«Ulardan (muhojirlardan) ilgari (Madina) diyoriga o‘rnashgan va iymon-
e’tiqodni (mahkam ushlagan) zotlar (ansorlar) esa o‘zlari (ning yonlari)ga
hijrat qilib kelgan kishilarni suyarlar va dillarida ularga (muhojirlarga) berilgan
narsa-o‘ljalar sababli biron hasad tuymaslar hamda garchi o‘zlarida ehtiyoj
bo‘lsada, o‘zlarini qo‘yib (o‘zgalarni) iysor-ixtiyor qilurlar. Kimki o‘z nafsining
baxilligidan saqlana olsa, ana o‘shalar najot topguvchi zotlardir» (Hashr, 9).
«Albatta, sadaqalar (ya’ni zakotlar) Alloh tomonidan farz bo‘lgan holda, faqat
faqirlarga, miskinlarga, sadaqa yig‘uvchilarga, ko‘ngillari (Islomga) oshno
qilinuvchi kishilarga, bo‘yinlarni (qullarni) ozod qilishga, qarzdor kishilarga va
Alloh yo‘lida hamda yo‘lovchi musofirlarga berilur. Alloh bilim va hikmat
sohibidir» (Tavba, 60).
Oyatda tilga olingan mo‘minlarning yaxshi fazilatlari Allohga bo‘lgan chuqur sevgi
sharofatidandir. Ular Parvardigorlari Qur’oni karim orqali amr etgan axloqiy fazilatlarga
erishmoqqa chin dildan harakat qiladilar. Iymon egalari birovga rahm-shafqat yoki
yordam ko‘rsatsalar, bunga minnatdorchilik so‘zlari aytilishini ham istashmaydi. Ularning
maqsadi - o‘zlarining solih amallari, ezgu harakatlari bilan Alloh roziligini topish. Chunki
mo‘minlar qiyomat kuni faqat dunyo hayotidagi qilgan ishlari uchun hisob berish uchun
Parvardigorlari huzuriga chaqirilishlarini yaxshi bilishadi.
Alloh taolo tomonidan Qur’oni karimda bayon etib berilgan musulmonning ma’naviy
qiyofasi rahm-shafqat va ezgulik bilan farqlanadi. Ana shunday tarbiyalangan kishi
kimdir zulm va buzg‘unchilik qilsa yoki tinch, begunoh odamlarga nisbatan shafqatsizlik
ko‘rsatsa bir chetda tomoshabin bo‘lib turolmaydi. Haqiqatda terror va Qur’on da’vati
mutlaqo bir-biriga qarama-qarshi tushunchalardir. Terrorchi - dunyoga nafrat va
xusumat urug‘larini sepib yuruvchi berahm va shafqatsiz odam, uning maqsadi -
o‘ldirish, yo‘q qilish, qon to‘kish.
Do'stlaringiz bilan baham: |