Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Ijtimoiy soha xarajatlari


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet248/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

1. Ijtimoiy soha xarajatlari. Bular ta’lim-tarbiya, sog‘liqni saqlash, 
jismoniy tarbiya va sport, madaniyat, atrof-muhitni muhofaza qilish,
ijtimoiy yordam ko‘rsatish sarflari. 
2. Investitsiya xarajatlari. Bu davlat hisobidan ijtimoiy-madaniy 
obyektlarni, ishlab chiqarish infratuzilmasi va kommunikatsiya tizimini 
yaratish uchun pul sarflash. 
3. 
 
Milliy xavfsizlik va ichki tartibni saqlash xarajatlari. Bular 
jumlasiga politsiya (militsiya), xavfsizlik organlari, sud va prokuratura 
xarajatlari kiradi. 
4. Boshqarish xarajatlari. Bular jumlasiga markaziy va mahalliy 
hokimiyat organlari ishini ta’minlash sarflari kiradi. 
5. Tashqi qarzni uzish xarajatlari. Bu to‘lash muhlati kelgan qarzning 
o‘zini qaytarish, qarz yuzasidan beriladigan foizlarni to‘lash xarajatlari. Bu 
xarajat qarzning miqdoriga, qaysi paytda qaytarilishiga va foizning 
miqdoriga qarab o‘zgarib turadi va budjetda ko‘rsatiladi. 
5.2. Mustaqillik yillarida O‘zbekistonning bank-moliya
sohasida asosiy ko‘rsatkichlari 
1995-yilda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 
to‘g‘risida»gi qonun nafaqat bank tizimining huquqiy asoslarini 
mustahkamladi, balki Markaziy bankning alohida maqomi, maqsad va 


 415
vazifalari hamda vakolatlarini aniq belgilab berdi. 1996-yilda qabul 
qilingan O‘zbekiston Respublikasining «Bank va bank faoliyati 
to‘g‘risida»gi qonuni bank tizimidagi ikkinchi bosqich institutlari – tijorat 
banklari faoliyatining huquqiy jihatlarini belgilab berdi. 1997-yilda 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Xususiy tijorat banklarini 
tashkil qilishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni 
bilan bank faoliyati uchun bir qator imtiyoz va rag‘batlantirishlar berildi 
va shu asosda yurtimizda jismoniy shaxslarning ulushi 50 foizdan kam 
bo‘lmagan xususiy banklar ochila boshladi. 
2011-yilning 1-yanvariga qadar O‘zbekistonda 31 ta tijorat banki 
faoliyat ko‘rsatmoqda, ulardan 3 tasi davlat, 13 tasi tijorat-aksiyadorlik 
banki, 10 tasi xususiy va 5 tasi chet el kapitali ishtirokidagi banklar 
bo‘lib, ular 9,3 mingta filialga, minibank va chakana ofislariga ega. 
4-jadval 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling