Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

Iqtisodiyot – turli-tuman iqtisodiy faoliyatlarni, ishlab chiqarishning 
muayyan usulini hamda infratuzilmaviy muassasalarini yaxlit qilib 
birlashtiruvchi iqtisodiy tizim. 
Iqtisodiy faoliyat – insonlarning moddiy va ma’naviy ne’matlar 
ishlab chiqarish, iste’molchiga yetkazib berish hamda xizmatlar 
ko‘rsatishga qaratilgan, bir-biriga bog‘liqlikda amalga oshiriladigan 
faoliyatlari. 
Iqtisodiyotning asosiy muammosi – bu iqtisodiy resurslar 
cheklangan sharoitda jamiyatning cheksiz ehtiyojlarini qanday qilib 
to‘laroq qondirib borish mumkinligi to‘g‘risidagi masaladir. 


 10
Iqtisodiyotning asosiy muammosini hal qilish yo‘llari: 
¾ iqtisodiy resurslar miqdorini ko‘paytirish; 
¾ resurslar unumdorligini oshirish; 
¾ resurslardan foydalanishning turli muqobil variantlaridan eng 
samaralisini tanlash; 
¾ resurslarni samarali uyg‘unlashtirish; 
¾ jamiyat ehtiyojlarini cheklash. 
2. Iqtisodiyot nazariyasi fanining metodologiyasi 
Metodologiyaning falsafiy lug‘atlardagi birinchi talqiniga ko‘ra, u 
biron-bir fanda qo‘llaniladigan tadqiqot metod (usul)larining majmui, 
ikkinchi ma’nosi esa, ilmiy bilish va dunyoni o‘zgartirish metodi haqidagi 
ta’limotdir. 
Bunday fikr boshqa ko‘plab adabiyotlarda ham uchraydi, ammo 
metodologiyani metodlarning oddiy yig‘indisi, deb talqin etish uning tub 
mohiyatini anglash imkonini bermaydi. Shuningdek, fan 
metodologiyasini umumfalsafiy (universal), umumiy va xususiy ilmiy 
metodlarning yig‘indisi, deb hisoblash ham masalaga yuzaki yondashuvni 
anglatadi. Ayni vaqtda, fan metodologiyasi bilan fanning metodologik 
funksiyasi o‘rtasida farq borligini ham yodda tutish lozim. Ba’zi olimlar 
«metodologiya» tushunchasida voqelikni o‘rganishning xususiy yo‘llari 
va metodlarini birlashtirishga urinadilar. Yana boshqa guruh olim-
lar 
metodologiya deganda, voqea va hodisalarni bilishning falsafiy 
jihatlarini anglaydilar. Uchinchi guruh mualliflar metodologiyani 
dialektika bilan aynan bir, deydilar. To‘rtinchi toifa tadqiqot-
chilar metodologiyani falsafaga daxli bo‘lmagan alohida fan yo‘nalishi, 
beshinchi guruh mutaxassislar esa, metodologiya metod emas, balki u 
haqidagi ta’limot, nazariya, fan, deb ta’kidlaydilar. Metodologiyaning 
alohida fan deb tan olinishiga ba’zi olimlar qarshi chiqadilar
1
.
Fikrimizcha, metodologiya fan emas, fanning nazariy asosi, ilmiy 
bilishning poydevoridir. 
«Falsafiy ensiklopedik lug‘at»da ta’kidlanishicha, metodologiya –
nazariy va amaliy faoliyatni tashkil etish, qurish prinsiplari, usullari 
tizimi, shuningdek, bu tizim haqidagi ta’limotdir. Professor 
N.Shermuhammedova ham shu yondashuvga asoslanib, «metodologiya –
bilish faoliyati yo‘llari haqidagi ta’limot», – deb yozadi. 
1
Ԕɚɪɚɧɝ: Ʉɟɪɢɦɨɜ Ⱦ. Ⱥ. Ɏɢɥɨɫɨɮɫɤɢɟ ɨɫɧɨɜɚɧɢɹ ɩɨɥɢɬɢɤɨ-ɩɪɨɜɨɜɵɯ
ɢɫɫɥɟɞɨɜɚɧɢɣ. – Ɇ., 1986. – ɋ. 29. 


 11
Metodologiya – bu fan predmetini o‘rganishga qanday ilmiy 
tamoyillar asosida yondashishni bildiradi. Iqtisodiyot nazariyasida 
kishilarning xo‘jalik faoliyati tizimiy yondashuv asosida o‘rganiladi. 
Bunda yaxlit iqtisodiyot turli bloklarga – qismlarga ajratilib, har biri 
alohida o‘rganiladi, ulardan har biriga xos bo‘lgan xususiyatlar 
aniqlanadi. Masalan, yaxlit bozor resurslar bozori, iste’mol tovarlari 
bozori va moliya bozorlariga ajratilib o‘rganiladi. Ajratilgan bloklar tahlil 
etilgach, ular faoliyatining shart-sharoiti va belgilari, ular qanday 
funksiyani bajarishi aniqlanadi. Iqtisodiyotning turli jihatlari tahlilidan 
so‘ng ular birgalikda qaraladi, turli bloklar majmuidan iborat iqtisodiyot 
yaxlitlikda nima ekanligi, u qanday rivojlanishi ko‘rsatiladi. Yana bozor 
misoliga qaytsak, uning har bir blokining funksiyalari o‘rganilgach, ular 
birgalikda yagona bozor sifatida qaraladi va bozorning umumiy 
funksiyalari ta’riflanadi. 
Iqtisodiyot nazariyasida qo‘llanadigan yana bir metodologik 
yondashuv bu iqtisodiyotni sof emas, boshqa, ya’ni g‘ayriiqtisodiy 
omillar ta’sirini hisobga olgan holda o‘rganishdir. Iqtisodiyot birlamchi 
bo‘lgani holda siyosiy, ijtimoiy, milliy demografik va hatto ruhiy-axloqiy 
omillar ta’siriga beriladi. Boshqa sohalardagi o‘zgarishlar iqtisodiyotda 
ham o‘z aksini topadi. Jamiyatda tartibsizlik, siyosiy beqarorlik yuzaga 
kelsa, bu iqtisodiyotning rivojiga putur yetkazadi, chunki kishilar 
vahimaga tushib ishdan soviy boshlaydilar. Milliy nizolar ham shunday 
salbiy oqibatga olib keladi. Kishilarda ruhiy ko‘tarinkilik bo‘lsa, ular 
iqtisodiy faol bo‘ladilar. Aksincha, ruhiy tushkunlik ularda befarqlikni 
hosil etib, faollikni so‘ndiradi. 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling