Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


tida kichik biznes, birinchi navbatda, xususiy tadbirkorlikning roli va


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet244/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

tida kichik biznes, birinchi navbatda, xususiy tadbirkorlikning roli va 
ulushini yanada kengaytirishni ta’minlay oladigan qonunlarni qabul 
qilish masalasi biz uchun dolzarb bo‘lib qolmoqda. 
O‘zbekistonning bu yilgi yalpi ichki mahsulotida kichik biznesning 
ulushi 50 foizdan ortib borayotganiga qaramasdan, afsuski, bu soha real 
iqtisodiyotimizda, avvalambor sanoatda yetakchi o‘rinni egallay 
olmayapti. Ushbu vazifani hal etish uchun «Tadbirkorlik faoliyati 
erkinligining kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonunning yangi tahririni 
tayyorlash zarur. Bu qonunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik 
subyektlarini tashkil qilish yo‘llarini soddalashtirish, ularning faoliyati 
uchun ko‘proq erkinliklar berishni ko‘zda tutish lozim. Ushbu sektorni 
kreditlash, resurslardan foydalanish, davlat buyurtmalarini olish,
tadbirkorlik subyektlari ishlab chiqarayotgan mahsulotlarni sotish uchun 
yangi imtiyozlar berish, xalqaro amaliyotga muvofiq daromadlarning 
1
Ʉɚɪɢɦɨɜ ɂ. Ⱥ. 2012 ɣɢɥ ȼɚɬɚɧɢɦɢɡ ɬɚɪɚԕԕɢɺɬɢɧɢ ɹɧɝɢ ɛɨɫԕɢɱɝɚ ɤʆɬɚɪɚ-
ɞɢɝɚɧ ɣɢɥ ɛʆɥɚɞɢ. – Ɍ.: «ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ», 2012. – Ȼ. 5.


 406
yillik deklaratsiyasi shakliga bosqichma-bosqich o‘tish, moliya va 
statistika hisobotlari tizimini yanada soddalashtirish, jumladan, bunday 
hisobotlarni vakolatli davlat organlariga elektron shaklda taqdim etish 
kabi mexanizmlar hisobidan qo‘llab-quvvatlash masalalari ham qonunda 
o‘z aksini topishi darkor»ligiga alohida e’tibor qaratmoqda.
5. Davlat budjeti, uning shakllanishi va sarflanishi 
Moliya tizimida budjet tizimi alohida o‘rinni egallaydi. O‘zbekiston 
Respublikasi budjet tizimining asosiy vazifalari 2000-yil 14-dekabrda 
qabul qilingan «Budjet tizimi to‘g‘risida"gi qonunda aniq belgilab 
berilgan. 
O‘zbekiston Respublikasi budjet tizimi turli darajadagi budjetlar va 
budjet mablag‘lari oluvchilar yig‘indisini; budjetlarni tashkil etish va 
tuzishni, tuzish prinsiplarini; budjet jarayonida ular o‘rtasida, shuningdek, 
budjetlar hamda budjet mablag‘lari oluvchilar o‘rtasida vujudga keladigan 
o‘zaro munosabatlarni o‘zida ifodalaydi. 
Moliya muayyan yilga mo‘ljallangan barcha darajadagi budjetlarni 
shakllantirish, ko‘rib chiqish, qabul qilish va ularning ijrosi hisobini 
yuritish O‘zbekiston Respublikasining milliy valutasi – so‘mda amalga 
oshiriladi. 
Budjet tizimining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: 
– budjet tasnifi tizimi, hisob-budjet hujjatlari va budjet jarayoni 
tuzilishining yagonaligi; 
– budjet tuzilishining O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy-hududiy 
tuzilishiga muvofiqligi; 
– turli darajadagi budjetlarning o‘zaro bog‘liqligi; 
– davlat budjeti balansliligi; 
– davlat daromadlarini aniq manbalar va xarajatlarning yo‘nalishlari 
(moddalari) bo‘yicha rejalashtirish; 

davlat 
budjeti xarajatlarini budjetdan ajratiladigan, tasdiqlangan 
mablag‘ doirasida sarflash; 
– barcha darajadagi budjetlarning mustaqilligi. 
Davlat budjeti respublika budjetini, Qoraqalpog‘iston Respublikasi 
budjetini va mahalliy budjetlarni o‘z ichiga oladi. 
Davlat budjeti tarkibida davlat maqsadli jamg‘armalari jamlanadi. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti mazkur respublika budjeti hamda 


 407
respublikaga (Qoraqalpog‘istonga) bo‘ysunuvchi tumanlar va shaharlar 
budjetlarini o‘z ichiga oladi. 
Viloyatning budjeti viloyat budjetini, viloyatga bo‘ysunuvchi 
tumanlar va shaharlar budjetlarini o‘z ichiga oladi. Tumanlarga 
bo‘linadigan shaharning budjeti shahar budjeti va shahar tarkibiga 
kiruvchi tumanlar budjetlarini o‘z ichiga oladi. 
Tumanga bo‘ysunadigan shaharlari bo‘lgan tumanning budjeti tuman 
budjeti va tuman bo‘ysunuvidagi shaharlar budjetlarini o‘z ichiga oladi. 
Davlat budjeti daromadlari: 
1) qonun hujjatlarida belgilangan soliqlar, yig‘imlar, bojlar va boshqa 
majburiy to‘lovlar; 
2) 
davlatning moliyaviy va boshqa aktivlarining joylashtirilishi, 
foydalanishga berilishi va sotilishidan olingan daromadlar; 
3) qonun hujjatlariga muvofiq, meros olish, hadya etish huquqi 
bo‘yicha davlat mulkiga o‘tgan pul mablag‘lari; 
4) yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet el davlatlaridan 
kelgan qaytarilmaydigan pul tushumlari; 
5) rezident yuridik shaxslarga va chet el davlatlariga berilgan budjet 
ssudalarini qaytarish hisobiga tushadigan to‘lovlar; 
6) qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromadlar hisobidan 
shakllantiriladi. 
Davlat budjeti xarajatlari tasdiqlangan budjetdan mablag‘ ajratish 
doirasida quyidagi shakllarda amalga oshiriladi: 
1) budjet mablag‘lari oluvchilarning joriy xarajatlari shaklida; 
2) joriy budjet transfertlari shaklida; 
3) kapital xarajatlari shaklida: 
– asosiy fondlar va vositalarni (ular bilan bog‘liq ishlar va xizmatlar 
ham shular jumlasiga kiradi) davlat ehtiyojlari uchun olish va takror 
ishlab chiqarishga; 
– chet elda davlat ehtiyojlari uchun yer va boshqa mol-mulk olishga; 
– davlat ehtiyojlari uchun yerga bo‘lgan huquqni va boshqa 
nomoddiy aktivlarni olishga; 
– davlat zaxiralarini vujudga keltirishga
4) kapital xarajatlarni qoplash uchun yuridik shaxslarga beriladigan 
budjet transfertlari shaklida; 


 408
5) rezident yuridik shaxslarga va chet el davlatlariga beriladigan 
budjet ssudalari shaklida; 
6) davlat maqsadli jamg‘armalariga beriladigan budjet dotatsiyalari 
va budjet ssudalari shaklida; 
7) 
davlat qarzini qaytarish va unga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha 
to‘lovlar shaklida; 
8) qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa xarajatlar shaklida. 
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat budjeti loyihasini 
budjet mablag‘lari oluvchilar taqdim etgan buyurtmalarga va Davlat 
budjetining tuzilmasiga kiruvchi budjetlar loyihalariga muvofiq 
tayyorlaydi. Davlat budjeti O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 
tomonidan tasdiqlanadi. 
Davlat budjetiga muvofiq: Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti
viloyatlar va Toshkent shahri budjetlari – Davlat budjeti qabul 
qilinganidan keyin ikki haftalik muddat ichida tegishli ravishda 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi hamda viloyatlar va 
Toshkent shahar hokimiyati vakillik organlari tomonidan; 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar tarkibiga kiruvchi 
tumanlar va shaharlar budjetlari – Qoraqalpog‘iston Respublikasi va 
viloyatlar budjetlari qabul qilinganidan keyin bir haftalik muddat ichida 
tuman, shahar hokimiyat vakillik organlari tomonidan; 
shaharlar tarkibiga kiruvchi tumanlar budjetlari va tuman 
bo‘ysunuvidagi shaharlar budjetlari – belgilangan muddatlarda mahalliy 
hokimiyat yuqori turuvchi vakillik organlari tomonidan qabul qilinadi. 
Davlat budjeti davlat tomonidan iqtisodiy sohani tartibga solishga 
qaratilgan eng muhim mexanizmlardan biridir. Zero, har qanday 
jamiyatning iqtisodiy tizimini shakllantirish va rivojlantirishda davlat 
budjeti asosiy o‘rin tutadi. Davlat budjeti daromadlari va xarajatlari 
siyosati o‘zaro uzviy bog‘liq. Ya’ni, daromad bo‘lmasa, ijtimoiy-
iqtisodiy, ilmiy, texnik va boshqa sohalarni qo‘llab-quvvatlash, 
rivojlantirish uchun moliyaviy mablag‘ ajratish imkoni bo‘lmaydi. Shu 
bois, bugungi kunda davlatimiz oldiga qo‘yilgan muhim vazifalardan biri 
– xalqimiz va davlat manfaatlariga mos keladigan hamda ishlab 
chiqarishni rivojlantirishga qodir moliya-kredit, pul siyosatini to‘g‘ri 
yo‘lga qo‘yishdir. 


 409
Oliy Majlis Senati tomonidan ma’qullangan O‘zbekiston 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling