Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Mavzuni chuqur o‘rganish instrumentariysi


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet251/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

Mavzuni chuqur o‘rganish instrumentariysi 
Moliyaviy globallashuv – bu jahon xo‘jaligining barcha hududlaridagi 
moliyaviy munosabatlarni qamrab oluvchi jarayondir. Global moliyaviy 
inqiroz ortiqcha likvidlik va yuqori darajada integratsiyalashgan xalqaro 
moliya tizimining yetarli tartibga solinmasligi natijasida yuzaga keladi va 
jahon iqtisodiyotining retsessiyaga uchrashiga olib keladi. 
Iqtisodiy globallashuv – bu jahon xo‘jaligining barcha hududlaridagi 
iqtisodiy munosabatlarni qamrab oluvchi jarayondir. Buni tashkil topayotgan 
transmilliy kompaniyalar misolida ko‘rishimiz mumkin. 
Ipoteka (yunoncha Hypothekc – garov ma’nosida) – ssuda olish 
maqsadida ko‘chmas mulk (yer, imorat)ni garovga qo‘yish. Rivojlangan 
mamlakatlar qishloq xo‘jaligida keng tarqalgan bo‘lib, maxsus ipoteka banklari 
bor. 
Likvidlik (lotincha Liquidus – suyuq, oquvchi ma’nolarida) – turli 
korxonalar, birlashmalar, firmalar va banklarning o‘z majburiyatlarini vaqtida 
bajara olishi (qarzni to‘lash imkoniyati, barqaror talabga ega bo‘lgan pul 
vositalari, bank depozitlari, qimmatli qog‘ozlar, moddiy aylanma vositalar
xaridorgir va pulga tez aylantiriladigan aktivlar likvid vositalar deb yuritiladi. 
Likvidlik mablag‘lar aylanishining me’yoriga erishini yo‘li bilan ta’minlanadi. 


 419
Ssuda – moddiy boyliklar garovi hisobiga joiz olish sharti bilan muayyan 
muddatga beriladigan qarz. Ssuda muddatida qaytarilmasa bank garov mulkni 
avaxta qilishi va uni sotib, ssuda bo‘yicha uzilmagan qarzni qoplashi mumkin. 
Qimmatli qog‘ozlarni ham garovga qo‘yib, ular evaziga ssuda olish uchraydi. 
Investitsiya (nemischa investition, lotincha investere – o‘rash ma’nosida) 
– iqtisodni rivojlantirish maqsadida mamlakat yoki chet ellarda turli 
tarmoqlarga uzoq muddatli kapital kiritish (qo‘yish). Moliyaviy investitsiya – 
aksiya, obligatsiya va boshqa qimmatli qog‘ozlarni sotib olish; real investitsiya 
mamlakati ichkarisida va chet ellarda ishlab chiqarish (sanoat, qishloq 
xo‘jaligi, qurilish va boshq.)ga kapital qo‘yish, shuningdek, yosh suveren 
davlatlarga qarz va subsidiya berish shakllarida amalga oshiriladi. 
Investitsiyani davlat, banklar yoki xususiy tadbirkorlar berishi mumkin. 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling