Microsoft Word islom terrorni lanatlaydi ziyouz com doc


Xalifa Umarning Falastinda o‘rnatgan tinchlik va adolati


Download 232.21 Kb.
Pdf ko'rish
bet73/77
Sana05.01.2022
Hajmi232.21 Kb.
#225913
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   77
Bog'liq
Horun Yahyo. Islom terrorni la'natlaydi

Xalifa Umarning Falastinda o‘rnatgan tinchlik va adolati 

Milodning 71 yiligacha Quddus yahudiy podshohligining poytaxti bo‘lib kelgan. Biroq 

o‘sha yili Rim qo‘shinlari keng miqyosda yurish boshlashdi va yahudiylarni tor-mor qilib, 

aholidan vahshiylarcha o‘ch olishdi, yahudiylarni o‘z yerlaridan quvib chiqarishdi. Shu 

tarzda yahudiylar uchun darbadarlik davri boshlandi, Quddus va uning atroflari xarobaga 

aylandi. 

Imperator Konstantin davrida Rim imperiyasi nasroniylikni qabul qilgandan so‘nggina 

Quddus yana e’tibor va e’zoz markaziga aylandi. Rimlik nasroniylar shaharda butxonalar 

qura boshlashdi, yana ana shu yerlarga yahudiylarning ko‘chib kelib o‘rnashishlariga 

ruxsat berishdi. 

Milodning VII asrida Falastin Rim (Vizantiya) imperiyasi tarkibida edi. Oradan ko‘p 

o‘tmay, forslar bu hududni bosib olishdi, biroq tezda Vizantiya yana Falastinda o‘z 

hukmronligini o‘rnatdi. 

637 yilda Arab xalifaligi qo‘shinlari - musulmonlar tomonidan bu yerlarning fath etilishi 

Falastin tarixida burilish nuqtasi bo‘ldi. Aynan mana shu fath asrlar mobaynida behisob 

urushlar va hukmdorlarning shafqatsizligidan, xalqlarning quvg‘in qilinishi, bir hukmron 

dinning boshqasi bilan almashinuvi, vayrongarchiliklar, azob-uqubat va jabrlardan jafo 

chekkan Falastin yerlarida diniy bag‘rikenglik, tinchlik va farovonlik davrining ibtidosi 

bo‘ldi. 

Falastin Muhammad payg‘ambarning (s.a.v.) to‘g‘ri yo‘ldagi xalifalaridan hazrati Umar 

(r.a.) boshchiligidagi arab qo‘shinlari tomonidan fath etilgan edi. U zot Falastinda yashab 

turgan barcha etnik va diniy guruhlarga aqli rasolik bilan, hurmat va e’zoz-ehtiromda 

munosabatda bo‘ldi, ana shu yerlarda diniy bag‘rikenglik va o‘zaro hurmat an’analariga 

asos soldi. Angliyalik tarixchi va Yaqin Sharq bo‘yicha mutaxassis, avvalda rohiba 

bo‘lgan Karen Armstrongning «Muqaddas urush» («Holy War») kitobida yozilishicha:  

Xalifa Umar Quddusga oq tuyada kirib borganlar, unga shahar hokimi va Quddus 

patriarxi (oliy ruhoniysi) yunon Sofroniy hamrohlik qilgan. Patriarx xalifa Umarga 

Quddusning asosiy ibodatxonalarini ko‘rsatgan va Eski Ahdda tilga olingan Sulaymon 

ehromi xarobalariga olib borgan. Xalifa Umar xojasi va birodari payg‘ambar Muhammad 

(a.s.) Me’rojga ko‘tarilgan joyni ziyorat qilgan va shu joyda namoz o‘qigan. Patriarx bu 

voqeani dahshat ichra kuzatib turardi... u endi «kunim bitdi» deb o‘ylayotgan edi. 

So‘ngra xalifa Umar nasroniylar ibodat qiladigan joyni va Payg‘ambar Iso (a.s.) tobuti 

yonidagi ibodatxonani ko‘rmoqchi bo‘ldi. Lekin u ibodatxonaga yetib borganida namoz 

vaqti bo‘lib qoldi. Patriarx odob bilan Xalifaga ana shu ibodatxonada namoz o‘qish 



Islom terrorni la’natlaydi. Horun Yahyo 

 

 




Download 232.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling