Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
Respublikasining 2013-yilgi Davlat budjetidagi
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
Respublikasining 2013-yilgi Davlat budjetidagi asosiy makroiqtisodiy
ko‘rsatkichlar prognozi Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan mamlakatni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning eng muhim ustuvor vazifalari negizida ishlab chiqildi. Unda respublikaning 2013-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari, soliq-budjet siyosatining yo‘nalishlari va Davlat budjeti parametrlari belgilab qo‘yildi. Chunonchi, 2013-yilda soliq siyosatiga barqaror iqtisodiy o‘sish, iqtisodiyot va uning alohida tarmoqlari hamda hududlarining makroiqtisodiy va moliyaviy jihatdan o‘zaro muvofiq bo‘lishi, aholi turmush darajasining oshishini ta’minlashga qaratilgan strategik maqsadlar asos qilib olingan. Bunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, rivojlantirish, ularning raqobatbardoshligini oshirish va yangi ish joylari yaratishni rag‘batlantirish maqsadida soliq yukini pasaytirish ko‘zda tutilgan. Keyingi yillarda tadbirkorlik subyektlarini «bir darcha» orqali tezlik bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tizimi hamda bir necha turdagi soliqlarni to‘lash o‘rniga kichik biznesni yagona soliq to‘lovi shaklidagi soddalashtirilgan soliqqa tortish tizimi joriy etildi. Bunda mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lovi stavkalari 2005-yilda 13 foiz, 2008-yilda 10 foizdan 8 foizgacha, 2009-yildan boshlab esa 7 foizgacha pasaytirilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2011-yildan 6 foizga tushirildi. 2012- yilda esa 5 foizga tushirildi. Demak, so‘nggi besh yil ichida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan qat’iy belgilangan soliq miqdori qariyb 2,2 barobarga kamaytirildi. Sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish sohasidagi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning jadal rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va shu asosda aholi bandligini ta’minlashga e’tibor qaratildi. Shu bilan birga, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkalarini pasaytirish hisobiga aholi daromadlarini ko‘paytirish nazarda tutildi. Kredit tashkilotlariga jismoniy shaxslar omonatlarini jalb qilishda teng shart-sharoit yaratish va depozitlar bozoridagi raqobatni rivojlantirish hamda mikromoliyalashtirishni rag‘batlantirish, bankdan tashqari moliya institutlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida kredit uyushma- laridagi depozit qo‘yilmalar bo‘yicha olingan daromadlarni jismoniy 410 shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan ozod qilish belgilangan. Davlat budjeti taqchilligi 491,6 mlrd. so‘mni yoki YAIM hajmining 1 foizini tashkil qiladi. Hozirgi kunda jahon iqtisodiy inqirozi keskin tus olgan, shunga qaramay, mamlakatimizning 2011-yilga mo‘ljallangan Davlat budjetida ijtimoiy sohaga doir xarajatlar miqdori kamaytirilgan emas. U budjet xarajatlarining 58,7 foizini tashkil etadi. 2012-yilda bu ko‘rsatkich 60 foizni tashkil etilishi nazarda tutilgan. Muxtasar aytganda, davlat budjeti – davlatimiz iqtisodiy siyosatini belgilovchi asosiy moliyaviy hujjat bo‘lib, u iqtisodni tartibga solishga, ishlab chiqarishning barqaror o‘sishini ta’minlashga, kam ta’minlangan oilalarni ko‘llab-quvvatlash va xalqimiz farovonligini yanada oshirishga xizmat qiladi. Download 2.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling