solish bilan bog’liq bo’lgan munosabatlar tizimi bo’lib, uning vositasida turli darajada pul
mablag’lari fondlari vujudga keltiriladi va ular takror ishlab chiqarish ehtiyojlari va
boshqa ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish maqsadida taqsimlanadi.
Moliya iqtisodiyot doirasida o’zaro bog’liq bo’lgan bir qator vazifalarni bajaradi.
1. Moliya iqtisodiy jarayon va tadbirlarni moliyaviy ta’minlash, ularga xizmat ko’rsatish
vazifasini bajaradi.
2. Moliyaning taqsimlovchi vazifasi moddiy ishlab chiqarish sohalarida yaratilgan yalpi
milliy mahsulotni, ayniqsa, uning milliy daromadni tashkil qiluvchi qismini davlat va
mulkchilikning turli shakllariga asoslangan korxonalar, iqtisodiyot tarmoqlari, moddiy ishlab
chiqarish sohalari, mamlakat hududlari o’rtasida taqsimlash va qayta taqsimlashda namoyon
bo’ladi. Milliy daromadning bir qismi korxona va aholi daromadlaridan turli xil soliqlar olish,
renta va bojxona to’lovlari, aktsiz yig’imlari kabilar orqali davlat qo’lida to’planadi. O’z qo’lida
to’plangan milliy daromadning katta qismini davlat moliya vositasida aholining ijtimoiy
madaniy ehtiyojlariga (uy-joy qurilishi, tibbiy xizmat ko’rsatish, maorif, nafaqa va
stipendiyalarni to’lash va boshqalar), daromadlarning me’yordagi darajasini ushlab turish, milliy
mudofaani ta’minlash, atrof muhitni muhofaza qilish va shu kabilarga sarflaydi.
3. Moliyaning rag’batlantiruvchilik vazifasi, birinchidan, yaratilgan mahsulot qiymatini
taqsimlash jarayoni orqali, ikkinchidan, pul fondlarini tashkil qilish va sarflash mexanizmi orqali
amalga oshiriladi. Har ikki holda ham moliya ishlab chiqarish samaradorligiga, uning pirovard
natijasiga, mahsulot sifatiga sezilarli ta’sir ko’rsatadi.
4. Moliyadan ishlab chiqarish, taqsimlash va iste’mol ustidan nazorat qilish vositasi
sifatida foydalaniladi. Moliyaviy nazorat korxona (firma)larning moliya intizomiga rioya qilish
uchun moddiy javobgar bo’lish tizimi, turli soliqlar undirib olish va mablag’ bilan ta’minlash
tizimi orqali amalga oshiriladi.
Moliyaviy munosabatlar va ularga xizmat qiluvchi maxsus muassasalar jamiyatning moliya
tizimini tashkil qiladi. Moliya tizimi o’z ichiga turli darajadagi byudjetlarni, ijtimoiy, mol-
Do'stlaringiz bilan baham: |