Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet256/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

Pul-kredit siyosati – narxlar barqarorligi va resurslarning to‘liq bandligi 
sharoitida iqtisodiy o‘sishni ta’minlash maqsadida pul taklifini o‘zgartirishga 
qaratilgan davlat faoliyati. 
Pul-kredit siyosatining uzoq muddatli maqsadi – uzoq (bir yil va undan 
ortiq) vaqt mobaynida eng muhim makroiqtisodiy o‘zgaruvchilarni tartibga 
solish. 
Iqtisodiyotni monetar tartibga solishga Keynscha yondashuv – pul-
kredit siyosatining asosiy yakuni foiz stavkasining istalayotgan darajasidir 
degan qoidaga asoslanadi. 
Pul-kredit siyosatining qisqa muddatli maqsadi – muomiladagi pul 
miqdorini bir darajada saqlash yoxud foiz normasini barqarorlashtirish. 
Iqtisodiyotni monetar tartibga solishga monetar yondashuv – ishlab 
chiqarish, ish bilan bandlik va narx darajasini belgilovchi asosiy omil foiz 
stavkasining dinamikasi emas, balki pul taklifidan iborat degan qoidaga 
asoslanadi.
Asosiy monetar qoida – pul hajmining ko‘payish sur’atlari uzoq muddatli 
vaqt davomida ishlab chiqarishning haqiqiy hajmi tabiiy darajasini o‘sish 
sur’atlariga muvofiqligini doimiy ravishda ta’minlash zarurligiga asoslangan qoida. 
«Sof» fiskal siyosat – davlatning soliq-budjet va pul-kredit sohalaridagi 
iqtisodiyotga o‘zgarmas pul taklifi bilan bog‘liq faoliyati. 


 423
Mavzu yuzasidan asosiy xulosalar: 
1. Iqtisodiyotning moliya sektori undagi turli pul oqimi bo‘lib, real 
sektorga xizmat qiladi. Pul oqimidagi harakatda iqtisodiyotning barcha 
ishtirokchilari qatnashadi. Pul oqimi daromad-xarajat shakliga kiradi va 
moliyani yuzaga keltiradi. Moliya iqtisodiy tizim bo‘lib, moliya obyekti, 
subyekti, moliya munosabatlari, moliya mexanizmi, moliya institutlari va 
nihoyat, moliya siyosatini qamrab oladi. Real iqtisodiyotning darajalariga 
muvofiq, mikro, makro va metamoliya mavjud.
2. Moliya iqtisodiyotda taqsimlash, rag‘batlantirish, axborot berish, 
ijtimoiy va nazorat funksiyalarini bajaradi. Mikromoliya firmalar, xonadonlar, 
nodavlat va jamoat tashkilotlari moliyasidan iborat. Mikromoliyaning 
resurslari firmalar, xonadonlar va turli tashkilotlarning o‘z mablag‘i, qarz 
ko‘targan puli, davlat bergan yordam va turli xayr-ehson mablag‘laridan 
tashkil topadi. Resurslarning asosiy qismi (2/3) xonadonlar moliyasida 
jamlanadi. Mikromoliya ishtirokchilarining resurslari ular xarajatini qoplash 
yo‘lida ishlatiladi. 
3. Makromoliya – bu umumdavlat, umumjamiyat moliyasi bo‘lib, davlat 
daromadlari va xarajatlaridan iborat. Davlat daromadlari soliqlar, davlat mulki 
bergan daromad va davlat olgan ichki va tashqi qarzdan iborat. Davlatning 
xarajatlari – bu ijtimoiy soha, investitsiya, milliy xavfsizlik, boshqarish va 
qarzni uzishga ketadigan xarajatlardir. Davlat moliyasining asosini budjet 
tashkil etadi. 
4. Iqtisodiyot subyektlari faoliyatini pul bilan ta’minlash moliyalashtirish 
bo‘lib, bu o‘zini o‘zi moliyalashtirish, budjetdan moliyalashtirish va homiylar 
tomonidan moliyalashtirish shaklida yuz beradi. Moliyalashtirish resurslarni 
ma’lum maqsad yo‘lida qaytarib olmaslik sharti bilan sarflanishini bildiradi. 
5. Moliya tizimining muhim bo‘g‘ini moliya bozori bo‘lib, bu turli 
subyektlar o‘rtasida moliyaviy aktivlarning oldi-sotdi qilinishini bildiradi, 
tarkiban fond bozori va pul bozoridan iborat. Moliya bozorining obyekti 
qimmatli qog‘ozlar va pul mablag‘laridir, uning subyekti firmalar, xonadonlar, 
davlat hamda nodavlat tashkilotlari va turli vositachilardir. Bu bozor kapitali 
hosil etish, kapitalni demokratlashtirish, puldan pul chiqarib olish, pulni 
kerakli sohalarga joylashtirishdek funksiyalarni bajaradi. 
6. Moliyaga xos pul bozorining bir qismi kredit bozori bo‘lib, bunda 
uning obyekti kredit resursi, uning subyekti qarz beruvchi, qarz oluvchi va ular 
o‘rtasidagi vositachilar hisoblanadi. Kredit mexanizmi uning vositalari va 
shartlaridan iborat. Buni kreditning maqsadli va muddatli bo‘lishi, kredit uchun 
foiz undirilishi, kreditning qaytarilishi va buning kafolatlanishi tashkil etadi. 
Kreditning bozor narxi foizdir. Biroq foiz kreditga berilgan pulning bozor 
qiymati emas, balki uni vaqtincha ishlatishning haqidir. Foizning manbai 
kreditni ishlatishdan topilgan foydadir. Foiz darajasini kredit bozorida talab va 


 424
taklif, kreditning nafliligi, qarz pulini muqobil ishlatish imkoni, kredit sharti, 
tavakkal qilinishi, uning qanday valutaga berilishi va nihoyat, inflatsiya 
darajasi belgilaydi. 
7. Kreditning obyekti har qanday pul emas, balki o‘z egalari qo‘lidagi 
bo‘sh qolgan pullaridir. Kredit takror ishlab chiqarishga xizmat qilishi kerak. 
Kredit iqtisodiy o‘sishning shartidir. Iqtisodiy o‘sish ommaviy farovonlikni 
ta’minlashga xizmat qiladi. Shu bois ham, moliya-kredit sohasidagi 
jinoyatchilikka yo‘l qo‘ymaslik huquqni muhofaza qiluvchi organlar 
xodimlarining vazifalaridan biri hisoblanadi. Faqat yuksak ma’naviyatli 
xodimlar bank-kredit sohasidagi moliyaviy resurslarni suiiste’mol qilishga yo‘l 
qo‘ymaydilar. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar mutaxassislarining 
ma’lumotlariga ko‘ra, 2002–2007-yillarda ayrim shaxslar tomonidan 
respublikamiz iqtisodiyotidan 530,7 milliard so‘m mablag‘ni o‘zlashtirib 
yuborganlar. Prokuratura organlari aralashuvi bilan aybdorlar tomonidan 
yetkazilgan zararning 435 milliard so‘mi, ya’ni 78 foizi qoplangan. Ko‘rinib 
turibdiki, bu summa iqtisodiy o‘sishga emas, balki ayrim shaxslar 
manfaatlariga xizmat qilgan. Aybdorlarning aksariyati rahbar xodimlardir. 
Bunday insonlar respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlar g‘oyasini 
obro‘sizlantiradi. Shu bois, bu borada joylarda tegishli tushuntirish ishlarini 
olib borish maqsadga muvofiqdir. 
8. Kredit turlari ko‘p, bular tijorat krediti, lizing krediti, bank krediti, 
davlat krediti, nomoliyaviy kompaniyalar kreditidan iborat. Tadbirkorlik va 
iste’molchilik krediti ham bor. Aytilgan kreditlar kredit institutlari vositasida 
amalga oshadi. Bular – banklar, parobank kredit tashkilotlari va har xil moliya 
kompaniyalardan iborat. Asosiy kredit instituti banklar hisoblanadi, ular 
markaziy va tijorat banklaridan iborat. Banklar o‘z faoliyatida mijozlar 
manfaatini himoya qilish, daromadli ishlash, raqobatda ishtirok etish, tavakkal 
qilish va likvidlikni ta’minlash kabi tamoyillarga amal qiladilar. Ular pul 
oborotiga xizmat qilish, kredit resurslarini kerakli sohalarga yuborish orqali 
iqtisodiy o‘sishga hissa qo‘shadilar. 
9. Kredit olishdagi xatar qarzning nisbiy miqdorida emas, balki uning 
samarasiz ishlatilishidadir. Chet el krediti uni qaytarish imkonini beruvchi 
samarali ishlarga sarflaganda, qarz miqdori katta bo‘lsa-da, xatar kamayadi. 
Aksincha, qarz miqdori kichik bo‘lib, u behuda sarflansa, xatar katta bo‘ladi. 
Masalan, Braziliya uzoq yillar mobaynida eng qarzdor mamlakatlar qatoridan 
o‘rin olgan. Biroq kreditdan samarali foydalanish mamlakatning jadal 
rivojlanishini, binobarin qarzni qaytarish imkoniyatini kengaytirdi. Ayni 
paytda qator Afrika mamlakatlarining qarzdorlik darajasi Braziliyanikidan 
yuqori bo‘lmasa-da, uning xatari kuchli bo‘ldi, chunki kredit samarasiz 
ishlatildi. Xulosa qilsak, chet el qarzi xatarining chegaraviy miqdori bo‘lsa-da 
(bu YAIM nisbatan 60 foiz dan olingan), buni mutlaqlashtirish mumkin emas, 


 425
unga real sharoitga qarab baho berish lozim. Shundan kelib chiqqan holda chet 
el qarzining monitoringini o‘tkazish talab qilinadi. 
Shuni aytish kerakki, ko‘plab davlatlarning tashqi qarz masalasidagi puxta 
o‘ylanmagan siyosati ularning iqtisodiyotini zaif, tashqi omillarga qaram, 
xatarli vaziyatlar oldida himoyasiz va nochor ahvolga solib qo‘yganini ko‘rish, 
kuzatish qiyin emas. 
O‘zbekiston o‘zining mustaqil taraqqiyoti davrida qisqa muddatli 
spekulyativ kreditlardan voz kechib, chet el investitsiyalarini uzoq muddatli va 
imtiyozli foiz stavkalari bo‘yicha jalb etish tamoyiliga doimo amal qilib 
kelmoqda. Davlatimiz rahbari qayd etganidek, qarzni o‘z vaqtida qaytara 
olishga qat’iy ishonchimiz va kafolatimiz bo‘lmagan paytlarda, muayyan 
loyihalarni kreditlash bo‘yicha ayrim takliflardan voz kechgan holatlarimiz 
ham bo‘lgan. 
Tijorat banklarimizning tashqi majburiyatlar bo‘yicha to‘lovlarining holati 
va hajmi masalasi bo‘yicha so‘z yuritganda, hech qanday xavotirga o‘rin yo‘q. 
Bu ham respublikamiz bank tizimi jahon moliyaviy inqirozining salbiy ta’siri 
va oqibatlaridan ishonchli tarzda himoyalanganini ko‘rsatadi. O‘zbekiston 
o‘zining ishonchli va to‘lov qobiliyatiga ega hamkor ekanini, mamlakatimizda 
chet el sarmoyasini jalb etish bo‘yicha har tomonlama qulay shart-sharoitlar 
yaratilganini amalda isbotlamoqda. 2007–2008-yillar davomida o‘zlashtirilgan 
chet el investitsiyalari hajmi 2,5 barobardan ko‘proq oshganining o‘zi ham 
buni tasdiqlab turibdi. 
Umuman, 2009-yilda mamlakat iqtisodiyotiga kiritiladigan xorijiy va 
ichki investitsiyalarni hisobga olganda, kapital qo‘yilmalarning umumiy hajmi 
mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotining kamida 25 foizini tashkil etadi. Jahon 
iqtisodiy inqirozi kuchayib borayotgan hozirgi sharoitda bank-moliya tizimi 
faoliyatini mustahkamlash va sifat jihatidan yaxshilash alohida muhim aha-
miyat kasb etadi. Davlatimiz rahbari Islom Karimov 2005-yilning 27–28-yan-
varida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining birin-
chi yig‘ilishida, 28-yanvarida esa O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 
Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisida bank va moliya tizim-
laridagi islohotlarni chuqurlashtirishdek ustuvor vazifani belgilagan edi. Bular: 
• moliya va bank tuzilmalarining qat’iy pul-kredit siyosatini o‘tkazish; 
• inflatsiya darajasining barqarorligini ta’minlash; 
• milliy valutamiz va uning almashuv kursi mustahkamligini saqlashdagi 
mas’uliyatini oshirish; 
• banklarni kapitallashtirish, ularning nizom va aylanma fondlarini 
ko‘paytirish va mablag‘larini investitsiya maqsadlariga, birinchi navbatda, real 
iqtisodiyotga yo‘naltirishga qaratilgan aniq chora-tadbirlar ko‘rish. 
O‘z vaqtida oqilona belgilangan yuqoridagi vazifalar banklarimizning 
kapitallashuvini mustahkamlaganini hayotning o‘zi tasdiqladi.


 426
10. Globallashuv sharoitidagi xavfsizlik chetdan kapitalning kirib kelishi 
bilan ham bog‘liqdir. Kapital kredit shaklida kirib kelganda, u qarzdorlik 
xavfini tug‘diradi. Kredit investitsiya miqdorini iqtisodiy imkoniyat darajasida 
yuqori qilib, iqtisodiy o‘sishga hissa qo‘shadi, biroq uni kelajakda to‘planishi 
yalpi ichki mahsulotdan chegirma olish hisobidan yuz beradi. Qarzning 
to‘planib qolishi investitsiyaning kelajagini cheklaydi. Bundan farqli o‘laroq, 
bevosita xorij investitsiyalari mamlakatni investitsiya xavfidan xoli qiladi, 
biroq ulardan kelgan foydani repatriatsiya (chetga olib ketish) qilish xavfi 
saqlanadi. Bu investitsiyalar resurslarning ayovsiz ishlatilishiga va ularning 
zaxirasi qisqarishiga olib keladi. Albatta, chet el kapitalining xavfsizlikka 
ta’siri jiddiy bo‘lganidan bulardan ijobiylarini saqlagan holda salbiylarining 
ta’sirini kamaytirish davlatning vazifasiga aylanadi.
Mamlakatimizda mustaqil taraqqiyot yo‘liga o‘tilgan davrdan boshlab 
Prezidentimiz tomonidan har bir yil yakuniga ko‘ra erishilgan yutuq va 
natijalarni sarhisob qilib, kelgusi yilda bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalarni 
belgilab olish an’anaviy tarzda amalga oshirilib kelmoqda. Bu tadbirning 
o‘ziga xos ijobiy jihatlari sifatida quyidagilarni sanab o‘tish mumkin:
– birinchidan, mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy siyosatning 
samaradorligi, amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish chora-
tadbirlari hamda dasturlarining izchil va puxta asoslanganligini baholash;
– ikkinchidan, xalqimizning yil davomidagi fidokorona mehnati natija-
larini e’tirof etish;
– uchinchidan, kelgusi yilda ustuvor e’tibor qaratish lozim bo‘lgan vazifa 
va yo‘nalishlarni belgilash, yetarli darajada foydalanilmayotgan imkoniyatlarni 
aniqlash;
– to‘rtinchidan, iqtisodiyotimizning turli soha va tarmoqlari, mamla-
katimizning barcha hududlaridagi iqtisodiy salohiyatni o‘zaro muvofiqlash-
tirilgan holda yanada to‘laroq safarbar etish va boshqalar. 
Mamlakatimizda 2009–2012-yillarga mo‘ljallangan inqirozga qarshi 
choralar dasturi samaradorligini xolisona baholash muhim prinsipial ahamiyat 
kasb etadi. Bu 2010-yilda va undan keyingi yillarda ushbu dasturni amalga 
oshirish jarayonida, zarurat tug‘ilishiga qarab, unga tegishli o‘zgartirishlar 
kiritishda ana shu tahlil xulosalariga tayanishimiz mumkinligi orqali namoyon 
bo‘lishi izohlandi.
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi o‘zining salbiy oqibatlari bilan 
dunyoning aksariyat mamlakatlari iqtisodiyotiga jiddiy ta’sir ko‘rsatgan 2009-
yil bizning mamlakatimiz uchun ham g‘oyat qiyin bo‘ldi. Shunga qaramay, 
hukumatimiz tomonidan 2009–2012-yillarga mo‘ljallab qabul qilingan 
inqirozga qarshi dasturning inqiroz ta’sirini yumshatish va bartaraf etishdagi 
roli va ahamiyati katta bo‘ldi.
Inqirozga qarshi choralar dasturi doirasida amalga oshirgan tadbirlarimiz 
qatorida moliya-bank tizimini mustahkamlash masalasiga alohida e’tibor 
qaratilib, bu borada ta’sirchan tadbirlar amalga oshirildi. Jumladan: 


 427
– O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 28-iyuldagi 1166-
sonli qaroriga asosan pul massasining maqsadli parametrlaridan kelib chiqqan 
holda va tijorat banklari tomonidan uzoq muddatli depozitlar jalb qilishni 
rag‘batlantirish maqsadida 2009-yilning 1-sentabridan boshlab tabaqalashtiril-
gan majburiy zaxiralar normasi joriy etildi; 
– O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 28-noyabrdagi 4057-
sonli farmoniga muvofiq, fuqarolarning tijorat banklari depozit hisobvaraq-
laridagi omonatlari ularning miqdoridan qat’i nazar, to‘liq qaytarilishining 
davlat tomonidan kafolatlanganligi aholining bank tizimiga bo‘lgan ishonchi 
yanada mustahkamlanishiga xizmat qildi va bu jismoniy shaxslarning 
banklardagi omonatlari hajmining oshishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi; 
– Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 13-fevraldagi 1-sonli majlis bayoni 
talablaridan kelib chiqqan holda, aholining bo‘sh pul mablag‘larining 
banklardagi omonatlarga jalb qilinishida hamda omonatdagi mablag‘larni 
ularning birinchi talabiga ko‘ra berilishida qonun buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik, 
omonatchilarning haq-huquqlari himoya qilinishini ta’minlash borasida tizimli 
chora-tadbirlarning amalga oshirilishi va banklarning mazkur faoliyatlari 
ustidan nazoratning yanada kuchaytirilganligi ham aholi bo‘sh pul 
mablag‘larini bank omonatlariga jalb qilishni yanada jadallashtirdi; 
– O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 6-apreldagi 1090-
sonli «Tijorat banklari depozitlariga aholi va xo‘jalik subyektlari bo‘sh pul 
mablag‘larini jalb etishni yanada rag‘batlantirish qo‘shimcha chora-tadbirlari 
to‘g‘risida»gi qarori hamda mazkur qaror bilan tasdiqlangan «Tijorat banklari 
depozitlariga aholi va xo‘jalik subyektlari bo‘sh pul mablag‘larini jalb etishni 
yanada rag‘batlantirish qo‘shimcha chora-tadbirlari kompleksi» doirasida bank 
tizimida bu borada olib borilayotgan ishlar yanada faollashdi; 
– Respublika bank Kengashining 2009-yil 15-apreldagi 2-sonli qaroriga 
muvofiq, foiz stavkalarini yuridik shaxslarning banklardagi 6 oydan ortiq 
muddatga joylashtirilgan depozitlari uchun moliyalash stavkasining 75 
foizidan kam bo‘lmagan miqdorda, aholining 1-yildan ortiq muddatga 
joylashtirilgan depozitlari uchun Markaziy bank qayta moliyalash stavkasining 
150 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda hamda jismoniy shaxslarning plastik 
kartochkalardagi mablag‘lari uchun Markaziy bank qayta moliyalash 
stavkasidan kam bo‘lmagan miqdorda belgilash yuzasidan tavsiyalar berildi.
Bunday ta’sirchan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida 
so‘nggi ikki yilda tijorat banklarining umumiy kapitali ikki barobar ko‘paydi. 
2009-yilning o‘zida yetakchi banklarning nizom jamg‘armalarini oshirish 
uchun qo‘shimcha ravishda 500 milliard so‘mdan ortiq davlat mablag‘lari 
ajratildi.


 428

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling