422
Subvensiya – davlat budjetidan muhim xo‘jalik va ijtimoiy-madaniy
tadbirlarni amalga oshirish uchun mahalliy hokimiyat
organlariga ajratilgan
pul mablag‘lari.
Subsidiya – davlat budjeti hisobidan korxonalar, tashkilotlar va xorijiy
davlatlarga beriladigan mablag‘. Subsidiya bozor iqtisodiyotini
tartibga solish
vositasi hisoblanadi.
Davlat moliyasi – davlatning pul mablag‘lari jamg‘armasini yaratish va
ishlatish borasida milliy xo‘jalik doirasida yuzaga keladigan ijtimoiy-iqtisodiy
munosabatlarning ijtimoiy shakli.
Davlat qarzi – hukumatning o‘tmishdagi budjet taqchilligini
moliyalashtirish uchun qarzga pul olish natijasida to‘plangan qarzi.
Diskretsion fiskal siyosat – hukumatning ish bilan bandlik darajasini
o‘zgartirish, inflatsiyani nazorat qilish va iqtisodiy o‘sishning yangi sifatini
tezlashtirish maqsadida davlat xarajatlari va soliqlarini
bila turib manipulatsiya
qilish.
Diskretsion taqchillik – resurslar to‘liq band bo‘lgan va iqtisodiyot
ishlab chiqarishning potensial hajmiga erishgan sharoitdagi budjet taqchilligi.
Pul-kredit siyosatining oliy maqsadi – to‘liq bandlik, narx
barqarorligi
va ishlab chiqarish real hajmining o‘sishini ta’minlash
.
Pul-kredit konstitutsiyasi – iqtisodiyotni davlat tomonidan boshqarish-
ning monetar sohasidagi muayyan o‘zgarmas qoidalar majmui.
Do'stlaringiz bilan baham: