Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Kreditning mohiyati. Kreditning mamlakat


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet236/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

4. Kreditning mohiyati. Kreditning mamlakat 
 taraqqiyotidagi o‘rni 
Moliya tizimining muhim qismini kredit tizimi tashkil qiladi va u 
kredit munosabatlari majmuini, kreditlashtirishning ko‘rinishlari va 
tamoyillarini hamda mamlakatning moliya-kredit tashkilotlarini o‘z ichiga 
oladi. Mamlakatning kredit tizimi jamiyatning ehtiyojlariga asoslanadi 
hamda ishlab chiqarishni rivojlantirishga xizmat qiladi, banklar va boshqa 
moliya-kredit tashkilotlari bu tizimning asosiy elementlaridir. 
Kredit – bu muayyan bir muddatda pul yoki tovar shaklida qaytarish 
va foydalanganlik uchun to‘lash tamoyillari asosida qarz berishdir. Kredit 
tizimida banklar alohida o‘rin tutadi. Ular bir qator muhim iqtisodiy 
vazifalarni bajaradi; vaqtincha bo‘sh mablag‘larni, jamg‘armalarni 
muomalaga kiritadi; vositachilik vazifalarini, kreditlarni taqsimlash 
hamda moliya intizomiga rioya qilinishini nazorat qiladi. Kredit so‘zi 
lotincha credit – ishonch degan ma’noni anglatib, tovar yoki pulni 
ma’lum bir muddatda qaytarish sharti bilan qarzga berishni bildiradi. 


 395
Birov pulini qaytarib olishga ishongani uchun qarz beradi. Kredit 
munosabatlari juda qadim zamonlarda vujudga kelgan. 
Dastlab natura shaklida (g‘alla, chorva va boshqalar) mulkdorlar 
tomonidan qarzga berish rasm bo‘la boshlagan. Keyinroq pul shaklida 
ham beriladigan bo‘ldi. Qarzga pul berishning dastlabki shakli sudxo‘rlik 
bo‘lib, u nihoyatda yuqori darajada foiz bilan qaytarilishi bilan kreditdan 
farq qiladi. Qadimgi Yunonistonda eramizgacha IV asrda oyiga 42 foiz, 
yiliga 570 foizgacha foiz to‘langani tarixiy manbalarda qayd etilgan. 
Bundan tashqari, sudxo‘r qarz oluvchidan qo‘shimcha imkoniyatlar 
yaratilishini ham talab qilgan. Badiiy adabiyotda birinchi bo‘lib fransuz 
yozuvchisi 
O. Balzak sudxo‘r obrazini yaratgan. S. Ayniyning «Sudxo‘rning 
o‘limi» asari o‘zining mazmuni, qiyofa ifodasi jihatdan Balzak asaridan 
ham o‘tib ketgan desak, xato qilmaymiz. Sudxo‘rlik qarzi bir tomondan 
kuchayib mayda ishlab chiqaruvchilarni xonavayron qilgan, ikkinchi 
tomondan kapitalning dastlabki jamg‘arish uchun zarur mablag‘larni 
shakllanishga yordam bergan.
Industrial ishlab chiqarish va klassik kapitalizmning vujudga kelishi 
bilan kreditsiz ishlab chiqarish faoliyatini yuritish qiyinlashib qoladi. 
Kapital bir xo‘jalikda pul shaklida, ikkinchisida tovar shaklida bo‘lib, turli 
sohalarda harakati bir-biriga to‘g‘ri kelmaydi. Kapital harakatining 
alohidalashgani tufayli bir xo‘jalikda pul yetishmasa, ikkinchisida bo‘sh 
pul mavjud bo‘ladi. Natijada mablag‘i yo‘q xo‘jaliklar bo‘sh pul mablag‘i 
borlardan qarz olishga majbur bo‘ladilar. Bo‘sh pul mablag‘i borlar o‘z 
pullarini ma’lum muddatga qarzga berar ekanlar, pullarini boshqa 
birovning qo‘liga topshirib, xatarli tavakkal qilganlari uchun ma’lum 
miqdorda haq oladilar. O‘z mablag‘i yetarli bo‘lmagan xo‘jalik yurituvchi 
subyektlar moliyaviy resurslarga bo‘lgan ehtiyojini kredit orqali qoplaydi. 
Takror ishlab chiqarish jarayonining uzluksiz davom etishini ta’minlash 
zaruriyati kredit munosabatini obyektiv zarur qilib qo‘yadi. 
Chunki tovarlar ishlab chiqarish, uni sotish, tovar ishlab chiqarish 
uchun zarur resurslarni sotib olish bir vaqtning o‘zida yuz bermaydi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida bo‘sh pul mablag‘larini o‘lik boylik, xazina 
sifatida saqlash befoyda. Jamiyat taraqqiy etishi bilan kredit 
munosabatlari rivojlanib, yangi-yangi imkoniyatlar vujudga kela boradi. 
Hozirgi iqtisodiyotni kreditsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Kredit 
iqtisodiy kategoriya bo‘lib, u vaqtincha o‘z egalari qo‘lida bo‘sh turgan 
pul mablag‘larini boshqalar tomonidan ma’lum muddatga haq to‘lash 
sharti bilan qarzga olish va qaytarib berish yuzasidan kelib chiqadigan 
munosabatlarni ifodalaydi.


 396
Shunday qilib, pulning ssuda kapitali tariqasida, ya’ni daromad olish 
uchun qarzga berish va qaytarib olish bilan bog‘liq munosabatlar vujudga 
keladi.
Kredit munosabatlari faqat pul bilan bog‘liqmi? Tovar shaklida ham 
kredit berilishi mumkin-ku? degan savol tug‘ilishi mumkin. Bozor 
iqtisodiyoti sharoitida hamma kredit asosan pul shaklida bo‘ladi. Tovar 
shaklida berilgan taqdirda ham pul kredit shaklida hujjatlashtiriladi. 
Kredit munosabatlari ikki subyekt o‘rtasida yuz beradi. Biri bo‘sh pul 
egasi, ikkinchisi unga muhtoj, ya’ni qarz oluvchi. 
Kredit subyektlari har xil. Bular yuridik va jismoniy shaxslar, bank, 
korxona, firma, davlat, turli toifadagi aholi bo‘lishi mumkin. Bir 
subyektning o‘zi bir vaqtda ham qarz oluvchi, ham qarz beruvchi bo‘lishi 
mumkin. Kredit aloqalari pul egasi bilan qarz oluvchi o‘rtasida bevosita 
yoki bilvosita bo‘lishi mumkin. Birinchi holda ular to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
muomalaga kirishadi. Ikkinchi holda ular vositachilar orqali aloqaga 
kirishadilar. Odatda, asosiy vositachi rolini banklar o‘ynaydi. Kredit 
iqtisodiy kategoriya sifatida qator vazifalarni bajaradi. 
1. Taqsimlash. Bo‘sh pul mablag‘larini qaytarish sharti bilan qarzga 
berish orqali kapitalni turli tarmoqlar, korxonalar o‘rtasida taqsimlash va 
qayta taqsimlashni amalga oshiradi va ishlab chiqarish resurslarining 
ko‘chib yurishini ta’minlaydi. 
2. Emissiya. Kredit asosida va unga bog‘liq holda pul belgilari, pulga 
tenglashtirilgan naqd pulsiz to‘lov vositalari, turli qimmatbaho qog‘ozlar 
emissiya qilinadi, xo‘jalik oborotiga kiritiladi. 
3. Nazorat qilish. Kredit operatsiyalarini bajarish jarayonida iqtisodiy 
faoliyat, moliyaviy ahvol nazorat qilinadi. Davlat kredit munosabatlari 
orqali pul aylanmasining barcha jarayonlarini boshqarishni amalga 
oshiradi. 
4. Bo‘sh pul mablag‘larini harakatdagi, oborotdagi kapitalga 
aylantirish. Bunda pulni pul topadi, degan naqlga amal qilinadi. 
5. Rag‘batlantirish. U yoki bu maqsad uchun qarz berish, qarzni 
undirish orqali tejamkorlik, iqtisodiy o‘sish rag‘batlantiriladi. 
6. Tovar ishlab chiqarish uzluksizligini ta’minlaydi, ishlab chiqarish 
vaqtini qisqartiradi. 
Kredit berish uchun, avvalo, qarz beradigan mablag‘ bo‘lishi kerak. 
Bu mablag‘lar qayerdan olinadi, manbai nima, degan savol tug‘iladi. 
Mablag‘lar manbai quyidagilar: 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling