«Aniqki, biz har bir ummatga: «Allohga ibodat qilinglar va shaytondan yiroq
bo‘linglar», (degan vahiy bilan) bir payg‘ambar yuborganmiz. Shunda ular
(o‘sha ummatlar) orasida Alloh hidoyat qilgan zotlar ham, shuningdek,
cheklariga yo‘ldan ozishlik tushgan kimsalar ham bo‘lgan. Bas, yer yuzida
sayru sayohat qilib, (o‘z payg‘ambarlarini) yolg‘onchi qilgan kimsalarning
oqibatlari qanday bo‘lganini ko‘ringlar» (Nahl, 36).
Alloh taolo har bir payg‘ambariga vahiy yuborgan: U borliqni yaratgan va uning
parvardigori Uning o‘zidir, binobarin barcha hamdu sanolar hamda itoat Uning o‘zigadir.
Allohning elchilari chin iymonga chaqirganlarning ayrimlari haq yo‘lni tanladilar, boshqa
birovlari esa hidoyat yo‘lidan adashib ketdilar. Ba’zi odamlar ezgulik, xayrli ishlar
tarafdori bo‘lishsa, ba’zilari gunohlar botqog‘iga botdilar. Allohning qonuni shunday.
Mo‘minlar dunyoni xuddi shu tarzda idrok qilishlari va barcha diniy e’tiqodda bo‘lganlar
ichida solih, taqvodor odamlar ham, axloqning oddiy tamoyillaridan uzoq bo‘lgan johil
kimsalar ham borligini esda tutishlari lozim. Biz irqchilik kasofatidan xalos bo‘lgan
barcha millat va diniy e’tiqodga mansub odamlar tinchlik-totuvlik, o‘zaro hurmat va
adolatda yashaydigan dunyo barpo etilishiga ishonamiz. Dunyodagi barcha iymonli
kishilar hamjihat bo‘lib boshlaydigan ateistik mafkuraga qarshi kurash kurramizda
tinchlik va barqarorlikning mustahkam tayanchi bo‘lishiga shubha yo‘q.
Do'stlaringiz bilan baham: |