Statistika fani. Yoqubov Dadaxon. 29-variant


Download 109.5 Kb.
bet1/3
Sana16.04.2023
Hajmi109.5 Kb.
#1359105
  1   2   3
Bog'liq
Statistika


Statistika fani.
Yoqubov Dadaxon.
29-VARIANT

  1. Moddiy zaxiralar va aylanma vositalar. Aylanma vositalarning aylanishi ko’rsatkichlari.

2. Asosiy fondlarning holati, harakati va ulardan foydalanish ko’rsatkichlari. Mehnatning asosiy fondlar bilan qurollanishi.


Javoblar:


1. Moddiy zaxiralar va aylanma vositalar. Aylanma vositalarning aylanishi ko’rsatkichlari.
Mehnat buyumlari yoki boshqacha qilib aytganda, moddiy resurslar asosiy vositalar bilan bir qatorda ishlab chiqarishning asosiy elementlaridan biri hisoblanadi. Ularning asosiy vositalardan farqi shundaki, materiallar har bir ishlab chiqarish tsiklida butunlay iste’mol qilinib, ishlab chiqarish jarayonida o’zining dastlabki jismoniy ko’rinishini yo’qotadi va ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxiga o’z qiymatini to’la ravishda o’tkazadi.
4-sonli “Moddiy zahiralari” deb nomlangan O’zbekiston Respub-likasi BHMSda tovar-moddiy zahiralari tarkibiga xo’jalik yurituvchi sub’ekt-larning quyidagi aktivlari kiritiladi:
Ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish jarayonida ishlatilishi ko’zda tu-tilgan xomashyo, materiallar, sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi buyumlar, yoqilgi, idishlar, ehtiyot qismlari, boshqa material-lar hamda arzon baholi tez eskiruvchi buyumlar;
Тugallanmagan ishlab chiqarish;
Хo’jalik yurituvchi sub’ektning oddiy faoliyatida sotish uchun mo’ljal-langan tayyor mahsulot va tovarlar.


Moddiy-ishlab chiqarish zahiralari mahsulot ishlab chiqarish jarayonida tutgan o’rinlari va xususiyatlariga qarab quyidagi guruhlarga bo’linadi:
xomashyo va asosiy materiallar;
yordamchi materiallar;
sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi qismlar;
chiqindilar;
yoqilg’ilar;
idish va idish materiallar;
ehtiyot qismlar;
inventar va xo’jalik jihozlari;
Хomashyo deb,hali sanoat ishlovidan o’tmagan va mahsulotlarning asosiy mod-diy qismini tashkil qiladigan mehnat buyumlariga aytiladi masalan: paxta toza-lash korxonalari uchun tozalashga keltirilgan paxta tolasi, metallurgiya zavodi uchun temir ruda, ko’n zavodiga keltirilgan oshlanmagan teri, un zavodiga kelti-rilgan bug’doy va hokazo. Хom ashyolarga sanoat ishlovini bir marta bo’lsa ham o’tgan mehnat buyumlari kiradi. Qayta ishlash korxonalari xom ashyosini, ko’pchilik hol-larda, qishloq xo’jalik mahsulotlari va qazib oluvchi sanoatning mahsulotlari tashkil etadi.
Asosiy materiallar deb, ishlab chiqarilayotgan mahsulot tarkibiga buyum sifatida kiradigan va shu mahsulotning asosini tashkil qiladigan mehnat buyum-lariga aytiladi. Masalan: mashinasozlik sanoatida asosiy materiallarga metall, prokat, tikuv fabrikalarida – gazlama kiradi.
Yordamchi materiallar ishlab chiqarilayotgan mahsulot tarkibiga kirib, ularda sifat o’zgarishlar hosil kiladi, ya’ni mahsulotga chiroy beradi, mazasini o’zgartiradi, lekin uning asosini tashkil qilmaydi yoki ishlab chiqarish jara-yonida mehnat vositalarini ta’mirlash, sozlash uchun ishlatiladi yoki mehnat ja-rayoni uchun kerakli sharoit yaratib berish uchun xizmat qiladi.
O’rni kelganda shuni eslatib qo’yish lozimki, materiallarni guruhlarga bo’lganda, aniq sharoitni hisobga olish lozim. Bir turdagi materiallar mahsu-lotni yaratishdagi roliga qarab birinchi sanoat korxonasida asosiy material bo’l-sa, ikkinchisida yordamchi material bo’lishi mumkin.
Yarim tayyor mahsulotlar deb, ishlab chiqaruvchi bir tsexda to’la tugallanib boshqa tsexlarda qayta ishlash davom ettiriladigan mehnat buyumlariga aytiladi. Yarim tayyor mahsulotlar sotib olinishi yoki korxonaning o’zida ishlab chiqa-rilishi mumkin. Shuning uchun sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar shu korxo-naning o’zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlardan ajratilgan holda hi-sobga olinadi.
Chiqindilar – korxonaning o’zida asosiy yoki yordamchi materiallar sifatida ishlatilishi mumkin, ayrim paytlarda esa boshqa korxonalarga sotiladi. Chiqin-dilar esa asosan boshqa korxonalarga sotiladi. Chiqindilar asosan xom ashyo va materiallarni qayta ishlash, mahsulot ishlab chiqarish natijasida paydo bo’ladi. Chiqindilarni to’g’ri hisobga olish va ulardan maqsadga muvofiq ravishda foy-dalanishni nazorat qilish muhim ahamiyatga ega.
Yoqilg’i ishlab chiqarishdagi roliga ko’ra yordamchi materiallarga o’xshab ketadi. Yoqilgilar korxonalarda texnologik maqsadlarga yoqilg’i sifatida va isi-tish yoqilg’isi sifatida ishlatiladi.
Idish va idish materiallari sotilayotgan mahsulotlarni o’rash, joylashtirish uchun xizmat qilib, mahsulot bilan birgalikda sotiladi.
Ehtiyot qismlar mashina, asbob-uskuna va boshqa mehnat vositalarini ta’mirlash maqsadida ishlatiladi.
Korxonaning tovar-moddiy zahiralari tarkibiga quyidagilar kiri-tilmaydi:
Inventarizatsiya natijasida aniqlangan egalik qilish huquqi bo’lmagan tovarlar;
Konsignatsiyada bo’lgan tovarlar.
Darhaqiqat, inventarizatsiya (yo’qlama) o’tkazish davrida korxonada uning egalik qilish huquqi bo’lmagan tovarlar aniqlanishi mumkin. Bu mijozning buyurtmasiga asosan tayyorlangan (ya’ni oldi-sotdi bitimi bajarilgan) unga qarashli va jo’natishni kutayotgan tovardir. Aniqlangan bunday tovarlar korxo-naning tovar-moddiy zahiralari tarkibiga kiritilmaydi. Ular sotish jarayonida qayd qilinishi lozim.
Moddiy zahiralari tarkibiga kirmaydigan tovarlarning yana bir turi - bu konsignatsiyadagi tovarlardir. Konsignatsiya komitent yoki konsignant deb ataladigan mulkdorni o’z tovarlarini boshqa kompaniya omborlarida sotish uchun joylashtirishdir.
Konsignator bunday tovarlarni o’zining moddiy zahiralari tarkibiga kiritmasligi kerak, chunki realizatsiya davrigacha bu tovarlar jo’natuvchi – kon-signantning mulki hisoblanadi.
Omborda turgan tovarlarning bir kismini konsignatsiyaga berilishi muo-malasini buxgalteriya hisobida quyidagi yozuv bilan rasmiylashtirish mumkin
Dt Konsignatsiyaga berilgan tovarlar
Kt Ombordagi tovarlar
Aylanma vositalar (mablagʻlar) – korxona (xoʻjalik)ning xoʻjalik faoliyatini moliyalash uchun foydalanadigan pul mablagʻlari; Aylanma vositalar aylanma ishlab chiqarish fondlari va muomala fondlaridan tashkil topadi. Aylanma ishlab chiqarish fondlari ishlab chiqarish jarayonida bir marta ish-tirok etadi, har bir ishlab chiqarish davrida butun-lay iste’mol qilinadi, oʻz natural sha-klini oʻzgartiradi, uning qiymati yetish-tirilayotgan mahsulotga toʻliq oʻtadi va mahsulot sotilishi bilan pulga aylanadi (xom ashyo, materiallar, kelgusi davr xa-rajatlari, arzon baho anjomlar va boshqalar).Muomala fondlari – mahsulotning korxonadan chiqib to sotilishiga qadar muomala jarayonida band boʻlgan vo-sitalar (sotuvga chiqariladigan tayyor mahsulot qiymati, kassadagi naqd pul mablagʻlari va bankdagi hisobvaraqsa turgan mablagʻlar). Aylanma fondlarning muomala fondlari bilan bi-rikishi iqtisodiy jihatdan asosli boʻlib, mablagʻlarning muomala va ishlab chiqarish sohalarida taqsimlanishini nazorat etishga imkon beradi.Aylanma vositalar hosil boʻlish manbalariga koʻra korxonaning oʻz Aylanma vositalar ga va qarzga olingan (jalb qilingan) Aylanma vositalar ga boʻlinadi. Korxonaning oʻzA.v. yillik moliya re-jasiga muvofiq ishlab chiqarish zaxiralari, tu-gallanmagan ishlab chiqarish, tayyor mahsulot zaxi-ralari barpo etish uchun zarur boʻlgan minimal ehtiyojlar asosida belgila-nadi. Korxona oʻz Aylanma vositalar ining rejasidagi summasi normativ deb ataladi. Kat-ta daromad oladigan korxonalar katta miqdorda oʻz Aylanma vositalar fondini barpo etadi. Qarzga olingan Aylanma vositalar mablagʻlarga boʻlgan vaqtinchalik ehtiyojlarni qondirishga moʻljallanadi. Bankdan kredit olish va passivlarning ayrim turlari (kredi-torlik qarzdorligi va boshqalar) dan foydala-nish hisobiga hosil qilinadi. Aylanma vositalar dan 239samarali foydalanganlikning muhim koʻrsatkichi – ularning aylanuvchanli-gi, ya’ni Aylanma vositalar ning aylanish soni va bir aylanishning kun hisobidagi davri-dir. Aylanish soni mahsulotni sotishdan olingan yillik tushumni Aylanma vositalarning oʻrtacha yillik qiymatiga boʻlish yoʻli bilan topiladi.Aylanma vositalar ning aylanuvchanligini tezlash-tirish xalq xoʻjaligida katta ahamiyatga ega. Chunki bu holda Aylanma vositalar ga boʻlgan ehtiyoj kamayadi, pul va moddiy resurslardan sa-marali foydalaniladi.

Download 109.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling