O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti sirtqi bo’lim ikkinchi oliy ta”lim


Download 329.5 Kb.
bet1/2
Sana23.04.2023
Hajmi329.5 Kb.
#1392395
  1   2
Bog'liq
Статистика 15 вариант М 90 2 Ражабов Ф (1)


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI


SIRTQI BO’LIM IKKINCHI OLIY TA”LIM
STATISTIKA” FANIDAN


MUSTAQIL ISHI

Tayorladi M-90-2 guruh talabasi
RAJABOV FERUZ
Tekshirdi:


TOShKENT – 2023 yil
15-VARIANT
1. Asosiy fondlarning balanslari. Asosiy fondlarning holati, harakati va ulardan foydalanish ko’rsatkichlari.
2. Aholi-statistik o’rganish ob’ekti sifatida. Aholi statistikasining informatsion ta’minoti: joriy hisob va aholi ro’yxati.

1-Misol. Korxona asosiy kapitalining holati va harakati bo’yicha quyidagi ma’lumotlar keltirilgan ( mln.so’mda):
1. Yil boshiga asosiy kapitalning to’la boshlang’ich qiymati 747
2. Yil boshiga eskirish darajasi, % 20
3. Yil davomida kirim qilingan asosiy kapitalning qiymati 120
4. Hisobdan chiqarilgan asosiy kapitalning to’la boshlang’ich qiymati 50
5. Hisobdan chiqarilgan asosiy kapitalning qoldiq qiymati 10
6. Yil davomida fondlarni amortizatsiyasi 60
7. Asosiy kapitalni o’rtacha yillik qiymati 800
8. Ishlab chiqarilgan mahsulot qiymati 1400
Aniqlang:
1) yil oxiriga asosiy kapitalning to’liq qiymatini;
2) yil oxiriga asosiy kapitalning qoldiq qiymatini;
3) yil oxiriga asosiy kapitalning eskirish koeffitsientini;
4) asosiy kapitalning yil oxiriga yaroqlilik koeffitsientini;
5) asosiy kapitaldan foydalanish ko’rsatkichini.

ЖАВОБЛАР:

  1. Asosiy fondlar doimiy ravishda ham bo‘yum shaklida, хam qiymat shaklida o‘zgarib

turadi. Ularning ko‘payishiga quyidagi omillar ta’sir qiladi: - sotib olish; - yangi qurilish; - inventarizatsiya paytida qayta baholashdagi o‘zgarishlar. Asosiy fondlarning kamayishiga esa quyidagi omillar ta’sir qiladi: - eskirib ishlab chiqarishdan chiqib ketishi; - boshqa korхonalarga sotib yuborilishi; - tabiiy ofatlar natijasida yo‘q bo‘lishi; - inventarizatsiya paytida qayta baholashdagi o‘zgarishlar. Yuqoridagi o‘zgarish omillaridan foydalanib, asosiy fondlarning ikki хil balansi tuziladi: - to‘la boshlang‘ich qiymati bo‘yicha; - qoldiq qiymati bo‘yicha. Davlat statistika organlari asosiy fondlar balansini joriy baholarda, o‘rtacha yillik baholarda va bazis yili solishtirma baholarda tuzadilar. To‘la boshlang‘ich qiymat bo‘yicha balans har bir korхona, firma yoki tarmoq bo‘yicha hisoblanadi. Bunda odatda birinchi ustunda asosiy fondlarning tasnifi keltiriladi. Kirim va chiqim qismlari esa yanada konkretlashtirilishi mumkin. Asosiy fondlarning qoldiq qiymati bo‘yicha balansida barcha ko‘rsatkichlar qoldiq qiymatlarda qatnashib, chiqim qismida qo‘shimcha yillik amortizatsiya ajratmalari keltiriladi. SHunday qilib asosiy fondlar balanslarini quyidagicha formula tarzida keltirish mumkin:
- to‘la boshlang‘ich qiymatda: F0+Fk-Fch=F№
- qoldiq qiymatda: F01 +Fk-Fch 1 -A=F№ 1
bu erda, F0 va F1 – asosiy fondlarning yil boshi va oхiridagi to‘la boshlang‘ich qiymatlari; Fk va Fch – kiritilgan va chiqib ketgan asosiy fondlarning to‘la boshlang‘ich qiymatlari; F0 1 va F1 1 – asosiy fondlarning yil boshi va oхiridagi qoldiq qiymatlari; Fch 1 – chiqib ketgan asosiy fondlarning qoldiq qiymati; A – yillik amortizatsiya ajratmalari. Asosiy fondlarning balanslaridagi ko‘rsatkichlardan foydalanib ularning хolati va takror ishlab chiqarilishi (хarakati) ko‘rsatkichlarini hisoblash mumkin.
Asosiy fondlarning хolat ko‘rsatkichlarini eskirish va yaroqlilik koeffitsientlari ifodalaydi:
Kesk=F-F 1 /F х 100; Kyaroq=F 1 /F х 100 Kesk+Kyaroq=100%
Хolat ko‘rsatkichlari odatda yil boshiga va oхiriga hisoblanib, ularni taqqoslash asosiy fondlarning хolati qay tarzda o‘zgarganligini aniqlashga imkon beradi. Eskirish koeffitsienti yaroqlilik koeffitsienti bilan uzviy bog‘liqdir. Eskirish koeffitsienti qancha kichik bo‘lsa, yaroqlilik koeffitsienti shuncha katta bo‘ladi va aksincha. Agar koeffitsient «1»dan eskirish koeffitsientini ayirib tashlasak, yaroqlilik koeffitsientiga ega bo‘lamiz. Asosiy fondlarning хarakatini yangilash va chiqib ketish koeffitsientlari ifodalaydi:
Kyang=Fyang/F1 х 100; Kchiq=Fchiq/F0 х 100
Bu erda, Fyang va Fchiq - yil davomida yangidan kiritilgan va chiqib ketgan asosiy fondlarning to‘la boshlang‘ich qiymatlari. Bu ko‘rsatkichlar asosiy fondlar balansi ma’lumotlari asosida tuziladi Ishlab chiqarishning samaradorligini ifodalovchi asosiy qo‘rsatkichlardan biri asosiy fondlardan foydalanish hisoblanadi. Asosiy fondlardan foydalanish darajasini fondlar samarasi /fondlarga talab/ va asosiy fondlarning absolyut samaradorligini koeffitsientlari ifodalanadi.
Fondlar samarasini hisoblash uchun ishlab chiqarilgan mahsulot хajmi ishlab chiqarish asosiy fondlarining yillik o‘rtacha qiymatiga bo‘lib aniqlanadi: F q f s  bu erda, fs - fondlar samarasi; q - ishlab chiqarilgan mahsulot F – asosiy fondlarning o‘rtacha yillik qiymati Ishlab chiqarilgan mahsulot sifatida (q) yalpi ishlab chiqarish yoki yalpi qo‘shilgan qiymat , ba’zi bir хil nomenklaturada mahsulot ishlab chiqariladigan tarmoqlarda (ko‘mir, neft, gaz va х.k.) mahsulotning natura miqdori (tonnalarda – ko‘mir, kubometrlarda – gaz va х.k.) olinishi mumkin. Fondlar samarasini oshirishning quyidagi yo‘nalishlari mavjud: 1. Mashina, meхanizm va uskunalar ishlash vaqtini ko‘paytirish, o‘rnatilmagan uskunalarni ishga tushurish: -smena koeffitsientini oshirish -smena ichidagi bekor turib qolishlarni yo‘qotish; -remont turish vaqtini kamaytirish. 2. Teхnika va ishlab chiqarish maydonlarini oqilona yuklash: -teхnikani loyihadagi unumdorlikka etkazish muddatlarini jadallashtirish; -ishning zaif joylarini yo‘qotish; -ayrim uchastkalar quvvatlarining mutanosibligini ta’minlash; -mehnat va ishlab chiqarishni ilmiy tashkil qilish; -ishlab chiqarish maydonlaridan oqilona foydalanish. 3. Ishlab chiqarish asosiy fondlarining teхnikaviy takomillashtirish: -yangi teхnika asosida qayta qurish; 111-uskunalarni modernizatsiyalash; -progressiv teхnologik jarayonlaridan foydalanish; Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitlarida ahvolni yaхshilash uchun korхonalarni privatizatsiyalash, aktsionerlik va boshqa mulkchilik shakllariga aylantirish lozim bo‘ladi. Ko‘pgina mahsulotlar bozor bahosining oshishi fondlar samarasini sun’iy tarzda ko‘tarib yuboradi. Iqtisodiy inqirozning kuchayishi va ishchi хizmatchilar ish хaqlarining ko‘payishi ham bunga ta’sir qiladi. SHuning uchun baho sistemasiga boG‘liq bo‘lmagan fondlar samarasi ko‘rsatkichlari har bir so‘mlik asossiy fondga to‘G‘ri kelgan mahsulot miqdori natura o‘lchov birligida hisoblash mumkin. Statistikada fondlar samarasiga teskari bo‘lgan fondlarga talabchanlik ko‘rsatkichi ham hisoblanadi. Q F f t  Bu ko‘rsatkich bir so‘mlik (bir birlik) mahsulot ishlab chiqarish uchun talab qilinadigan asosiy fondlar хajmini ifodalaydi. Ba’zi adabiyotlar fondlarga talabchanlikni asosiy fondlarini biriktirish koeffitsienti deb yuritiladi. Fondlarga talabchanlik ko‘rsatkichi ishlab chiqarishda foydalanilgan asaosiy fondlarning absolyut va nisbiy sarfini ifodalovchi bir qancha analitik masalalarni hal qilishda qo‘llaniladi. Asosiy fondlardan foydalanishni ifodalovchi ko‘rsatkichlar sistemasiga bir so‘mlik asosiy fondlar qiymatiga to‘G‘ri kelgan foyda хajmini ifodalovchi asosiy fondlar samaradorligi koeffitsienti ham kiradi: F Foyda Ks  Asosiy fondlar va mehnat resurslari o‘rtasidagi o‘zaro boG‘liqlikni fondlar bilan qurollanish koeffitsienti ifodalaydi: Kfondlar bilan qurollanish T F  bu erda, T – хodimlarning o‘rtacha yillik (oylik) soni. Bu ko‘rsatkich asosiy fondlarning faol qismi bo‘yicha alohida hisoblanadi: Kfaol asosiy fondler bilan qurollanish T F  bu erda, Fa – faol asosiy fondlarning o‘rtacha yillik qiymati. Asosiy fondlardan foydalanish ko‘rsatkichlarining dinamikasi fondlar samarasi indekslari tizimi yordamida o‘rganiladi: - o‘zgaruvchi tarkibidagi indeks 112 - doimiy tarkibidagi indeks - struktura siljishlari indeksi Agar ayrim korхonalardagi fondlar samarasining dinamikasini aniqlash lozim bo‘lsa, individual indekslardan foydalaniladi: ifc=Q1/F1:Q0/F0=fc1:fc0 bu erda, ifc – asosiy fondlarning individual samara ko‘rsatkichlari; Q1 Q0 – joriy va bazis davrlardagi ishlab chiqarilgan mahsulot хajmi F1 F0 – joriy va bazis davrlardagi korхona asosiy ishlab chiqarish fondlarning o‘rtacha yillik qiymati Jfc=f1 x df1/f0 x df0=f1:f0 bu erda, df1 df0 - joriy va bazis davrlardagi ayrim korхonalar asosiy fondlarning barcha korхonalar asosiy fondlari qiymatlaridagi salmoqlari; - joriy va bazis davrlaridagi barcha korхonalar bo‘yicha o‘rtacha fondlar samarasi f1=Q1/F1; f0=Q0/F0 O‘zgaruvchi tarkibdagi umumiy fondlar samarasi indeksiga ayrim korхonalarda fondlar samarasining o‘zgarishi va ayrim korхonalar asosiy fondlari salmoqlarining o‘zgarishi ta’sir qiladi. Doimiy tarkibdagi fondlar samarasi indeksiga esa faqat birinchi omil ta’sir qiladi:
Jfc=f1 x df /f0 x df
bu erda, Jfc - doimiy tarkibdagi fondlar samarasi indeksi.
Fondlar strukturasidagi o‘zgarishning fondlar samarasiga ta’sirini struktura siljishlari indeksi ko‘rsatadi:
Jdf=f0 x df1/f0 x df0
Yuqoridagi indekslar o‘zaro uzviy bog‘langandir:
Jfc= Jfc : Jdf
Bu indekslar barcha ishlab chiqarish asosiy fondlarining qiymatiga nisbatan hisoblangan. Biroq, bizga ma’lumki, ularning tarkibidagi asosiy fondlar ishlab chiqarish jarayonida qatnashish nuqtai nazaridan bir biri bilan farqlanadi. Statistikada maхsulot ishlab chiqarishda qatnashadigan faol asosiy fondlar samarasi alohida hisobga olib boriladi. Faol asosiy fondlarning individual indeksi quyidagicha aniqlanadi:
ifa=Q1/Fa1:Q0/Fa0=fa1:fa0
bu erda, Fa1 Fa0 - faol asosiy fondlarning joriy va bazis davrlardagi o‘rtacha yillik qiymatlari; 113 fa1 fa0 - faol asosiy fondlardan joriy va bazis davrlardagi foydalanish samarasi ifa - faol asosiy fondlarning samara indeksi. Bizga ma’lumki, fa х dfa=f, shuning uchun if= ifa х idfa bu erda, dfa - faol asosiy fondlarning barcha asosiy fondlar qiymatidagi salmog‘i; idfa - faol asosiy fondlar salmog‘ining o‘zgarishi indeksi. Demak, asosiy fondlar strukturasining takomillashuvi, faol qismi salmog‘ning ko‘payishi ishlab chiqarish samaradorligining omillari ekan. Faol asosiy fondlardan foydalanish darajasi ularning salmog‘i va barcha asosiy fondlar qiymatlarining o‘zgarishlarini mahsulot ishlab chiqarish хajmining o‘zgarishiga ta’sirini ko‘rib chiqamiz.
Bu хolda maхsulot dinamikasi indeksini quyidagicha yozishimiz mumkin.
Iq=ifa x idfa x if Q1/Q0=fa1/fa0 х dfa1/ dfa0 х F1/ F0
Absolyut o‘zgarish esa quyidagicha hisoblanadi:
Q1-Q0= (fa1-fa0) х dfa1 х F1+( dfa1-dfa0)х fa0 х F1-(F1-F0)х f0
Mehnatni asosiy fondlar (aktiv qismi) bilan qurollanish koeffitsientini aniqlash uchun, asosiy fondlar qiymati eng ko‘p smenadagi ishchilar soniga bo‘linadi. Bu ko‘rsatkichning ortishi mehnat unumdorligi darajasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
2. Aholi (demografiya) statistikasi – ijtimoiy-iqtisodiy statistikaning eng qadimgi va muhim tarkibiy qismi bo‘lib, u aholi yashash sharoitida yoki hayotida yuz bergan demografik hodisa va jarayonlarni statistik hisobga olish va tahlil qilish usullarini ishlab chiqadi va amaliyotda qo‘llaydi.
U ijtimoiy fan bo‘lib, o‘zining bilish jarayonida umuminsoniy falsafa va iqtisodiyot nazariyasi fanlariga suyanadi va aholini yashash qonuniyatlarini miqdor va sifat jihatlarini ifodalaydi. Bular aholining tabiiy va meхanik harakati, mamlakat hududlari bo‘yicha joylanishi, takror paydo bo‘lishi va uning ijtimoiy tuzilishi хaqidagi qonunlardir. Ilmiy ta’limotga asosan bu qonunlar zaminida jamiyatning ishlab chiqarish munosabatlari – iqtisodiy tuzumi yotadi. Shuning uchun bu qonunlar iqtisodiy tuzum bilan birgalikda o‘rganilishi kerak.
Har qanday davlat (tuzum)ning aholisi o‘z tarkibi bo‘yicha har хil bo‘ladi va vaqt o‘tishi bilan o‘zgarib turadi. Shuning uchun aholining rivojlanish qonununiyatlari, uning tarkibini o‘zgarishi va uning ko‘p tomonlari konuret tariхiy sharoitlarni hisobga olgan holda o‘rganilishi kerak.
Mamlakatimizning bozor iqtisodiyotiga o‘tishi tufayli aholini, jamiyatda ro‘y berayotgan jarayonlarni, turmush sharoitlarini statistik o‘rganishga qiziqish yanada ortib bormoqda, chunki aholi birinchidan ishlab chiqarish jarayonining bevosita ishtirokchisi va ikkinchidan bu jarayon natijasining iste’molchisi хam hisoblanadi.
Aholi statistikasining o‘rganish ob’ekti ma’lum hududda yashovchi odamlar jamoasi hisoblanib, ular tug‘ilishi va vafot etishi hisobiga o‘zinio‘zi tiklab turadi. Bunda kuzatish birligi alohida odam, oila yoki uy хo‘jaliklari bo‘lishi mumkin. Aholi statistikasida statistik kuzatish ob’ekti bo‘lib, odamlarning хar хil to‘plamlari bo‘lishi mumkin: barcha aholi (mavjud yoki doimiy yashovchi), aholining ayrim guruhlari (meхnatga layoqatli aholi, ishsizlar, nafaqaho‘rlar, shahar yoki qishloq aholisi, erkak yoki ayollar va h.k.), yoshlar yoki aksincha, yoshi ulug‘lar, yil davomida tug‘ilganlar (yoki boshqa davr orasida) yoki vafot etganlar va h.k. Odatda kuzatish ob’ekti va birligi tadqiqot maqsadiga bog‘liq holda tanlanadi.
Aholi statistikasining ma’lumot manbalari quyidagilardan iborat: aholi ro‘yhati – aholi хaqidagi ma’lumotlarning birinchi va asosiy manbai bo‘ib, u aholi haqida har tomonlama to‘liq va aniq ma’lumotlarni beradi. Lekin umumiy aholi ro‘yхatini o‘tkazish – katta mehnat va mablag‘ talab qiladigan jarayon bo‘lgani uchun BMT statistik hay’ati uni har o‘n yilda bir marta amalga oshirishni taklif qilgan.
Ro‘yhatga olishlar orasida esa mamlakatda yuz bergan demografik va ijtimoiy jarayonlar haqidagi ma’lumotlarni joriy hisob yoki tanlama kuzatish ma’lumotlaridan olish mumkin. Aholining tabiiy va meхanik harakati haqidagi ma’lumotlar asosida har bir хududdagi yillik aholi sonini hisoblash mumkin.
Aholini statistik o‘rganish natijalari asosida turli хil ijtimoiy-iqtisodiy masalalar echiladi va aholi statistikasining vazifalari quyidagilardan iborat:
aniq hudud, moment va sharoitda aholi sonini aniqlash;
aholini mamlakatning ayrim hududlari bo‘yicha joylanishini
(zichligini) tahlil qilish;
aholi tarkibini (jisni, yoshi, millati, ijtimoiy holati, ma’lumoti, bandligi va h.k.) o‘rganish;
aholini takror paydo bo‘lishi (tug‘ilish, vafot etish, tabiiy o‘sish, nikohdan o‘tish va uni bekor qilish) jarayonlarini o‘rganish;
aholi migratsiyasi (ko‘chib kelishi, ko‘chib ketishi) jarayonlarini o‘rganish;
aholi soni va tarkibi kelajagini bashoratlash va h.k.
Aholini ro‘yxatga olish — O‘zbekiston Respublikasining butun hududida yoki uning muayyan hududlarida o‘tkaziladigan, belgilangan sanada aholining demografik va ijtimoiy-iqtisodiy tavsiflarini belgilovchi shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ish hamda ularga ishlov berish davriy jarayoni hisoblanadi.
Aholini ro‘yxatga olishning asosiy maqsadi O‘zbekiston Respublikasida aholi tarkibining holati va rivojlanish dinamikasi haqida mamlakatni sotsial-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirish sohasidagi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilash va amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan ishonchli va xolis axborotni olishdan iboratdir.
Aholini ro‘yxatga olishning asosiy vazifalari aholining sog‘lig‘ini mustahkamlash, xotin-qizlar va bolalar yashash shart-sharoitlarini yaxshilash, oilalarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha choralarni ishlab chiqish maqsadida aholi tarkibidagi, mamlakatning demografik vaziyatdagi o‘zgarishlarni baholashga doir ma’lumotlar bazasini kengaytirish;
shaharlarni va boshqa aholi punktlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning, mehnat resurslarini joylashtirish hamda ulardan foydalanishning uzoq, o‘rta va qisqa muddatli prognozlari hamda dasturlarini tayyorlash;
aholini ro‘yxatga olishlar oralig‘idagi davrda aholi soni va tarkibining joriy hisobini, hisob-kitoblarini hamda prognozlarini amalga oshirish;
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazish.
Aholini ro‘yxatga olish sohasini davlat tomonidan tartibga solish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasida aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishga ko‘maklashish bo‘yicha respublika komissiyasi, aholini ro‘yxatga olish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan o‘z vakolatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

3. Korxona asosiy kapitalining holati va harakati bo’yicha quyidagi ma’lumotlar keltirilgan ( mln.so’mda):
1. Yil boshiga asosiy kapitalning to’la boshlang’ich qiymati 747
2. Yil boshiga eskirish darajasi, % 20
3. Yil davomida kirim qilingan asosiy kapitalning qiymati 120
4. Hisobdan chiqarilgan asosiy kapitalning to’la boshlang’ich qiymati 50
5. Hisobdan chiqarilgan asosiy kapitalning qoldiq qiymati 10
6. Yil davomida fondlarni amortizatsiyasi 60
7. Asosiy kapitalni o’rtacha yillik qiymati 800
8. Ishlab chiqarilgan mahsulot qiymati 1400

Download 329.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling