Hozirgi davrda umumiy tendentsiya bo’lgan davlat sarflarining va shunga mos ravishda soliq
hajmining o’sib borishini quyidagi omillar taqozo qiladi.
1. Aholi sonining o’sishi. Aholi jon boshiga davlat sarflari darajasi o’zgarmay
qolgan
taqdirda ham, aholining o’sgan qismini ijtimoiy ne’matlar va xizmatlar bilan ta’minlash
qo’shimcha mablag’larni zarur qilib qo’yadi.
2. Ijtimoiy soha xizmatlari sifatiga talabning ortishi va urbanizatsiya. Kishilar turmush
darajasining o’sishi ijtimoiy soha xizmatlari hajmiga va sifatiga talabni oshiradi.
3. Atrof-muhitning ifloslanishi. Aholi sonining o’sishi va urbanizatsiyaning kuchayishi atrof
muhitning sifati muammosini keskinlashtiradi. Juda ko’p miqdordagi moddiy ne’matlarni
ishlab
chiqarish va iste’mol qilish havo, suv va erning ifloslanishi shaklidagi qo’shimcha xarajatlarning
o’sishini keltirib chiqaradi. Atrof-muhit muammosini hal qilishda
asosiy rol davlat zimmasiga
tushadi.
Do'stlaringiz bilan baham: