Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

 Tashqi iqtisodiy siyosat. Bu davlatning o‘zaro foydali tashqi 
aloqalarini rivojlantirish, mamlakat iqtisodiyotini jahon xo‘jaligi bilan 
integratsiyalashuvini ta’minlashga qaratilgan siyosatidir. Bu siyosatning 
asosiy maqsadi milliy iqtisodiyotning jahon xo‘jaligidagi mavqeini 
mustahkamlashdir. Unga binoan eksport va import, chetga kapital 
chiqarish va chetdan kapital kiritish, ish kuchi migratsiyasiga doir 
tadbirlar amalga oshiriladi. Bu siyosatda bojxona to‘lovlari, eksport-
import litsenziyalari va kvotalari kabi vositalar qo‘llaniladi. Aytilgan 
vositalar iqtisodiy chegara hosil etib, milliy iqtisodiyotni himoya qiladi. 
Eksportni ko‘paytirish zarur bo‘lsa, unga litsenziyalar (ruxsatnoma) 
beriladi, eksport kvotasi oshiriladi. Bordi-yu importni qisqartirish ma’qul 
bo‘lsa, uning kvotasi kamaytiriladi, import uchun boj to‘lovi oshiriladi, 
importga litsenziya berish chegaralanadi. 
Davlat siyosati kapital chiqarish va kiritish tartibini ham belgilaydi. 
Kapital kiritish zarur bo‘lsa, bu ish rag‘batlantiriladi. Kapital chiqishi 
ma’qul bo‘lsa, davlat bunga sharoit yaratib beradi. Chet elga ish kuchini 
chiqarish uchun ham yordam beriladi. Bordi-yu mamlakatga arzon ish 
kuchi kerak bo‘lsa, uning chetdan oqib kelishi uchun migratsiya qoidalari 


 35
(chegaradan o‘tish, yashash va ishlash uchun ruxsat olish va h.k.) 
yengillashtiriladi. Davlat siyosati xalqaro iqtisodiy tashkilotlar bilan 
hamkorlik qilishni ham mo‘ljallaydi. 
Davlat iqtisodiy siyosatining samaradorligi uning monitoringi orqali 
aniqlanadi. Bunda iqtisodiy o‘sish sur’atlari, inflatsiya darajasi, eksport va 
import holati, tashqi qarz miqdori, budjet defitsiti kabi ko‘rsatkichlarga 
qarab iqtisodiy siyosat natijasi baholanadi. 
Iqtisodiy siyosat doirasida davlatning turli dasturlari ishlab chiqiladi 
va amalga oshiriladi. Dasturlarda ko‘zlangan maqsad, amalga oshiriladi-
gan chora-tadbirlar, ulardan kutiladigan natijalar, ularni moliyalashtirish 
manbalari aniqlanadi. Dasturlar milliy iqtisodiyot uchun ustuvor bo‘lgan 
muammolarni hal etishga qaratiladi. Bular jumlasiga tanglikdan chiqish, 
oziq-ovqat, energiya ta’minoti, texnologiyalarni yangilash, infratu-
zilmalarni rivojlantirish, eksport salohiyatini oshirish, qoloq hududlarni 
rivojlantirish kabi dasturlar kiradi. Dasturlarda belgilangan muammo-
larning hal etilishi iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishga turtki beradi. 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling