6. Mavzu. Moliyaviy tizim
-chizma. Laffer egri chizig’i
Download 401.21 Kb. Pdf ko'rish
|
6-mavzu. Moliya tizimi
3-chizma. Laffer egri chizig’i. Laffer nazariyasining haqiqatga yaqinligi shundaki, soliq stavkasining oshishi yoki pasayishi shubhasiz kapital qo’yilmalar o’sish sur’atiga to’siq bo’luvchi yoki aksincha rag’batlantiruvchi ta’sir ko’rsatadi. Ammo, umuman bozor iqtisodiyoti sharoitida investitsiyalarga soliq stavkasidan tashqari ko’plab omillar ta’sir ko’rsatadi. Bu omillar ichida muhim o’rinni tsiklning xususiyatlari, u yoki bu korxona mahsulotiga talab va taklif nisbati, ular foydasining darajasi egallaydi. Shuningdek, mamlakatning turli mintaqalarida soliq yukining bir xil darajada bo’lishi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada YuNESKO xalqaro tashkiloti tomonidan tavsiya etilgan taqqoslama usullardan foydalaniladi. Soliq yuki darajasini miqdoran aholi jon boshiga to’g’ri keluvchi soliqlar miqdorini to’lovga layoqatlilik ko’rsatkichiga nisbati yoki soliq to’langandan keyingi daromad miqdorini to’lovga layoqatlilik ko’rsatkichiga nisbati sifatida ifodalash mumkin: ПН ДН П H K x юки солик / / , bu erda: N x – aholi jon boshiga to’g’ri keluvchi soliqlarning o’rtacha miqdori; DN – axolining soliklar to’langandan keyingi daromadi; PN – aholining to’lovga layoqatliligi. Soliq yuki darajasini soliqlarning yalpi ichki mahsulotdagi salmog’i bo’yicha ham aniqlash mumkin: ЯИМ Н K юки солик / , bu erda: N – soliqlar miqdori; YaIM – yalpi ichki mahsulot hajmi. 3. Davlat va iqtisodiyotga soliklarning ta’siri. Bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayonida umumiqtisodiy barqarorlikka erishish moliyaviy barqarorlikni ta’minlash, shu jumladan davlat byudjeti barqarorligini mumkin bo’lgan darajada ushlab turish vazifasini ham o’z ichiga oladi. Shunga muvofiq moliya siyosati Respublika davlat byudjetidagi taqchillikni yo’l qo’yilgan eng kam daraja doirasida ushlab turishga qaratiladi. Hozirgi davrda ham moliya siyosatining asosiy vazifasi byudjet taqchilligini cheklash hisobiga iqtisodiyotni barqarorlashtirishga qaratilgan. Bunga erishish uchun Respublika iqtisodiyotida zarur tarkibiy o’zgarishlarni o’tkazish bilan bir qatorda ishlab chiqarishning orqaga ketishiga barham berish va iqtisodiy o’sishga erishish eng asosiy maqsad deb qarab kelindi. Moliyaviy ahvolni mustahkamlash orqali iqtisodiyotni barqarorlashtirishga erishishda soliq siyosatini takomillashtirish ham muhim ahamiyatga ega bo’ladi. Bu vazifalarni real bajarish uchun amaldagi soliq tizimini sezilarli darajada isloh qilish talab qilinadi. Bunda soliq tizimi o’ziga xos vazifalarni – xazinani to’ldirish, qayta taqsimlash va rag’batlantirish vazifalarini to’la darajada bajarishi zarur. Soliqlarning birinchi vazifasi, davlat byudjeti daromad qismining eng muhim umumdavlat, xalq xo’jalik vazifalarini hal etish uchun zarur bo’lgan miqdorda shakllanishini ta’minlashga qaratilishi lozim. Uning ikkinchi vazifasi, YaIMning bir qismini qayta taqsimlash va shu orqali iqtisodiyot tuzilishini o’zgartirish, aholini ijtimoiy himoyalash kafolatini ta’minlashda bevosita ishtirok etishdan iborat. Soliqlarning uchinchi vazifasi ishlab chiqarishni rivojlantirishga, moddiy xom ashyo, moliyaviy va mehnat resurslaridan samarali foydalanishga rag’batlantiruvchi ta’sir ko’rsatishdir. Soliqqa tortish masalasida amaliyotda sinalgan printsip va yondashuvlarni ishlab chiqish, bu borada boshqa mamlakatlarning ilg’or tajribasidan foydalanish o’ta muhim ahamiyatga ega. Soliq tizimi nafaqat soliqlarni undirish, balki birinchi galda, rag’batlantirish xususiyatiga ega bo’lishi lozim. Soliq tizimini isloh qilishga asos qilib olingan asosiy tamoyil – korxonalar zimmasidagi soliq yukini kamaytirishdir. Bu ularning o’z mablag’larini ishlab chiqarishni rivojlantirish, texnika bilan qayta qurollantirish va aylanma mablag’larni to’ldirishga sarflash imkoniyatini beradi. Bu esa oqibat natijada ishlab chiqarishning yuksalishiga olib keladi. Korxonalar zimmasidagi soliq yukini kamaytirishda daromad solig’idan foydadan undirilgan soliqqa o’tish ko’zda tutiladiki, bu ishlab chiqarish va tadbirkorlik faoliyatini kuchaytirish imkoniyatini beradi. Foydaning ishlab chiqarishni kengaytirishga qaratilgan umumiy miqdori ko’payishi bilan birga, ayni vaqtda mehnatkashlar ish haqini ko’paytirish imkoniyati ham yaratiladi. Natijada faol mehnatni rag’batlantiruvchi iqtisodiy muhit yaratiladi. Korxonalar zimmasidagi soliq yukini engillashtirishga erishishda qo’shilgan qiymatdan olinadigan soliq stavkasini kamaytirishga ham e’tibor qaratiladi. Shunga erishmog’imiz kerakki, har bir soliq to’lovchi, u xoh jismoniy, xoh yuridik shaxs bo’lsin, soliq to’lashdan bo’yin tovlamasdan, daromadlarini yashirishga urinmasdan, aksincha, o’z ishlab chiqarishini rivojlantirish va daromadini oshirishga intilsin. Respublikada soliq tizimini isloh qilishda uning tarkibini tubdan o’zgartirish, resurslar, molg’mulk solig’ining rolini oshirish, jismoniy shaxslardan soliq undirishning progressiv tizimini joriy etish vazifasi qo’yiladi. Tabiiy resurslarni qayta tiklash imkoniyatini yaratish va ulardan ehtiyotkorona foydalanish maqsadini amalga oshirish uchun er, er osti boyliklari, suv va qayta tiklanmaydigan boshqa resurslarga to’lov o’rnatish soliq siyosatining navbatdagi yo’nalishidir. Respublika ahamiyatiga ega bo’lgan soliqlar bilan mahalliy soliq o’rtasida aniq chegarani belgilash soliq tizimini takomillashtirishning eng muhim yo’nalishidir. Bunda davlat byudjeti daromadining katta qismini joylarga berish, mahalliy byudjetlarni mustahkamlashga asosiy e’tibor qaratiladi. Davlat byudjeti mutanosibligini kuchaytirish maqsadida, soliq tizimini takomillashtirish bilan bir qatorda, korxonalarning moliya intizomini mustahkamlash, to’lov majburiyatlarini bir me’yorga keltirish, qarzlarning salbiy oqibatini tugatish muhim ahamiyatga ega bo’ladi. Soliq organlarini tashkil etishning butun tizimida ham tub o’zgarishlarni amalga oshirish zarur. Bu idoralarning bosh vazifasi soliqlarning byudjetga o’z vaqtida va to’liq tushishini ta’minlashgina emas, balki, eng muhimi, soliqqa doir jinoyatlarning oldini olish maqsadida soliq to’lovchilarga yordam berish va ularning bu boradagi bilimlarini oshirishga ko’maklashish, ular bilan muntazam ish olib borishdan iboratdir. Har qanday iqtisodiy tizim sharoitida ham davlatning muhim va bosh funktsiyala-ridan biri bu jamiyatning ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohasidagi o’zaro teng-likni (proportsiyani) ta’minlash hisoblanadi. Bu orqali esa davlat iqtisodiyotning bir maromda borishini ta’minlashga, provardida esa, sotsial-iqtisodiy rivojla-nishning asosiy yo’nalishlarini belgilab olishga erishadi. Aslida moliyaviy va soliq munosabatlarining vujudga kelishi ham ushbu jarayonni tashkil etilishidan kelib chiqadi. Davlat markazlashtirilgan pul fondlarini tashkil etish orqali ish-lab chiqarish sohasidagi yaratilgan milliy daromadni uning yaratuvchilari va davlat o’rtasida qayta taqsimlaydi. Bu qayta taqsimlashdan asosiy maqsad esa davlatning o’z funktsiyalarini moliyalashtirishni ta’minlash, jamiyatga ijtimoiy xizmatlarni ko’rsatish va shu orqali sohalar o’rtasidagi muvozanatni ta’minlashdan iborat bo’lib, bunda soliqlar asosiy vositachi bo’lib yuzaga chiqadi. Davlatning soliq siyosati mazmunan keng va boshqa iqtisodiy-moliyaviy siyosat tur-lari bilan bog’langanligi uning murakkab jarayonlarni qamrab olishini ifodalaydi. Aslida soliq siyosatining yadrosini jamiyatda ishlab chiqilgan yalpi milliy (ichki) mahsulotning va yangidan yaratilgan qiymat-milliy daromadning qancha qismini davlat manfaatlari yo’lida markazlashtirilgan pul fondlari (asosan davlat byudjeti)ga jalb qilish masalasini hal etish yotadi. Mana shu masalaning hal etilishiga qarab fiskal va byudjet siyosatining yo’nalishlari aniqlanadi. Agar, davlat milliy daromadni qayta taqsimlashda iqtisodiyotni qo’llab-quvvatlash maqsadida soliq yukini haddan tashqari kamaytirsa, u holda davlat byudjet siyosatini ham shunga moslashtirish zarur bo’ladi. O’z navbatida byudjet daromad manbalarini bilan shug’ullanuvchi fiskal siyosatning mazmuni ham shunga bog’liq bo’ladi. Agar davlat milliy daromadning byudjetga jalb qilinadigan qismini oshiradigan bo’lsa , u ishlab chiqarish sohasidagi takror ishlab chiqarish jarayonining holatiga , u erdagi investitsion jarayonga ta’sir qilishi bilan birgalikda monetar, fiskal va byudjet siyosatiga ham ta’sir ko’rsatadi. Har qanday siyosat maqsaddan kelib chiqsada , uning boshlanishi siyosatni ishlab chiqishdan iborat bo’ladi. Shunga ko’ra har qaysi siyosat, jumladan, soliq siyosati ham ma’lum bir tizimga asoslanadi. Har qaysi davlat siyosati tarkibiy jihatdan strategik va taktik yo’nalishlarga ega bo’ladi. Shuningdek, soliq siyosati soliqlarning xususiyatlaridan ham kelib chiqadi. Soliqlar tabiatan o’zgaruvchan va moslashuvchan xarakterda amal qilishi uning strate-giyasi va taktikasining o’zgaruvchan bo’lishiga ham ta’sir qiladi. Shu bilan birgalikda soliq strategiyasi ichki tuzilishi va mohiyatiga ko’ra doimiy va o’zgaruvchan shakllarda bo’ladi. Strategiya grekcha so’z bo’lib, «στρατηγία – qo’mondonlik, boshqarish, harbiy san’a-ti» degan ma’noni berib, u dastlab, harbiy sohaga qo’llanilib, keyinchalik davlat boshqaruvida va uning siyosatida qo’llanila boshlagan. Siyosatda qo’llanilishi esa ko’pincha unga davriylik jihatdan yondoshiladi. Shu jihatdan olganda strategiya davlatning ma’lum bir soha(yo’nalish)dagi faoliyatini tizimli boshqarishning uzoq muddatli davrga tegishli jarayonlarini aniqlash va uning yo’nalishlarini belgilab olinishidir. Bu holat soliqlarga oid siyosatda ham mavjud bo’ladi. Soliq siyosati strategiyasining belgilanishi esa davlatning majburiy to’lovlar borasidagi faoliyatining uzoq davrlarga oid xususiyatlarini aks ettiradi. Demak, soliq siyosati strategiyasi deganda davlatning jamiyat a’zolaridan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar borasidagi uzoq muddatga mo’ljallangan faoliyatining umumiy yo’nalishlari va xususiyatlarini aks ettiruvchi jarayon hisoblanadi. O’zbekiston soliq tizimida ham soliq siyosati strategik va taktik yo’nalishlari asosida amal qiladi. Ta’kidlanganidek, soliq siyosati strategiyasi davlat iqtisodiy siyosatining mazmu-nidan kelib chiqib, doimiy va o’zgaruvchan strategiyaga ega bo’ladi. O’zbekiston soliq siyosatining bosh(doimiy) strategiyasi sifatida davlat byudjeti va soliq to’lovchilar o’rtasidagi manfaatlarning uyg’unlashuvi oqilona soliq siyosati orqali ta’minlanadi va u uzoq vaqtni qamrab olib doimiy xarakterda bo’ladi. Soliq siyosatining tuzilishi va yo’nalishi jihatdan muhim tarkibini soliq taktikalari tashkil etadi. Taktika ham kategoriya sifatida xuddi strategiya kabi grek tilidan olingan bo’lib, «τακτικός – qo’shinning tuzilishi, τάξις – tuzilish va joylashish» degan ma’nolarni berib, harbiy sohaga tegishli termin sifatida, keyin-chalik esa davlatning har qanday siyosatining tuzilishi va yo’nalishini ifodalashda qo’llanila boshlangan Monetar siyosatning 2019 yil va 2020–2021 yillar davriga mo’ljallangan asosiy yo’nalishlari. O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki, 2018 yil. 100-bet. Soliq siyosatining taktikasi deganda esa soliq siyosati va uning strategiyasida maqsad qilib belgilangan vazifalarni amalga oshirish jarayonida o’zaro bog’liq holda qo’llaniladigan usul va vositalarning yig’indisidir. Soliq siyosati taktikalari amaliyotda qo’llanilishi ularning samarali yoki sama-rasiz ekanligini ko’rsatib beradi. Shu bilan birgalikda taktik usullar yoki vositalar tuzilishi va mazmunan samarali bo’lsada, ammo uni qo’llashdagi xatoliklar, garchi usul yoki vositalar mazmunan ijobiy bo’lsada, natija samarasiz ham bo’lishi mumkin. Soliq siyosatida uning strategiyasi va taktikalariga xizmat qiluvchi kontseptsiyasiga ham ega bo’lishi mumkin. Kontseptsiya so’zining lug’aviy ma’nosi lotin tilidan olingan bo’lib, «conceptio – tushunish, anglash, fahmlash, tizim», «concipere – fikrlash, mulohaza qilish» degan ma’nolarni anglatadi. Kontseptsiya jarayonlarni o’rganishda ikki xil tar-tibda qo’llaniladi. Birinchisi bu o’rganilayotgan jarayonning rivojlanishini tizimi sifatida tushunilsa keyingisi jarayonni rivojlantirish va uning yo’nalishlarining ma’lum bir jihatlarini tizim shaklida ifodalash tushuniladi. Soliq siyosatining kontseptsiyasi esa strategiyasining mazmunidan kelib chiqqan holda uning ayrim olingan o’zaro bog’liq taktik yo’nalishlarini ilmiy asoslangan holda o’zida aks ettiradi. Shu jihatdan ham u oraliq taktikalar ham deb yuritiladi. Bundan tashqari soliq siyosa-tining kontseptsiyasi soliq siyosatiga oid turli xil bir necha yo’nalishlarning ketma-ketligini ifodalaydigan ilmiy qarashlar sifatida ham tavsiflanadi. O’zbekiston Respublikasining hozirgi soliq siyosatining muhim xususiyati shun-daki, unda strategiyaning aniq belgilanishi , unga erishishning taktik yo’nalishla-rining ifodasi sifatida ilmiy asoslangan kontseptsiyaning ishlab chiqilib, izchil amalga oshirilib borilayotganligidir. O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlan-tirish bo’yicha Harakatlar strategiyasida O’zbekistonning soliq siyosatining strate-giyasi sifatida soliq yukini kamaytirish, soliqqa tortish tizimini soddalashtirish siyosatini davom ettirish soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish va tegishli rag’batlantiruvchi choralarni kengaytirish kabi muhim masalalar belgilab olingan bo’lib, bular iqtisodiyotni tezkor rivojlantirish hamda mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini yaxshilashning muhim shartlari sifatida belgilab olindi. Muhtaram Yurtboshimiz ta’kidlab o’tganidek, soliq siyosatining avvalgi yilla-ridagi holatining tanqidiy tahlili mazkur sohada bir maromda iqtisodiy o’sishga, ishbilarmonlik va investitsiyaviy faollikni oshirishga, sog’lom raqobat muhitini shakllantirishga, shuningdek, soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning yig’iluvchan-ligi zaruriy darajasini ta’minlashga to’sqinlik qilayotgan bir qator tizimli muam-molarning mavjudligini ko’rsatdi. Mavjud tizimli muammolarni bartaraf etish, 2017–2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan soliq yukini kamaytirish va soliq solish tizimini sod-dalashtirish, soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish vazifalarini amalga oshirish maqsadida keng jamoatchilik muhokamasi natijalari hamda Xalqaro valyuta jamg’armasi, Jahon banki va xalqaro ekspertlarning tavsiyalariga asoslanib ishlab chiqilgan O’zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish kontsep-tsiyasining asosiy yo’nalishlari belgilab olindi. Ushbu kontseptsiyada belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida mahalliy byudjetlarning daromadlari bazasini tubdan mustahkamlash, yuqori turuvchi byudjetlar ajratmalariga qaramligini qisqartirish, uy-joy-kommunal, transport-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani modernizatsiyalash va texnik yangilash bo’yicha strategik muhim investitsiya loyihalarni amalga oshirishni so’zsiz ta’min-lash yuzasidan mahalliy davlat hokimiyati organlarining mustaqil ish olib borishi va mas’uliyatini oshirish maqsadida mahalliy byudjetlar darajasida soliq-byudjet siyosatining ustuvor vazifalari etib quyidagilar: soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning aniq turlarini ularga biriktirib qo’yish orqali mahalliy byudjetlar-ning daromad bazasini tubdan mustahkamlash; viloyatlar, shahar va tuman byudjetlari-ni subventsiyadan chiqarish, ularning yuqori turuvchi byudjetlar ajratmalariga bo’lgan qaramligini bosqichma-bosqich qisqartirish, buning asosida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalarini hal etishda mahalliy davlat hokimiyati organlari erkinligi va mas’uliyatini oshirish; mahalliy byudjetlarning daromad-larini oshirish uchun tizimli asosda qo’shimcha rezervlarni aniqlab borish; depu-tatlik va jamoat nazoratini keng jalb qilgan holda , mahalliy byudjetlarni shakl-lantirishning shaffofligini va uning bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlash; mahalliy byudjetlar daromadlar bazasini mustahkamlash hamda xarajatlarining tasdiqlangan parametrlarini o’z vaqtida, maqsadli moliyalashtirish, ijtimoiy soha ob’ektlari va infratuzilmani yanada rivojlantirish va tegishli darajada saqlab turishni ta’minlash ustidan mahalliy davlat hokimiyati organlari, moliya va soliq organlarining javobgarligini kuchaytirish kabilarning belgilanishi va ularning ijrosining ta’minlanib borilishi hisobiga 2018 yilning o’zida soliqlarning pro-gnozdan oshirib bajarilgan qismi hisobidan hududlarda 5,5 trillion so’m qo’shimcha mablag’ qoldirildi. Download 401.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling