Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet255/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   251   252   253   254   255   256   257   258   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

Budjet muvozanati – muayyan davr mobaynida davlatning daromadi va 
xarajatlari tengligi. 
Budjet taqchilligi – davlat xarajatlari uning daromadlaridan ortiq bo‘lgan 
vaziyat. 
Budjet profitsiti – davlatning bir yil mobaynida kelib tushadigan soliq 
tushumlari va boshqa daromadlari yig‘indisi uning xarajatlaridan ortiq bo‘lgan 
holda yuzaga keladi. 
Davlat budjeti – bu umumjamiyat miqyosida markazlashgan va davlat 
ishtirokida hosil bo‘luvchi va sarflanuvchi moliyaviy resurslar. 


 422
Subvensiya – davlat budjetidan muhim xo‘jalik va ijtimoiy-madaniy 
tadbirlarni amalga oshirish uchun mahalliy hokimiyat organlariga ajratilgan 
pul mablag‘lari. 
Subsidiya – davlat budjeti hisobidan korxonalar, tashkilotlar va xorijiy 
davlatlarga beriladigan mablag‘. Subsidiya bozor iqtisodiyotini tartibga solish 
vositasi hisoblanadi.
Davlat moliyasi – davlatning pul mablag‘lari jamg‘armasini yaratish va 
ishlatish borasida milliy xo‘jalik doirasida yuzaga keladigan ijtimoiy-iqtisodiy 
munosabatlarning ijtimoiy shakli. 
Davlat qarzi – hukumatning o‘tmishdagi budjet taqchilligini 
moliyalashtirish uchun qarzga pul olish natijasida to‘plangan qarzi. 
Diskretsion fiskal siyosat – hukumatning ish bilan bandlik darajasini 
o‘zgartirish, inflatsiyani nazorat qilish va iqtisodiy o‘sishning yangi sifatini 
tezlashtirish maqsadida davlat xarajatlari va soliqlarini bila turib manipulatsiya 
qilish. 
Diskretsion taqchillik – resurslar to‘liq band bo‘lgan va iqtisodiyot 
ishlab chiqarishning potensial hajmiga erishgan sharoitdagi budjet taqchilligi. 
Pul-kredit siyosatining oliy maqsadi – to‘liq bandlik, narx barqarorligi 
va ishlab chiqarish real hajmining o‘sishini ta’minlash.
Pul-kredit konstitutsiyasi – iqtisodiyotni davlat tomonidan boshqarish-
ning monetar sohasidagi muayyan o‘zgarmas qoidalar majmui. 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   251   252   253   254   255   256   257   258   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling