4. Daromadlar tengsizligini qisqartirish dasturlarini amalga oshirish. Bularga xususan
ijtimoiy sug’urtani rivojlantirish, ishsizlik bo’yicha nafaqalar, ijtimoiy ta’minot, bepul tibbiy
yordam, davlat dasturi, oziq-ovqat mahsulotlariga dotatsiyalar, davlat uy-joy qurilishi kiradi.
5. Milliy mudofaa, davlat xavfsizligini ta’minlash xarajatlari hajmining o’sishi.
Hozirgi davrda mamlakatimizdagi davlatning soliq siyosatini O’zbekiston Respublikasi
Davlat soliq qo’mitasi va uning joylardagi (viloyat, shahar, tuman) muassasalari amalga oshiradi.
Respublika hududida amal qiluvchi soliqlar, uning to’lovlari soliq undirishning ob’ektlari,
soliq to’lash tartibi, soliq to’lash bo’yicha imtiyozlar, soliq to’lash bilan bog’liq ravishda kelib
chiqadigan munozaralarni hal qilishning umumiy tartibi O’zbekiston Respublikasining soliq
to’g’risidagi qonunlari bilan aniqlanadi.
Korxonalar faoliyatini soliq yordamida tartibga solish quyidagi umumiy tamoyillari asosida
amalga oshiriladi:
- barcha daromadlardan, ularning manbalariga bog’liq bo’lmagan holda soliq undirishning
majburiyligi;
- soliq undirishda barcha uchun yagona umumdavlat siyosati;
- samarali ishlovchi korxonalarda hamda xo’jalik yuritishning ilg’or shakllari uchun soliq
me’yorlarining rag’batlantiruvchi rolini ta’minlash;
- soliq to’lovi bo’yicha barcha sub’ektlar majburiyati ustidan moliyaviy nazorat.
Soliq stavkasini belgilash bir qator tamoyillarga asoslanadi.
1. Naflilik tamoyili – turli shaxslardan, ularning soliqlar hisobiga moliyalashtiriladigan
dasturlardan foydalanishi darajasiga qarab turlicha soliq undirilishi kerakligini bildiradi.
Soliq summasining (R) soliq olinadigan summaga (D) nisbatining foizdagi ifodasi soliq
stavkasi (R`) deyiladi:
%.
100
`
D
R
R
2. To’lovga layoqatlilik tamoyili - soliq miqdori soliq to’lovchining boyligi va daromadlari
darajasiga mos kelishi zarur. Boshqacha aytganda, soliq solish daromadlarning adolatli
taqsimlanishini taqozo qilishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |