Microsoft Word islom karimov asarlar 19-jild ziyouz com doc


Download 2.84 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/59
Sana18.06.2023
Hajmi2.84 Kb.
#1572195
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59
Bog'liq
19tom2011yilpdf



www.ziyouz.com
kutubxonasi 
1
 
ISLOM KARIMOV 
 
 
DEMOKRATIK ISLOHOTLARNI 
YANADA CHUQURLASHTIRISH VA 
FUQAROLIK JAMIYATINI 
SHAKLLANTIRISH — 
MAMLAKATIMIZ TARAQQIYOTINING 
ASOSIY MEZONIDIR 
 
 
19 
ISBN 978-9943-01-746-7 
Toshkent 
«O‘zbekiston» 
2011 


www.ziyouz.com
kutubxonasi 
2
 
 
 
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MUSTAQILLIGINING 19 
YILLIGIGA BAG‘ISHLANGAN TANTANALI MAROSIMDAGI 
TABRIK SO‘ZI 
Assalomu alaykum, qadrli vatandoshlar! 
Hurmatli mehmonlar! 
Bugun go‘zal va betakror yurtimizda buyuk ayyom, katta tantana. 
Xalqimiz asrlar davomida orziqib kutgan o‘z milliy mustaqilligining o‘n 
to‘qqiz yillik bayramini baland ruh va xursandchilik bilan kutib olmoqda.
Haqiqatan ham barchamiz uchun eng ulug‘, eng aziz bo‘lgan ana shu 
bayram bilan siz azizlarni, sizning timsolingizda butun xalqimizni chin 
qalbimdan tabriklash men uchun katta baxtdir.
Aziz do‘stlar! 
Bugun, shu qutlug‘ ayyom arafasida Vatanimiz ozodligiga erishish, 
hech kimga tobe va qaram bo‘lmasdan, o‘z taqdirimizni o‘z qo‘limizga 
olib, yurtimiz boyliklariga, uning tabiiy, iqtisodiy va intellektual 
salohiyatiga ega bo‘lish, bir so‘z bilan aytganda, ham siyosiy, ham 
iqtisodiy mustaqillikni mustahkamlash yo‘lida xalqimiz qanday og‘ir va 
mashaqqatli yo‘lni bosib o‘tgani beixtiyor ko‘z o‘ngimizdan o‘tadi. 
Biz bu yo‘lda har qanday murakkab va tahlikali sinovlar, to‘siq va 
g‘ovlardan o‘tib, yovuz va zo‘ravon harakatlar oldida bosh egmasdan, 
qanchalik qiyin bo‘lmasin, o‘z tanlagan yo‘limizdan qaytmadik, ezgu 
maqsadlarimizga yetish uchun qat’iyat va matonat bilan qadam qo‘ydik. 
Bugun mustaqil taraqqiyot yillarida bosib o‘tgan, oson kechmagan 
yo‘limizni, amalga oshirgan ishlarimizni, erishgan yutuq va marralarimizni 
sarhisob qilar ekanmiz, hech shubhasiz, xolisona bir xulosaga kelishimiz 
tabiiydir. 
Ya’ni, bundan o‘n to‘qqiz yil oldin yurtimizda erkin va mustaqil 
demokratik davlat va ochiq fuqarolik jamiyati qurish, iqtisodiyotimizni 
keskin va chuqur isloh etish, aholimiz manfaatlarini himoya qilishga 
qaratilgan kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirish bo‘yicha qabul qilgan 
azmu qarorimiz yakkayu yagona to‘g‘ri ekanini bugun hayotning o‘zi 
tasdiqlab bermoqda.


www.ziyouz.com
kutubxonasi 
3
Buning isbotini avvalo shu yurtda yashayotgan har qaysi inson o‘zi va 
oilasi, yaqinlari misolida, shahar va qishloqlarimiz, butun 
mamlakatimizning har tomonlama rivojlanib, obod bo‘lib borayotgani 
misolida yaqqol ko‘rishi mumkin. 
Buning tasdig‘i sifatida hali-beri davom etayotgan jahon moliyaviy–
iqtisodiy inqirozining salbiy ta’siriga qaramasdan, O‘zbekiston dunyodagi 
sanoqli davlatlar qatorida iqtisodiy va ijtimoiy o‘sishning yuqori va 
barqaror sur’atlarini namoyon etmoqda.
Oxirgi ikki yil davomida mamlakatimiz iqtisodiyotining o‘sish darajasi 
mos ravishda 9 va 8,1 foizni tashkil etgani, bu yil esa 8,5 foizni tashkil 
etishi kutilayotganining o‘zi ko‘pchilikning hayrat va havasini 
uyg‘otmoqda. 
Mustaqillik yillarida mamlakatimiz erishgan marralarni o‘zimizga 
tasavvur qilish uchun quyidagi raqamlarni keltirish o‘rinli deb bilaman.
1990 yilga nisbatan yalpi ichki mahsulotimizning o‘sishi taxminan 3,5 
karra, aholi jon boshiga hisoblaganda, 2,5 barobar oshgan, o‘rtacha oylik 
ish haqi esa shu yilning oxirigacha qariyb 500 AQSH dollarini tashkil 
qilib, taxminan 14 karraga ko‘payadi.
Yana bir raqam – Vatanimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi va 
yurtimizda inson salomatligini asrash, unga munosib sharoit yaratish va 
g‘amxo‘rlik ko‘rsatish uzluksiz o‘sib borayotganining tasdig‘i sifatida 
aholimizning o‘rtacha umr ko‘rish darajasi so‘nggi yigirma yil davomida 
67 yoshdan 73 yoshga yetganining o‘zi ko‘p narsadan dalolat beradi. 
Hammamiz yaxshi tushunamiz: bunday natijalarga albatta bir-ikki yil 
mobaynida erishib bo‘lmaydi.
Bu marralarni biz mustaqillik yillari davomida xalqimizning kundalik 
mashaqqatli va o‘ta og‘ir mehnati evaziga qo‘lga kiritganmiz.
Shuning uchun bu mo‘tabar zaminda istiqomat qilayotgan har bir 
yurtdoshimiz bu yutuqlardan g‘ururlanib-faxrlanib yashashga to‘la 
haqlidir. 
Qadrli yurtdoshlarim!
Bizning eng ezgu maqsad-muddaomiz – dunyodagi taraqqiy topgan 
demokratik davlatlar qatoriga kirishdan iboratdir. Buning uchun o‘z 
mohiyati va ahamiyatiga ko‘ra bir-biriga teng, bir-birini to‘ldiradigan ikki 
hal qiluvchi vazifani amalga oshirish bizning doimiy e’tibor markazimizda 
turishi zarur.


www.ziyouz.com
kutubxonasi 
4
Birinchidan, iqtisodiyotimizda tarkibiy o‘zgarishlarni va olib 
borilayotgan islohotlarni yanada chuqurlashtirish, iqtisodiy-ijtimoiy 
o‘sishimiz va texnologik rivojlanishimiz sur’atlarini yuksaltirish hisobidan 
Vatanimiz taraqqiyoti va aholimiz farovonligini munosib darajaga 
ko‘tarishdir.
Ikkinchidan, mamlakatimizni modernizatsiya qilish va 
erkinlashtirishni, siyosiy-huquqiy va iqtisodiy tizimni demokratik 
yangilashni, yurtimizda fuqarolik jamiyatini shakllantirishni davom 
ettirishdir. 
Biz bugun mana shunday buyuk maqsadlarni oldimizga qo‘yar 
ekanmiz, chuqur anglab olishimiz zarurki, bunday orzu-intilish 
mustaqillikning birinchi kunlaridan boshlab olib borayotgan 
siyosatimizning mantiqiy va qonuniy davomi bo‘lib, butun xalqimizdan 
tinimsiz mehnat va kuch-g‘ayratni safarbar etishni talab qiladi.
Shu bilan birga, bu vazifa zamon o‘zgarishi bilan har birimizdan 
dunyoqarashimiz, ongu tafakkurimizni, siyosiy va huquqiy saviyamizni 
yuksaltirish, yon-atrofimizda bo‘layotgan voqealarga daxldorlik tuyg‘usini 
yanada kuchaytirishni, sodda qilib aytganda, bu go‘zal va betakror yurt – 
men uchun yagona Vatan, uning boshidan kechirayotgan quvonch va 
tashvishlari – mening quvonch va tashvishlarim, deb, shunday hissiyot 
bilan yashashni talab qiladi. 
Shu borada mening eng katta umidim va ishonchim – mana shu 
muhtasham maydonga chiroy berib o‘tirgan siz aziz farzandlarimda, 
sizning timsolingizda bugun quvvatga to‘lib, hech kimdan kam 
bo‘lmayman, deb, zamonaviy bilim va tajribalarni egallashga bel 
bog‘lagan, tobora hal qiluvchi kuch bo‘lib hayotga kirib kelayotgan yosh 
avlodda, desam, hech qanday xato bo‘lmaydi. Bunday avlodni hech qachon 
yengib bo‘lmaydi.
Mamlakatimizda 2010 yilga “Barkamol avlod yili” deb nom 
berganimizning o‘zi aynan shunday ezgu orzu-niyatlarimizni amalga 
oshirish yo‘lida, hech shubhasiz, yana bir qat’iy qadam bo‘lib qolajak.
Ishonchim komil, ko‘pni ko‘rgan, boshidan ko‘p sinovlarni o‘tkazgan 
xalqimiz chuqur anglaydiki, bunday yuksak vazifalar va olijanob orzu-
niyatlarimizni amalga oshirish uchun yurtimizda hukm surayotgan tinchlik 
va osoyishtalikni, osuda hayotimizni ko‘z qorachig‘idek asrash, 
jamiyatimizdagi millatlar va dinlararo totuvlik va bag‘rikenglikni yanada 
mustahkamlashimiz darkor.


www.ziyouz.com
kutubxonasi 
5
Eng muhimi, mintaqamizda, yaqin yon-atrofimizda yangi qarama-
qarshilik va tajovuz o‘choqlarini alanga oldirishga harakat qiladigan har 
qanday kuchlardan doimo sezgir, ogoh va hushyor bo‘lib, bunday 
urinishlarning oldini olish va bartaraf etishga tayyor turishni bugungi 
notinch va tahlikali zamonning o‘zi taqozo etmoqda.
Shu nuqtai nazardan qaraganda, jahon hamjamiyati bilan hamkor 
bo‘lib yashashni, barcha uzoq va yaqin qo‘shnilarimiz bilan do‘stlik va 
o‘zaro manfaatli aloqalarni yanada mustahkamlashni biz hamisha eng 
dolzarb vazifa deb bilganmiz va bunday siyosatni albatta izchil davom 
ettiramiz. 
Fursatdan foydalanib, bugungi tantanamizda bayram quvonchini biz 
bilan baham ko‘rayotgan xorijiy davlatlarning elchilari, xalqaro 
tashkilotlarning vakillariga, muhtaram mehmonlarimizga xalqimiz 
nomidan hurmat-ehtirom bildirib, dunyodagi barcha do‘stu 
hamkorlarimizga samimiy salom va tilaklarimizni yo‘llashga ruxsat 
bergaysiz. 
Aziz va qadrli vatandoshlarim! 
Shu munavvar oqshomda hammangizni Mustaqillik bayrami bilan 
yana bir bor qutlar ekanman, avvalambor, yurtimizni tinch-omon saqlab, 
asrab kelayotgan, ezgu ishlarimizga o‘zi madadkor bo‘lgan 
Yaratganimizga shukronalar aytib, erishgan barcha yutuq va 
marralarimizning ijodkori va bunyodkori bo‘lmish xalqimizga bosh egib 
ta’zim qilaman.
Barchangizga sihat-salomatlik, baxtu saodat, xonadonlaringizga fayzu 
baraka tilayman. 
Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin! 


www.ziyouz.com
kutubxonasi 
6

Download 2.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling