Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
-yilda ba’zi mamlakatlar tashqi qarzining yalpi ichki
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
2008-yilda ba’zi mamlakatlar tashqi qarzining yalpi ichki
mahsulotga nisbatan salmog‘i 1 T/r Mamlakatlar Foizda 1. AQSh 90 2. Rossiya 37 3. Qozog‘iston 102 4. Ukraina 64 5. Qirg‘iziston 81 6. O‘zbekiston 13,3 1 Qarang: ɏɚɥԕ ɫʆɡɢ. – 2009. – 15 ɚɩɪ. 384 Jadvalda ko‘rsatilganidek, bu borada O‘zbekiston Respublikasida teskari tendensiyani kuzatamiz. Ya’ni, amalga oshirilgan oqilona siyosat natijasida tashqi qarzlarning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 2008-yilda 13,3 foizni tashkil etgan bo‘lsa 2010-yilda bu ko‘rsatkich 10 foizni tashkil etdi. Prezident Islom Karimov jahon moliyaviy inqirozi holati va uning yuz berishi mumkin bo‘lgan oqibatlariga doir fikrlarini davom ettirib: «Ikkinchidan, avj olib borayotgan global moliyaviy inqiroz jahon moliya- bank tizimida jiddiy nuqsonlar mavjudligi va ushbu tizimni tubdan isloh qilish zarurligini ko‘rsatdi», – deb alohida ta’kidladi. Xalqaro ekspertlarning e’tirof etishlaricha, AQSh jahon yalpi ichki mahsulotining asosiy iste’molchisi ekanligi jahon moliyaviy inqirozining kelib chiqishiga faol ta’sir ko‘rsatgan. Ma’lumotlarga qaraganda, AQShning jahon yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 20 foizni tashkil qilsa- da, uning iste’moldagi hissasi qariyb 40 foizga teng. Qolgan 20 foiz iste’mol tovarlarini AQSh sotib oladimi? Qanday qilib sotib oladi? Qaysi pulga xarid qiladi, degan savollar tug‘iladi. Albatta, ularni boshqa mamlakatlar hisobidan, tovar bilan ta’minlanmagan qog‘oz pullar (AQSh dollarlari)ni keragidan ortiq bosib chiqarish hisobiga sotib oladi. Shu yo‘l bilan dunyo milliy boyligini taqsimlashda, aytish mumkinki, adolatsizlik yo‘lini tutadi. Hozirgi kunda AQSh dollarlari emissiyasini o‘z mamlakati iqtisodiyoti muomalasida bo‘lgan mamlakatlar hukumati emas, balki AQSh hukumati ham nazorat qila olmasligiga olib keldi. Xo‘sh, unda AQSh dollarlarini ishlab chiqarish va muomalaga kiritish bilan kim shug‘ullanadi? Bunday vakolat 20 ta xususiy bankni birlashtirgan, xususiy tashkilot maqomiga ega bo‘lgan AQSh Federal zaxira tizimi (Markaziy banki)ga berilgan. Bu xizmatning sobiq raisi Alan Grinspen boshchiligida tizimda olib borilgan noratsional pul-kredit siyosati hamda qayta moliyalashtirish stavkasining surunkali ravishda past darajada ushlab turilishi natijasida banklarning kredit berish ko‘lami keskin o‘sdi. Tijorat banklari faoliyatini tartibga solish tizimining nomuvofiqligi tufayli esa banklar tomonidan kreditlash tizimi talablari yengillashtirildi. Hozirgi jahon moliyaviy inqirozi AQShdagi ipoteka inqirozidagi tanglik holatidan rag‘bat olgan holda, global ishonch va likvidlilik muammosiga aylanib ketdi. Xo‘sh, bu inqiroz zamirida qanday sabab va omillar mujassam? U qanday oqibatlarga olib keladi? O‘zbekiston iqtisodiyotiga qanday ta’sir qiladi? kabi savollar har bir insonda tug‘ilishi tabiiydir. 385 Jahon moliyaviy inqirozining zamirida fundamental, xususan, makroiqtisodiy, mikroiqtisodiy va institutsional sabablar yotganligini qayd etish lozim. Ekspertlarning ta’kidlashicha, bunda bosh makroiqtisodiy sabab AQSh iqtisodiyotidagi ortiqcha likvidlilik muammosi bo‘lib, buni keltirib chiqaruvchi asosiy omillarni quyidagicha tasniflash mumkin 1 : – 1997–1998-yillardagi inqirozdan so‘ng rivojlanayotgan davlatlarga nisbatan umumiy ishonchning pasayishi; – qator mamlakatlar tomonidan valuta zaxiralari va neft jamg‘ar- malarining AQSh qimmatli qog‘ozlariga investitsiya qilinishi. Jahon iqtisodiyotida sezilarli darajada yuqori disbalans, nomuvofiqlikning mavjudligi, xususan, Xitoy savdo balansida yirik miqdordagi profitsit, ya’ni xarajatlarga nisbatan daromadlarning yuqoriligi AQShda esa, aksincha, katta miqdordagi defitsit saqlanib qolmoqda. Ajablanarlisi, AQSh savdo balansi defitsitining qariyb 90 foizi Xitoy, Yaponiya, Germaniya va Arab davlatlari savdo balansidagi profitsit hisobidan qoplanmoqda. Bundan tashqari, 10 ta Osiyo davlatiga jahon xalqaro valuta zaxiralarining 59 foizi (3,4 trillion AQSh dollari) to‘g‘ri kelmoqda. AQSh hukumati qarz majburiyatlarining 44 foiziga chet elliklar egalik qilmoqda; – AQSh iqtisodiyotidagi siklik pasayishning oldini olish maqsadida Federal zaxira tizimi tomonidan 2001–2003-yillarda amalga oshirilgan past foiz stavkalari siyosati. AQSh Federal zaxira tizimining sobiq raisi Alan Grinspenning keragidan ortiq ekpansion pul-kredit siyosati natijasida Federal zaxira tizimi diskont stavkasini tarixiy past darajaga tushishini va keragidan ortiq shu holatda uzoq muddat saqlanishini ta’minladi. Shuningdek, inqiroz rivojlanishiga mikroiqtisodiy omil hisoblangan yangi moliyaviy instrumentlar, avvalambor, tuzilmaviy hosila obligatsiya- lari bozori rivojlanishi ham o‘z hissasini qo‘shgan. Aslida moliyaviy hosila instrumentlarini rivojlantirishdan maqsad tavakkalchilikni investorlar o‘rtasida taqsimlash orqali kamaytirishdan iborat edi. Vaholanki, hosilaviy instrumentlardan foydalanish amaliyotining rivojlanishi past sifatli substandart kreditlar bilan bog‘liq risklarning asl qiyofasini berkitish va investorlarning keng ommasiga yetarlicha shaffof (oshkora) bo‘lmagan tarzda taqsimlanishiga olib keldi. , Bundan tashqari, tartibga soluvchi organlar va reyting agentliklari tomonidan riskning yetarli darajada baholanmasligini, qolaversa, AQShning Federal ipoteka korporatsiyasi va Federal milliy ipoteka 1 Qarang: ɀɭɦɚɟɜ ɇ. ɏ. ɀɚԟɨɧ ɦɨɥɢɹɜɢɣ-ɢԕɬɢɫɨɞɢɣ ɢɧԕɢɪɨɡɢ: ɦɨԟɢɹɬɢ, ɫɚɛɚɛ-ɨԕɢɛɚɬɥɚɪɢ ɜɚ ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧɝɚ ɬɚɴɫɢɪɢ. – Ɍ., 2009. – Ȼ. 50. 386 assotsiatsiyasi, shuningdek, AQSh investitsion kompaniyalari kapitalining sezilarli darajada kichikligini moliyaviy inqirozni keltirib chiqaruvchi institutsional omillar qatoriga qo‘shish mumkin. Biroq, ko‘pchilik iqtisodchi olimlar va ekspertlar hozirgi jahon moliyaviy inqirozining ibtidosi hisoblangan AQSh ipoteka krediti bozoridagi tanglik holatini asosiy sabab sifatida e’tirof etishmoqda. AQSh ipoteka krediti bozoridagi inqiroz zamirida ham bir qator jiddiy sabablar va omillar mujassamligini e’tibordan chetda qoldirmaslik lozim. Bunday omillar sirasiga 1 : Download 2.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling