Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Institutsional iqtisodiy nazariya


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

Institutsional iqtisodiy nazariya (institutsionalizm) – iqtisodiy faoliyat 
jarayonida insonning takror ishlab chiqarish munosabatlari tizimini tartibga 
soluvchi institutlarning shakllanish va rivojlanish qonuniyatlari to‘g‘risidagi 
fan; rasmiy va norasmiy institutlar o‘rtasidagi ziddiyat ushbu nazariya 
doirasida asosiy hisoblanadi. 
Fan – insonning obyektiv voqelik rivojlanishining qonuniyatlari va 
yo‘llari to‘g‘risidagi bilimlari tizimi yoxud bunday bilimlarning alohida 
tarmog‘i; unga yangi bilimlar ishlab chiqarish borasidagi faoliyat ham, ushbu 
faoliyatning natijasi, ya’ni dunyoning ilmiy manzarasi ifodalovchi axborotning 
muayyan hajmi va bilimlar majmui ham kiradi. 
Noiqtisodiy nazariya – intellektual ne’matlarni takror ishlab chiqarish 
sohasida xo‘jalik agentlari o‘rtasida yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlar 
ijtimoiy shakllarining rivojlanish qonunlarini o‘rganuvchi fan. 
Iqtisodiy fan obyekti – insonga zarur bo‘lgan ne’matlarni yaratish va 
ulardan foydalanish borasidagi inson faoliyatining butun sohasi. 
Iqtisodiy nazariyaning obyekti – turli iqtisodiy jarayonlarga xos bo‘lgan 
eng muhim, qonuniy aloqalar. 
Funksional va ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar o‘rtasidagi asosiy ziddiyat 
yaratuvchi kuchlar bilan takror ishlab chiqarish munosabatlari o‘rtasidagi 
ziddiyat. 
Iqtisodiy nazariya predmetining asosiy ziddiyati – ijtimoiy-iqtisodiy 
munosabatlarning muayyan ijtimoiy shakli bilan ijtimoiy yaratuvchi kuchlar 
rivojlanishining mavjud talablari o‘rtasidagi ziddiyat. 
Inson taraqqiyotning asosiy iqtisodiy qonuni – iqtisodiy munosabatlar 
ijtimoiy shakllarining yaratuvchi kapital va insonning yaratuvchi kuchlarining 
rivojlanish ehtiyojlariga muvofiqligi qonuni. 


 37
Iqtisodiy fan mavzui (predmeti) – oqilona iqtisodiy tanlov sharoitida 
amalga oshiriladigan hamda iste’mol bilan ishlab chiqarish o‘rtasidagi 
ziddiyatni aks ettiradigan yuqori samarali xo‘jalik yuritish. 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling