6. Mavzu. Moliyaviy tizim
Asosiy tayanch tushunchalar
Download 401.21 Kb. Pdf ko'rish
|
6-mavzu. Moliya tizimi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Takrorlash uchun savol va topshiriqlar
Asosiy tayanch tushunchalar: Moliya – pul mablag’larining harakati, ya’ni ularning shakllanishi, taqsimlanishi va foydalanilishi bilan bog’liq ravishda vujudga keladigan munosabatlar. Moliya tizimi – moliyaviy munosabatlar va turli darajada ularga xizmat qiluvchi moliyaviy muassasalardir. Davlat byudjeti – davlat xarajatlari va ularni moliyaviy ta’minlash manbalarining tartiblashtirilgan rejasi. Byudjet taqchilligi – byudjet xarajatlarining daromadlar qismidan ortiqcha bo’lishi natijasida vujudga kelgan farq. Davlat qarzlari – byudjet taqchilligini qoplash maqsadida davlat tomonidan jalb qilingan moliyaviy resurslar. Soliqlar – jamiyatda vujudga keltirilgan sof daromadning bir qismini byudjetga jalb qilish shakli. Soliq stavkasi – soliq summasining soliq olinadigan summaga nisbatining foizdagi ifodasi. Laffer egri chizig’i – davlat byudjeti daromadlari va soliq stavkasi o’rtasidagi bog’liqlikning tasvirlanishi. Takrorlash uchun savol va topshiriqlar: 1. Moliyaning iqtisodiy mazmunini tushuntiring va uning iqtisodiy vazifalarini bayon qiling. 2. Jamiyat va davlat moliya tizimlari asosiy bo’g’inlarining tavsifini bering. Moliya tizimida davlat byudjetining o’rni qanday? 3. O’zbekiston davlat byudjeti mablag’larining shakllanish va taqsimlanish xususiyatlari to’g’risida mulohaza yuriting. 4. Davlat byudjeti milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlashda qanday rol o’ynaydi? Bunda qanday usullardan foydalaniladi? 5. Byudjet taqchilligi nima? Ijobiy va salbiy byudjet taqchilligini tushuntiring. 6. Soliqlarning iqtisodiy mohiyatini tushuntiring va uning turlarini, asosiy vazifalarini ko’rsating. 7. O’zbekistonda byudjet va soliq tizimini isloh qilish qanday yo’nalishlarda amalga oshirilishi ko’zda tutilgan? Download 401.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling