6. Mavzu. Moliyaviy tizim
Download 401.21 Kb. Pdf ko'rish
|
6-mavzu. Moliya tizimi
Xulosalar 1. Moliya milliy iqtisodiyot va aholi farovonligining o’sishini aks ettirib, korxonalar ishlab chiqarish xarajatlarining pasayishi va ularning jahon bozoridagi raqobatbardoshligini oshishini rag’batlantiradi, ishlab chiqarish tuzilmasini, tarmoqlararo va hududiy nisbatlarni shakllantiradi. 2. Moliyaviy munosabatlar va ularga xizmat qiluvchi maxsus muassasalar jamiyatning moliya tizimini tashkil qiladi. Moliya tizimi o’z ichiga turli darajadagi byudjetlarni, ijtimoiy, mol-mulk va shaxsiy sug’urta fondlarini, davlatning valyuta zahiralarini, korxona va firmalar, tijorat va notijorat tuzilmalarining pul fondlarini, boshqa maxsus pul fondlarini oladi. 3. Umumdavlat moliyasi davlat byudjetini, ijtimoiy sug’urta fondini hamda davlat mol- mulkiy va shaxsiy sug’urtasi fondini o’z ichiga oladi. Davlat pul mablag’larining asosiy markazlashgan fondi bo’lmish davlat byudjeti moliya tizimining asosiy bo’g’ini bo’lib xizmat qiladi. 4. Davlat byudjetining daromadlari va xarajatlari muvozanatda bo’lishini taqozo qiladi. Lekin ko’pchilik hollarda davlat byudjeti xarajatlarining daromadlardan ortiqchaligi kuzatiladi, buning oqibatida byudjet taqchilligi tez sur’atlar bilan o’sadi. 5. Byudjet taqchilligi asosan davlat qimmatli qog’ozlarini sotish, nobyudjet fondlari (sug’urta fondi, ishsizlik bo’yicha sug’urtalash fondi, pensiya fondi)dan qarz olish ko’rinishidagi davlatning ichki va tashki qarzlari hisobiga qoplanadi. 6. Davlat byudjeti daromadlar qismining asosiy manbai bo’lib soliqlar hisoblanadi. Soliq iqtisodiy kategoriya sifatida, sof daromadning bir qismini byudjetga jalb qilish shakli bo’lib, moliyaviy munosabatlarning tarkibiy qismini tashkil qiladi. 7. Soliq stavkasi va daromadlar o’rtasidagi nisbatga asoslanib, soliqlar odatda progressiv (o’sib boruvchi), proportsional (mutanosib) va regressiv (kamayib boruvchi) soliqlarga bo’linadi. Download 401.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling