28
foiz to‘lashga oid ishlarni,
foydani taqsimlab, uni samarali ishlatish
choralarini, aksiya chiqarib sotish, o‘zga firmalar aksiyasini, davlat
obligatsiyalarini sotib olishga oid yo‘l-yo‘riqlaridan iborat bo‘ladi.
Firmaning raqobat siyosati raqobatda ishtirok etish yoki etmaslik,
raqobat yuz berganda, uning usullaridan qaysi birini qo‘llash, qanday
vositalarni ishga solishga qaratiladi.
Vaziyatga qarab siyosatning u yoki bu yo‘nalishiga ustuvorlik
beriladi.
Firma siyosati qisqa va uzoq davrga mo‘ljallanadi, chunki shu
davrlarda turli maqsadlar olg‘a surilib, ularga erishishning muqobil
vositalari tanlab olinadi. Firma siyosati,
birinchidan, bozordagi vaziyatga,
ikkinchidan, davlatning siyosatiga moslashib borishni bildiradi. Firma
siyosati ham individuallashgan, biroq siyosatning umumiy tamoyillari
borki, ularga firmalar o‘z maqsadidan kelib chiqqan holda va bilganicha
rioya etishadi.
Firma o‘z siyosatini belgilashda
obyektiv axborotga tayanadiki, bu
ichki va tashqi axborotlardan iboratdir. Ichki axborot firmaning o‘zidagi
holatni, tashqi axborot esa tashqi muhitdagi holatni tavsiflaydi. Firmalar
siyosatini agar ular korporatsiyalar (aksioner jamiyatlar) bo‘lsa, oliy
boshqaruv organlari (direktorlar kengashi, aksionerlar majlisi) ishlab
chiqadi, uni amalga oshirish ishini menejerlar bajaradi. Firma oddiy
korxona bo‘lsa, uning siyosatini egasining o‘zi yoki uning nomidan
menejerlar amalga oshiradi. Firmaning siyosatiga
qarab uning ishi
rejalashtiriladi. Shu maqsadda firma strategiyasi ishlab chiqilib, unda
firma siyosati aniq chora-tadbirlar shakliga ega bo‘ladi. Firma
siyosatining naqadar o‘rinli ekanligi uning monitoringi (baho berish)
orqali aniqlanadi.
Davlat iqtisodiy siyosatining maqsadi va vositalari. Davlat
iqtisodiyotga o‘z siyosati bilan ta’sir etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: