6. Mavzu. Moliyaviy tizim


mulk va shaxsiy sug’urta fondlarini, davlatning valyuta zahiralarini, korxona va firmalar


Download 401.21 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/11
Sana20.10.2023
Hajmi401.21 Kb.
#1712510
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
6-mavzu. Moliya tizimi

mulk va shaxsiy sug’urta fondlarini, davlatning valyuta zahiralarini, korxona va firmalar, 
tijorat va notijorat tuzilmalarining pul fondlarini, boshqa maxsus pul fondlarini oladi.
Eng avvalo, korxonalar (tarmoqlar) va umumdavlat moliyasini bir-biridan farqlash lozim.
Korxona va tarmoqlar moliyasi ulardagi takror ishlab chiqarish jarayonida hamda alohida 
fondlar yaratish yo’li bilan xodimlarning ijtimoiy ehtiyojlariga xizmat qiladi. 
Umumdavlat moliyasi davlat byudjetini, ijtimoiy sug’urta fondini hamda davlat mol-mulkiy 
va shaxsiy sug’urtasi fondini o’z ichiga oladi. Davlat pul mablag’larining asosiy markazlashgan 
fondi bo’lmish davlat byudjeti moliya tizimining asosiy bo’g’ini bo’lib xizmat qiladi. Davlat 
byudjeti – bu davlat xarajatlari va ularni moliyaviy qoplash manbalarining yillik rejasidir. 
Davlat daromadlari va xarajatlarining asosiy qismi davlat byudjeti orqali o’tadi. Uning asosiy 
vazifasi moliyaviy vositalar yordamida iqtisodiyotni samarali rivojlantirish va umumdavlat 
miqyosidagi ijtimoiy vazifalarni hal qilish uchun sharoit yaratishdir. 
Davlat byudjeti tarkibiga kiruvchi tashkiliy tuzilmalar majmui mamlakat byudjet tizimini 
namoyon etadi. Mazkur tizim eng avvalo mamlakatning davlat tuzilishi xususiyatiga bog’liq 
bo’ladi. Ayrim mamlakatlarda, jumladan, O’zbekistonda byudjet tizimi ikki darajali – davlat va 
mahalliy byudjetdan iborat bo’ladi. Federativ davlat tuzilishiga ega bo’lgan mamlakatlarda 
(masalan, AQSh, Rossiya Federatsiyasi, Germaniya) yana oraliq bo’g’in – shtatlar, Federatsiya 
sub’ektlari va boshqa tegishli ma’muriy tuzilmalar byudjetlari mavjud bo’ladi.


Davlat byudjetining ikki tomoni bo’lib, bir tomonida byudjetga kelib tushadigan daromadlar 
tarkibi va ularning manbalari, ikkinchi tomonida esa asosiy xarajatlarning tarkibi va miqdori o’z 
ifodasini topadi.
O’zbekistonda davlat byudjetining tuzilishi, daromadlari va xarajatlarining tarkibi quyidagi 
ma’lumotlar bilan tavsiflanadi. 
Mahalliy byudjet hokimiyat quyi organlarining (viloyat, tuman va shahar) byudjetlaridan 
iborat bo’lib, bunday bo’linish mavjud moliyaviy resurslarni nisbatan to’laroq jalb qilish va 
ulardan samarali foydalanish imkonini beradi. Hokimiyat quyi organlari byudjetining 
daromadlari o’z hududidagi korxonalar daromadi, aholidan olinadigan soliqlar, mulk soliqlari va 
shu kabilar orqali shakllanadi. 
Mahalliy byudjet daromadi qisman davlat byudjetidan beriladigan subsidiyalar hisobiga ham 
to’ldiriladi. Mahalliy byudjet mablag’lari tegishli hududda ta’lim, sog’liqni saqlash, obodonchilik, 
yo’l qurilish va shu kabilarga sarflanadi. 
Davlat mol-mulk va shaxsiy sug’urtasi umumdavlat moliyasining keyingi bo’g’ini 
hisoblanib, mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar va fuqarolarga joriy qilinadi. U 
majburiy va ixtiyoriy bo’lishi mumkin. Bu maqsadlar uchun fondlar korxona va aholining 
to’lovlari hisobiga shakllanadi. Fond mablag’lari mol-mulkiy sug’urtasiga va shaxsiy sug’urtaga 
pul to’lashni ko’zda tutadi. 
Shaxsiy sug’urta aholining pul jamg’armalarini tashkil qilishning shakllaridan biri bo’lib 
ham xizmat qiladi. 
Jamiyat moliya tizimi ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy ishlar bilan shug’ullanuvchi 
tashkilot va muassasalarning moliyasini ham o’z ichiga oladi. Kasaba uyushmalari, siyosiy 
partiyalar, yoshlar, xotin-qizlar, faxriylar tashkilotlari, ijodiy uyushmalar, sport jamiyatlari va 
boshqa ilmiy-ma’rifiy jamiyatlarning ham o’ziga xos moliyasi mavjud bo’ladi. Bunday ijtimoiy 
tashkilotlarning moliyaviy resurslarining manbai tashkilotga a’zolik to’lovlari va davriy 
badallari, tijorat faoliyatidan kelgan daromad, homiylar ajratgan yoki xayriya qilgan 
mablag’lardan iborat bo’ladi. Jamiyat moliya tizimida maxsus va xayriya fondlari ham alohida 
o’rin tutadi. Bu fondlar turli xo’jalik sub’ektlari va aholining pul mablag’larini aniq bir maqsad 
yo’lida birlashtiradi va ishlatadi. Mazkur fondlarga respublikamizda amal qilib turgan 
“Mahalla”, “Navro’z”, “Orol”, “Ulug’bek” singari fondlarini misol qilib ko’rsatish mumkin. 
Bozor iqtisodiyotiga o’tib borish bilan jamiyat moliya tizimida turli xil sug’urta (ijtimoiy 
sug’urta, tibbiy sug’urta) fondlari va byudjetdan tashqari moliya fondlari (pensiya fondi, aholini ish 
bilan ta’minlash fondi, tabiatni muhofaza qilish fondi, tarixiy yodgorliklarni saqlash fondi, 
tadbirkorlarga ko’mak berish fondi va boshqalar)ning ahamiyati ortib boradi. 

Download 401.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling