Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


ustunligi; davlat bosh islohotchi ekanligi; qonun ustuvorligi; kuchli


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

ustunligi; davlat bosh islohotchi ekanligi; qonun ustuvorligi; kuchli 
ijtimoiy siyosat; islohotlarning bosqichma-bosqich amalga oshirilishi.
Ushbu asos bo‘luvchi prinsiplar, Prezidentning g‘oyalari va qoidalari 
O‘zbekiston taraqqiyoti va milliy mafkurasining tamal toshi ekanligini 
ayni zamonda ijtimoiy hayotning o‘zi isbotladi. 
Darhaqiqat, samarali iqtisodiyot bizning nafaqat bugungi, balki 
ertangi hayotimiz, hozirgi va kelajakdagi farovonligimizdir. 
Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning besh qoidasi markazdan turib 
rejalashtirishga asoslangan, ma’muriy-buyruqbozlik usulidagi taqsimlash 
tizimidan, totalitarizmdan, ya’ni bizga mo‘rt, zaif, biryoqlama rivojlangan 
paxta yakkahokimligi va boy mineral xom ashyo resurslaridan nazoratsiz 
foydalanish asosiga qurilgan siyqa iqtisodiyotdan mustaqillikka, 
harakatchan bozor iqtisodiyotiga o‘tishga, yangi milliy sivilizatsiyani 
shakllantirishga yo‘l ochdi. Prezident Islom Karimov rahbarligida 
mamlakatimiz o‘zining eski munosabatlaridan bosqichma-bosqich qutula 
boshladi. 
Ijtimoiy taraqqiyot shakli sifatida liberallashtirish o‘zining bir qator 
muhim tarkibiy qismlari bo‘lishini talab etadi. Liberallashtirish mamlakat 
taraqqiyotining sifat jihatdan yangi bosqichidir. Mamlakatimizning 
muayyan sharoitlaridan kelib chiqib, bunday tarkibiy qismlar sirasiga 
siyosiy, iqtisodiy hamda davlat va jamiyat qurilishi sohalarini 


4
erkinlashtirish kiritilgan. Bunda jamiyatni erkinlashtirishning faqat 
strategik ustuvor yo‘nalishlari nazariy jihatdan belgilanib qolmasdan, 
balki uning xususiy mulkni rivojlantirish va shu asosda mulkdorlar 
sinfini, real raqobatchilik muhitini shakllantirish kabi asosiy tarkibiy 
qismlari ham belgilab berilgan. Ayni paytda bozor infratuzilmasini 
rivojlantirish, moliya va bank tizimining faoliyat ko‘rsatishini 
takomillashtirish, butun tashqi iqtisodiy faoliyatni tashkil qilish tizimini 
tubdan qayta ko‘rib chiqish, valuta bozorini erkinlashtirish, xorijiy 
investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha rag‘batlantirishlarni mustahkamlash, 
kafolatlar va imtiyozlar doirasini kengaytirish, faol investitsiya faoliyati 
uchun qulay muhitni shakllantirish, har xil tekshiruvchi va nazorat 
qiluvchi organlarning korxonalarning xo‘jalik faoliyatlariga asossiz 
aralashuvlarini cheklash, bankrotlik institutining rolini oshirish, xo‘jalik 
sudlari faoliyatini faollashtirish ham nazarda tutilgan edi. Iqtisodiy 
islohotlarning voqeliklari va liberallashtirishning yangi vazifalaridan 
kelib chiqib, eksport salohiyatini rivojlantirish va mustahkamlash, milliy 
iqtisodiyotning jahon xo‘jalik tizimiga faol kirishini ta’minlash bilan 
bog‘liq vazifalar aynan Prezident Islom Karimov tomonidan ilgari 
surilgan bo‘lib, bugungi murakkab davrda, garchand hozir ham jahon 
moliyaviy iqtisodiy inqirozi davom etayotganiga qaramay, O‘zbekistonda 
uning yengil kechishi uchun asosiy omil bo‘lib xizmat qilmoqda. 
Mustaqillikka qadar, ya’ni 1989–1991-yillardayoq davlatimiz rahbari 
ko‘p narsa kichik biznesni rivojlantirish ustuvorligi bilan bog‘liq 
ekanligiga e’tibor qaratgani, bu faqat yalpi ichki mahsulotni 
shakllantirishning asosiy bo‘g‘ini bo‘libgina qolmay, balki bandlik va 
aholi daromadlari manbai, xalq farovonligini ta’minlashning muhim omili 
ham bo‘lishi kerakligi va ushbu ustuvor yo‘nalishlar ichida o‘zak vazifa 
etib belgilanganligini eslash o‘rinlidir.
Prezident Islom Karimovning nazariy qarashlari tizimida o‘ziga xos 
makroiqtisodiy va jipslashtiruvchi xususiyatga ega funksiyalarni bergan 
holda, davlatni asta-sekin bozor munosabatlarining liberal subyektiga 
aylantirish bilan bog‘liq muammo muhim o‘rin tutadi. Bunda 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling