Microsoft Word islom terrorni lanatlaydi ziyouz com doc


Download 232.21 Kb.
Pdf ko'rish
bet77/77
Sana05.01.2022
Hajmi232.21 Kb.
#225913
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   77
Bog'liq
Horun Yahyo. Islom terrorni la'natlaydi

www.ziyouz.com kutubxonasi 

38

tark etdilar. Vaholanki, ana shu boyliklar barcha asirlarni sotib olib, ozod qilishga yetarli 



edi. Yepiskop Geraklius o‘zi uchun 10 dinor to‘plab, to‘plagan hamma mol-mulkini 

aravaga yuklab, shaharni xotirjam tark etdi. 

Sulton Salohiddin va uning qo‘l ostidagi musulmon qo‘shinlari nasroniylarga chinakam 

adolat va rahm-shafqat bilan munosabatda bo‘ldilar, mag‘lubiyatga uchragan 

jangchilarga ularning salbchi sarkardalariga qaraganda ham ko‘proq adolat ko‘rsatdilar. 

Falastinning boshqa shaharlari ham salbchilarning vahshiyligiga duchor bo‘lgan edi. Xalq 

qahramoni sifatida talqin qilinadigan Angliya tarixining afsonaviy shaxsi Richard 

Sheryurak 1119 yilda III salb yurishida hozirgi Isroil hududidagi Akkon (Akra) qal’asini 

qamal qilishda qatnashgan. Qal’a taslim bo‘lgandan keyin, u tovon to‘lash va sulh 

takliflarining birontasiga ko‘nmay, shahardagi deyarli 3000 musulmonni, ayollar va 

bolalarni ham qo‘shib qatl qilishga buyruq beradi. Shaharni salbchilardan ozod qilgan 

musulmon qo‘shinlari tinch aholining vahshiyona qatl etilganligini o‘z ko‘zlari bilan 

ko‘rdilar. Hattoki qarindoshlar va yaqinlaridan judolik alami ham musulmonlarga 

g‘animdan o‘ch olib, zulm qilishga yo‘l qo‘ymadi. Chunki Parvardigor Qur’onda 

musulmonlarga shunday deb buyurgan:  



«Ey mo‘minlar, biron qavmni yomon ko‘rishingiz haddingizdan oshishingizga 

tortmasin» (Moida, 2). 

Musulmonlar hech qachon tinch aholiga qarshi harbiy kuch ishlatmaganlar. Hattoki 

mag‘lub bo‘lgan salbchilarning qo‘shinlariga nisbatan ham jazo va shafqatsizlik 

qo‘llanilmagan. Chunki Islom zo‘ravonlik, ziddiyatlar, urushlar va terrorni tag-tomiri 



bilan yo‘qotish yo‘li hamda adolat, tinchlik, diniy bag‘rikenglik va farovonlik kafolatidir. 

© “MUTARJIM” 2003  

 

Download 232.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling