Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Jahon mamlakatlarining inqirozga qarshi kurashga sarflangan


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet233/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

Jahon mamlakatlarining inqirozga qarshi kurashga sarflangan
moliyaviy xarajatlari
Mamlakat 
Moliyaviy xarajatlar, 
mlrd. dollar 
Mamlakat YAIMga 
nisb. foiz hisobida 
 (2008-yil) 
Rossiya 222 
13,9 
Buyuk Britaniya 
1020 37 
AQSh 3539 
25 
Germaniya 893 23 
Yaponiya 576 
12 
Xitoy 570 
13 
Dunyo bo‘yicha 
9400 15 
Jahon moliyaviy inqirozining O‘zbekistonga ta’siri va uning 
mamlakatimizda yengil kechishiga sabab bo‘lgan quyidagi omillar: 
– ma’muriy-buyruqbozlik tizimidan bozor iqtisodiyotiga o‘tishning 
bosqichma-bosqich amalga oshirish yo‘lining ta’minlanganligi;
– davlat bosh islohotchi sifatida mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishi 
zarurligining aniq belgilab olinganligi; 
– O‘zbekistonda moliyaviy-iqtisodiy, budjet, bank-kredit tizimi, 
shuningdek, iqtisodiyotning real sektori korxonalari va tarmoqlarining 
barqaror hamda uzluksiz ishlashini ta’minlash uchun yetarli darajada 
mustahkam zaxiralar yaratilganligi va zarur resurslar bazasining 
mavjudligi; 
– oqilona tashqi qarz siyosati olib borilganligi; 
– aholining ish haqi va daromadlarini izchil va oldindan oshirib 
borish hamda iste’mol bozorida narxlar indeksining asossiz tarzda 
o‘sishining oldini olishga doir chora-tadbirlarning izchillik bilan amalga 
oshirilganligi; 
– davlatning moliyaviy-iqtisodiy va bank tizimlarining nechog‘lik 
barqaror va ishonchli ekani, ularning himoya mexanizmlari qanchalik 
kuchliligi bilan izohlanadi. 
O‘zbekiston uchun inqirozni bartaraf etish va jahon bozorida yangi 
marralarga chiqishning ishonchli yo‘li sifatida 2009-yilga mo‘ljallangan 
1
ɉɪɟɡɢɞɟɧɬ ɂɫɥɨɦ Ʉɚɪɢɦɨɜɧɢɧɝ «ɀɚԟɨɧ ɦɨɥɢɹɜɢɣ-ɢԕɬɢɫɨɞɢɣ ɢɧԕɢɪɨɡɢ,
ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ ɲɚɪɨɢɬɢɞɚ ɭɧɢ ɛɚɪɬɚɪɚɮ ɷɬɢɲɧɢɧɝ ɣʆɥɥɚɪɢ ɜɚ ɱɨɪɚɥɚɪɢ» ɚɫɚɪɢɧɢ
ʆɪɝɚɧɢɲ ɛʆɣɢɱɚ ʆԕɭɜ-ɭɫɥɭɛɢɣ ԕʆɥɥɚɧɦɚ. – Ɍ., 2009. – Ȼ. 47. 


 391
iqtisodiy dasturning quyidagi eng muhim ustuvor yo‘nalishlari belgilab 
berilgan:
1) mamlakatimizda qabul qilingan 2009–2012-yillarda jahon 
iqtisodiy inqirozi oqibatlarining oldini olish va bartaraf qilish bo‘yicha 
inqirozga qarshi dasturni amalga oshirish, shu asosda iqtisodiy o‘sishning 
uzoq muddatli barqaror sur’atlarini va iqtisodiyotning muvozanatli 
rivojlanishini ta’minlash;
2) tarkibiy o‘zgartirishlarni davom ettirish va iqtisodiyotni diversi-
fikasiyalash, buni birinchi navbatda, xalqaro sifat standartlariga javob 
beradigan, ichki va tashqi bozorlarda talab yuqori bo‘lgan raqobatbar-
doshli mahsulotlar ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan iqtisodiyotning eng 
muhim tarmoqlarini modernizasiya qilish, texnik va texnologik jihatdan 
qayta jihozlash yo‘li bilan amalga oshirish;
3) qishloq turmushi sifatini va qiyofasini tubdan yaxshilashga
qishloq joylarda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini jadal 
rivojlantirishga, mulkdorning, tadbirkorlik va kichik biznesning maqomi, 
o‘rni va ahamiyatini tubdan qayta ko‘rib chiqishga, fermer xo‘jaligini 
rivojlantirishni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan uzoq 
muddatli, o‘zaro bog‘langan chora-tadbirlar keng majmuini amalga 
oshirish;
4) aholi bandligini ta’minlash, uning turmush sifatini oshirishning 
eng muhim omili sifatida xizmatlar ko‘rsatish sohasi va kichik biznesni 
jadal rivojlantirish;
5) mamlakatni modernizasiya qilish va aholi bandligini oshirishning 
eng muhim omili sifatida ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani 
yanada rivojlantirish;
6) banklar ishini yanada takomillashtirish, aholi va xo‘jalik yurituvchi 
sub’ektlarning bo‘sh mablag‘larini tijorat banklaridagi depozitlarga jalb 
qilishni rag‘batlantirish. 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling