadini, moddiy farovonligini oshirish bilan birga, boshqa bir qator 
soha va tarmoqlar rivojiga ham katta ta’sir ko‘rsatishi shubhasizdir.
Biz bu borada taraqqiy topgan davlatlar tajribasidan foydalangan 
holda, ushbu masalaning ijrosini qat’iy nazoratga olishimizni alohida 
ta’kidlab o‘tmoqchiman.
Oldimizda turgan yana bir muhim vazifa borki, u ham bo‘lsa, matbuot 
sohasida hali-beri uchrab turadigan o‘tkir mavzularni chetlab o‘tish, o‘zini 
o‘zi nazorat qilish, mansabda o‘tirgan kishilarga itoatgo‘ylik, kimgadir 
yomon ko‘rinmaslik, voqelikka bir xil yondashuv kabi kamchiliklarni 
bartaraf etish bilan bog‘liqdir.
Sohada kadrlar, xususan, yosh jurnalistlarni tayyorlash tizimini tubdan 
o‘zgartirish, jurnalistik ta’limga ixtisoslashgan oliy o‘quv yurtlarining 
o‘quv-metodik bazasini takomillashtirish, professor-o‘qituvchilarning 
malakasini oshirish, katta mahorat va ijodiy tajribaga ega bo‘lgan 
mutaxassislarni, ilg‘or pedagogik texnologiyalarni ta’lim jarayoniga jalb 
etish bo‘yicha ham hali ko‘p ish qilishimiz kerak.
Shular qatorida xalqaro maydonda informatsiya sohasida erishilgan 
yutuqlarni puxta o‘zlashtirish, jurnalistlarimizning o‘z xorijiy hamkasblari 
bilan tajriba almashish tizimini yangicha asosda yo‘lga qo‘yish vazifasi 
ham dolzarb bo‘lib turibdi. Barchamizga ayonki, bunday vazifalarni 
bajarishda zamonaviy media texnika va texnologiyalarni, Internet tizimida 
qo‘llanadigan tillarni puxta egallash g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi.
Ayniqsa, mustaqil, yangicha fikrlaydigan, iste’dodli yoshlarga 
ommaviy axborot vositalari sohasida keng yo‘l ochib berishga qaratilgan 
ishlarni yanada kuchaytirishimiz zarurligini, o‘ylaymanki, barchamiz 
yaxshi tushunamiz.
Bugungi kunda axborot olamida Internet davri kelgani, internet-
televideniye, internet-radio, elektron pochta, onlayn-video kabi ko‘plab 
yangi axborot tarqatish texnologiyalari qanday tez sur’atlar bilan 
rivojlanib, ularning auditoriyasi va ta’sir doirasi tobora kengayib 
borayotgani haqida ortiqcha gapirishga zarurat yo‘q, deb o‘ylayman.
Bunday axborot vositalariga asosan yoshlarning juda katta qiziqish 
bilan qarashi va ulardan keng foydalanishini hisobga oladigan bo‘lsak, 
haqiqatan ham, bu masalaning naqadar ulkan ahamiyatga ega ekanini 


www.ziyouz.com
kutubxonasi 
191
anglash qiyin emas. Aytish kerakki, yoshlar bilan teng bo‘lib, samimiy va 
samarali muloqot qilish uchun mana shunday axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalarini barcha jurnalistlar, birinchi navbatda, yosh 
jurnalistlarimiz har tomonlama chuqur va atroflicha egallashi kerakligini 
kimgadir tushuntirib berishga hech qanday hojat yo‘q.
Albatta, Internet orqali dunyoning istalgan nuqtasi bilan tezkor aloqa 
o‘rnatish, zudlik bilan zarur axborot va ma’lumotlarni olish, bilim va 
ma’rifatni oshirishda uning beqiyos o‘rni va ahamiyati borligini hech kim 
inkor etolmaydi. Biz odamlarimizning Internet imkoniyatlaridan yanada 
kengroq foydalanishga bo‘lgan intilishlarini har tomonlama qo‘llab-
quvvatlaymiz. Takror bo‘lsa-da, aytmoqchiman – axborot olamida 
qandaydir devor o‘rnatish, o‘z qobig‘iga o‘ralib, mahdudlikka yuz tutish 
yo‘li bizga aslo ma’qul emas.
Shu bilan birga, bugun yon-atrofimizda, uzoq-yaqin mintaqalarda yuz 
berayotgan voqealarni inobatga oladigan bo‘lsak, hali ongi, hayotiy 
qarashlari shakllanib ulgurmagan yoshlarni chalg‘itishga qaratilgan 
g‘arazli kuchlar ham Internet imkoniyatlaridan o‘z manfaatlari yo‘lida 
foydalanishga urinayotgani va bunday intilishlarning qanday salbiy 
oqibatlarga olib kelishi mumkinligini e’tibordan soqit qilib bo‘lmaydi. 
Jamiyatda tinchlik va barqarorlikni izdan chiqarishga, o‘zaro adovat va 
to‘qnashuvlarga sabab bo‘ladigan bunday xatarlarning oldini olishning 
bitta yo‘li bor: yoshlarimizni mustaqil fikrlaydigan, oqni qoradan, do‘stni 
dushmandan ajratishga qodir bo‘lgan, bizning qanday boy tarix va merosga 
ega ekanimizni anglab yashaydigan, imon-e’tiqodli, milliy va 
umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiya topgan insonlar etib voyaga 
yetkazishimiz, bu masalani hech qachon ikkinchi darajali vazifa deb 
bilmasligimiz kerak.
Muhtaram do‘stlar! 
Jurnalist ahlining mehnati, odamlarga, jamoatchilikka ta’siri haqida 
shaxsan men doim yuksak fikrdaman. Matbuot minbaridan aytilgan so‘z 
qanday qudratli aks sado berishi mumkinligini, uning ta’siri va samarasini 
oshirish avvalo sizlarning mahoratingiz, ijtimoiy pozitsiyangiz, insoniy va 
ijodiy fazilatlaringizga, hamisha mas’uliyat tuyg‘usi bilan ish olib 
borishingizga bog‘liq ekanini millionlab mushtariylar yaxshi biladi va 
sizdan aynan shuni kutadi. 
O‘z kasbining haqiqiy ustasi va fidoiysi bo‘lgan, o‘zining haqqoniy 
so‘zi bilan odamlarni ezgu maqsadlarga safarbar eta oladigan, el-yurt 


www.ziyouz.com
kutubxonasi 
192
manfaati, xalqimizning bugungi va ertangi kuni uchun yonib yashaydigan 
siz, jonkuyar jurnalistlarni men o‘zimning suyanchim va tayanchim deb 
bilishimni bugun yana bir bor aytmoqchiman. 
Sizlarni kasb bayramingiz bilan chin qalbimdan tabriklar ekanman, 
barchangizga sihat-salomatlik, kuch-g‘ayrat, yangi-yangi ijodiy yutuqlar, 
xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman. 

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling