Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


davriy oraliq kategoriyalar


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

davriy oraliq kategoriyalar – umuminsoniy xarakterdagi bir 
necha iqtisodiy tizimlar sharoitida amal qiluvchi, uzoq tarixiy davrda 
saqlanuvchi, ammo o‘tkinchi mazmundagi iqtisodiy munosabatlarni 
ifodalovchi kategoriyalardir. Masalan, tovar, pul, talab, taklif, narx-navo, 
inflatsiya, marketing, menejerlik va boshqa kategoriyalar. 
Iqtisodiy qonunlar iqtisodiy jarayonlarning turli muhim tomonlari 
o‘rtasida yuzaga kelib va muqim takrorlanib turadigan, uzviy iqtisodiy 
zaruratni taqozo etuvchi aloqalardir. 
Iqtisodiy qonunlar quyidagi turlarga bo‘linadi: 
umumiqtisodiy qonunlar – jamiyat taraqqiyotining hamma 
bosqichlarida, iqtisodiyotning aniq ijtimoiy shaklidan qat’i nazar, amal 
qiluvchi qonunlardir. Masalan, mehnat taqsimoti, jamg‘arish, mehnat 
unumdorligining o‘sib borishi, ehtiyojlarning yuksalishi, mehnat 
turlarining almashuvi, farovonlik qonunlari; 
formatsion – maxsus qonunlar. Bular faqat ijtimoiy-iqtisodiy 
tizim doirasida amal qiluvchi, shu tizimning maxsus xususiyatlarini ifoda 
etuvchi qonunlardir: feodalizm, kapitalizm, imperializm, sotsializm 
qonunlari; 
davriy oraliq qonunlar – ma’lum davrda turli ijtimoiy-iqtisodiy 
tizimda amal qiluvchi qonunlarning maxsus tuzumga aloqasi bo‘lmagan 
holda ularni birlashtirib turuvchi munosabatlar – bozor iqtisodiyoti 
qonunlari.
5. Iqtisodiyot nazariyasi va davlatning iqtisodiy siyosati 
Iqtisodiyotning qonun-qoidalariga amal qilish iqtisodiy siyosat orqali 
yuz beradi, chunki bularni anglagan holda iqtisodiyot rivojiga oid chora-


 26
tadbirlar ishlab chiqiladi va bular iqtisodiyotga ta’sir etmay qolmaydi. 
Iqtisodiy siyosat o‘zi nima? 
Iqtisodiy siyosat – bu iqtisodiyot subyektlarining o‘z faoliyatiga oid 
yo‘l-yo‘riqlari va sa’y-harakatlarining majmuidir. 
Har bir iqtisodiyot ishtirokchisining, bu xonadonmi, firma yoki 
davlatmi, buning farqi yo‘q, o‘z manfaatlari bor. Bu manfaatlar 
amaliyotda aniq maqsad shakliga kiradi, iqtisodiy siyosat esa uni amalga 
oshirishga qaratiladi. Xonadonning maqsadi o‘z iste’molini 
maksimumlashtirish va kelajakni ta’minlash uchun jamg‘arma hosil 
etishdir. Firmaning maqsadi esa foydani maksimumlashtirish va iqtisodiy 
jihatdan barqarorligini ta’minlashdir. Davlatning maqsadi esa, milliy 
iqtisodiyotning barqaror o‘sishini va shu asosda xalq farovonligini 
ta’minlashdan iborat. Maqsadlar kabi ularni amalga oshirish vositalari 
ham farqlanadi va bu iqtisodiy siyosatda hisobga olinadi. Hatto bir 
toifadagi subyektlarning ham maqsadi bir xil emas, chunki ularning 
iqtisodiy maqomi farqlanadi. Masalan, boy, o‘rtahol va kambag‘al 
xonadonlar, kichik, o‘rta va yirik firmalarning muayyan davrdagi aniq 
maqsadlari bir xil emas, bular individuallashgan, chunki ularning o‘zi 
mustaqil va g‘oyat ko‘pchilik.

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling