Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

Xonadon siyosatida pulga aksiya, obligatsiya sotib olish, uni bankka 
qo‘yish, qarzga berish yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri biznesga joylashtirish 
oldindan belgilab olinadi. U pulini investitsiyalaganda, birinchidan, pulni 
inflatsiyadan asrab, jamg‘arma qadr-qiymatini saqlab qolishni, 
ikkinchidan, uning ko‘payib, qo‘shimcha daromad keltirishini ko‘zlaydi. 
Oddiy xonadondan farqliroq boy-badavlat xonadon siyosati yollanib 
ishlashdan emas, balki biznesdan pul topishni ko‘zlaydi, chunki uning ish 
kuchidan boshqa individual kapitali ham bor. Bunga biznes turini erkin 
tanlash orqali erishiladi. 
Firmalar siyosati o‘z maqsadini aniq belgilash va unga erishish 
yo‘llari va vositalarini tanlashdan iboratdir. Bu siyosatning maqsadi 
foydani maksimumlashtirishni, bunga erishib bo‘lmaganda, firma 
barqarorligini ta’minlab, uni saqlab qolish va bir maromda rivojlantirishni 
mo‘ljallaydi. 
Firma siyosati faoliyatning turli sohalariga taalluqli bo‘ladi. 
Firmaning ishlab chiqarish siyosati nimani qancha va qanday 
davrda ishlab chiqarishni belgilaydi. Firmaning o‘z maqsadiga yetishi 
ishlab chiqarish hajmiga bog‘liq, chunki har qanday ko‘lamda ishlab 
chiqarish foydali bo‘lavermaydi. Shu sababli firma ishlab chiqarishning 
shunday hajmini tanlab oladiki, bunda o‘rtacha xarajatlar bilan bozor 
narxi orasidagi farq eng katta bo‘lib, foyda maksimumlashishi kerak 
bo‘ladi. Buning uchun firma ishlab chiqarishni modernizatsiyalab, 
bozorga yangi tovarlar va xizmatlarni taklif etish yo‘lidan boradi. 
Firmaning tijorat siyosati tovarlarning qanday miqdorda va qaysi 
bozorlarda sotilishini, ularning kreditga berilishini, eksport miqdori va 
tarkibini belgilaydi, savdo-sotiqda raqobatchilar va sheriklar bilan qanday 
munosabatda bo‘lish yo‘lini aniqlaydi. 
Firmaning narx siyosati bozorga qanday narx bilan chiqishni, 
narxning bozor sharoitiga qarab qanday o‘zgartirilishini, narxlardan 
siylov berish tartibi kabilarni mo‘ljallaydi. 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling