6. Mavzu. Moliyaviy tizim


Download 401.21 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/11
Sana20.10.2023
Hajmi401.21 Kb.
#1712510
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
6-mavzu. Moliya tizimi



6.Mavzu. Moliyaviy tizim 
Reja. 
1.Moliya bozori.Davlatning moliyaviy tizimi. 
2. Soliqlar davlat byudjetining asosiy manbasi va solik turlari. 
3. Davlat va iqtisodiyotga soliklarning ta’siri. 
1. Moliya bozori Davlatning moliyaviy tizimi. 
“Pul-kredit siyosatini samarali yuritishning yana bir muhim ichki sharoiti mamla-katimizda 
to’laqonli faoliyat yuritadigan moliya bozori, xususan, qimmatli qog’ozlar bozori mavjud 
bo’lishidir. Moliya bozorining rivojlanishi va samarali faoliyati Markaziy bankka pul-kredit 
instrumentlarini bozor mexanizmlari asosida ishlatishga zamin yaratadi. Bu borada Moliya 
vazirligi tomonidan davlat qimmatli qog’ozlari muomalaga chiqarilishi ham moliya bozorini 
rivojlantirishda dastlabki turtki bo’ladi.» 
Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev Oliy Majlisga Murojaatnomasida iqtisodiyot 
sohasida oldimizda turgan vazifalar haqida gapirganda, avvalo keng qamrovli iqtisodiy islohotlar 
negizida quyilgan vazifalar qatorida valyutani erkinlashtirish siyosatini izchil davom ettirish, 
barqaror monetar siyosatni amalga oshirish va sohaga zamonaviy bozor mexanizmlarini keng 
joriy etish zarurligini ta’kidlab o’tdi. 
Bu maqsadga erishish uchun quyidagi ustuvor vazifalarni amalga oshirish talab etiladi. 
Birinchidan, biz makroiqtisodiy barqarorlikni va yuqori iqtisodiy o’sish sur’atlarini 
ta’minlashimiz shart. 
Avvalo, inflyatsiyani jilovlamasdan turib, makroiqtisodiy barqarorlikka erishish mumkin 
emas. 
Jahon tajribasini puxta o’rganib, xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda, monetar siyosatni 
takomillashtirish va narx-navo barqarorligini ta’minlash kontseptsiyasini ishlab chiqishimiz 
zarur. 
Inflyatsiyani keltirib chiqaruvchi asosiy omillar investitsion faollikning oshishi natijasida 
iqtisodiyotda vujudga keladigan yuqori talab va tartibga solinadigan narxlarning 
liberallashtirilishi bo’lishi kutilmoqda. Bunda davlat korxonalarining isloh qilinishi (sh.j. 
xususiylashtirishi) doirasida kapital qo’yilmalar hajmining o’sishi investitsion faollikni 
rag’batlantiruvchi asosiy omil bo’ladi. 
Moliya vazirligi tomonidan davlat qimmatli qog’ozlarining muomalaga chiqarilishi 
Markaziy bank uchun likvidlilikni tartibga solishda tijorat banklari bilan repo operatsiyalari 
amalga oshirilishi, pul-kredit siyosatining ochiq bozor operatsiyalari joriy etilishiga asos bo’ladi. 
Bu to’g’risida ham mamlakatimiz rahbari Murojatnomada «... moliya bozorlari, jumladan, 
fond bozorini rivojlantirish ham yangi iqtisodiy sharoitda asosiy maqsadlarimizdan biri bo’lishi 
kerak va yangi moliyaviy instrumentlarni joriy etish va obligatsiyalar chiqarish orqali, bank 
xizmatlari ko’lamini yanada kengaytirish, ilg’or axborot texnologiyalari asosida bank tizimini 
rivojlantirish zarur», deya ta’kidlab o’tdilar 
Jahon tajribasini puxta o’rganib, xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda, mo-netar siyosatni 
takomillashtirish va narx-navo barqarorligini ta’minlash kontsep-tsiyasini ishlab chiqishimiz 
zarur. 
Moliya vazirligi tomonidan davlat qimmatli qog’ozlarining muomalaga chiqarilishi 
Markaziy bank uchun likvidlilikni tartibga solishda tijorat banklari bilan repo operatsiyalari 
amalga oshirilishi, pul-kredit siyosatining ochiq bozor operatsiyalari joriy etilishiga asos bo’ladi. 
Bu to’g’risida ham mamlakatimiz rahbari Murojatnomada «... moliya bozorlari, jumladan, 
fond bozorini rivojlantirish ham yangi iqtisodiy sharoitda asosiy maqsadlarimizdan biri bo’lishi 
kerak. 
Yangi moliyaviy instrumentlarni joriy etish va obligatsiyalar chiqarish orqali, bank 
xizmatlari ko’lamini yanada kengaytirish, ilg’or axborot texnologiyalari asosida bank tizimini 
rivojlantirish zarur», deya ta’kidlab o’tdilar. 
Har qanday mamlakat iqtisodiyotining barqaror rivojlanishi eng avvalo davlat, uning turli mintaqa va 
hududlari, iqtisodiyotning tarmoq va sohalari, ishlab chiqarish birliklari, aholi turli qatlamlari o’rtasidagi pul 


mablag’lari oqimining samarali tashkil etilishiga bog’liq bo’ladi. Bunday pul oqimlari jamiyat real hayoti 
jarayonlarini aks ettirib, mamlakatdagi fuqarolar va yuridik muassasalar o’rtasida o’zaro munosabat va 
aloqalarni o’rnatadi. Davlat korxona va tashkilotlar, turli moliyaviy muassasalar, aholi ustidan o’zining 
barcha vazifalarini aynan moliya mexanizmi orqali amalga oshiradi. Moliya milliy iqtisodiyot va aholi 
farovonligining o’sishini aks ettirib, korxonalar ishlab chiqarish xarajatlarining pasayishi va ularning jahon 
bozoridagi raqobatbardoshligini oshishini rag’batlantiradi, ishlab chiqarish tuzilmasini, tarmoqlararo va 
hududiy nisbatlarni shakllantiradi. 
Shunga ko’ra, moliya – pul mablag’laridan foydalanish va uning harakatini tartibga 

Download 401.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling