– Qur’oni karim har qanday irqchilik ko‘rinishlarini ta’qiqlaydi.
– Qur’on, agar ular Islom va musulmonlarga dushmanlik kayfiyatida
bo‘lmasalar, boshqa dindagilarga nisbatan chuqur ehtirom va izzat-ikrom
ko‘rsatishni buyuradi.
Shu narsa aniq ravshanki, Qur’on yahudiylar yo‘l qo‘ygan ko‘pgina adashuv va
soxtalashtirishlardan mo‘minlarni ogohlantiradi va ularning e’tiborini ana shularga
qaratadi. Isroil va Falastin muammosi tarixi hamda hozirgi kuni ushbu muammoning har
ikki tomondan ko‘plab xato, ta’bir joiz bo‘lsa, qonli xatolarga sabab bo‘lganini ham
ko‘pchilik biladi. Lekin bunday holat musulmonlarning umuman yahudiylarga nisbatan
sovuqchilik tuyg‘ulariga aslo sababchi bo‘lmasligi kerak. Sionizm g‘oyasi ta’siri ostida
ayrim yahudiylar qilayotgan jinoyatlarni haqiqiy yahudiylik va barcha yahudiy xalqi bilan
mutlaqo bog‘lamaslik kerak. Biz musulmonlarga Qur’onda buyurilgan asosiy tamoyil
shuki, odamlarning faqat irqiy, etnik yoki qaysi dinga mansubligi tufayligina ular haqida
umumlashgan xulosalarga yo‘l qo‘ymasligimiz lozim. Har bir jamoada taqvodor kishilar
ham, buzg‘unchi yaramaslar ham bo‘ladi.
Qur’oni karim mo‘minlar e’tiborini ana shuni farqlab olishga qaratadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |