Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Monetar siyosat ikki xil bo‘ladi


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

Monetar siyosat ikki xil bo‘ladi. Qattiq siyosat. Bunda pul massasi 
qisqartiriladi, uning emissiya (pul chiqarish) hisobidan o‘sishi qat’iy 
chegaralanadi. Natijada pul massasi qisqarib, tovar massasiga tenglashadi. 
Pulning qisqarishi talabni kamaytiradi, narxlar esa o‘smaydi, pul 
birligining xarid qurbi barqarorlashadi. Pul topishga intilish 
iqtisodiyotning jonlanishiga olib keladi. Bunday siyosat biz ilgari 
ko‘rganimizdek odatda iqtisodiyotni tanglikdan chiqarish yoki inflatsiyani 
jadal bostirish uchun qo‘llaniladi. 
Yumshoq monetar siyosat. Bunda davlat pul massasining ortishiga 
to‘sqinlik qilmaydi, pul emissiyasi hadeb cheklanavermaydi, natijada pul 
ko‘payib, uning arzonlashuvi yuz beradi. Yumshoq siyosat iqtisodiyot 
o‘sish pallasida bo‘lganda ko‘proq qo‘llaniladi, pul massasining o‘sishiga 
qarab tovarlar massasi ham o‘sadi. Bunda tovar-pul muvozanati pulni 
qisqartirish hisobidan emas, balki tovarlarning ko‘payishi tufayli 
ta’minlanib turadi. 
Fiskal siyosat. Bu davlatning soliq-budjet siyosatidir, unga binoan 
soliqlar belgilanadi, budjet mablag‘lari aniq maqsadlar yo‘lida ishlatiladi. 
Soliq siyosati soliqlar vositasida budjetga pul to‘plashga qaratiladi. 
Unga binoan soliq turlari aniqlanadi, soliq stavkalari, soliq solinadigan 
obyektlar, soliq imtiyozlari, soliq undirish tartibi belgilanadi. 
Soliqlar davlatning iqtisodiyotga ta’sir etishida qo‘llaniladigan asosiy 
vositadir. «Soliq tizimi nafaqat soliqlarni undirish, balki birinchi galda, 
rag‘batlantirish xususiyatiga ega bo‘lishi lozim». 
Iqtisodiyotni rag‘batlantirish zarur bo‘lganda soliqlardan imtiyozlar 
beriladi. Bunda soliq kamaytiriladi, soliqni undirish muhlati cho‘ziladi 


 32
yoki umuman soliq undirilmaydi. Natijada firmalarga tegadigan foyda 
ko‘payadi, ular foydani reinvestitsiya qiladi, ya’ni qaytadan ishlab 
chiqarishni o‘stirishga yuboradi. Ishlab chiqarishni rag‘batlantirish 
maqsadida O‘zbekistonda foydadan to‘lanadigan soliq stavkasi yildan-
yilga pasaytirilmoqda. Bu usul iqtisodiy subyektlar kapitalning ishlab 
chiqarishni kengaytirish, modernizatsiya qilishga turtki vazifasini o‘taydi. 
Fiskal siyosatda iqtisodiyotni barqarorlashtirish va o‘stirish uchun ikki xil 
yo‘ldan boriladi: 
1. Ilgari kiritilgan va hozir amalda bo‘lgan iqtisodiy stabi-
lizatorlarni – vositalarni qo‘llashni davom ettirish. Davlat qonun yo‘li 
bilan shunday tartibni o‘rnatadiki, unga binoan moliya normativlari 
(me’yorlari) joriy etiladi. Bular sharoit o‘zgarishiga qarab avtomatik 
ravishda amal qilaveradi. Bular jumlasiga soliq stavkalarini, ishsizlik 
nafaqasi miqdori, daromadlarning inflatsiyaga qarab indeksatsiya 
qilinishi, ijtimoiy yordam ko‘rsatish normativlarini kiritish mumkin. 
Masalan, daromad solig‘i daromad miqdoriga nisbatan 15 foiz qilib 
belgilansa, daromad ko‘payishi bilan uning miqdori ham avtomatik 
ravishda oshadi. Daromadlarni 80 foiz indeksatsiyalash tartibi o‘rnatilgan 
bo‘lsa, narx oshgan taqdirda, shu 80 foiz darajada daromad ham 
ko‘paytiriladi. 
2. Sharoitga qarab yangi normativlarni kiritish yo‘lidan borish, bu 
diskretsion fiskal siyosat deb yuritiladi. Bu siyosat doirasida yangi soliq 
stavkalari joriy etiladi, yangi soliqlar kiritiladi, budjet mablag‘larini 
sarflash normativlari o‘zgartiriladi. Diskretsion siyosat o‘zgargan 
sharoitga moslashish siyosatidir. Iqtisodiyot bir maromda o‘sib 
borayotganda birinchi yo‘l, u tanglikka yo‘liqib, undan chiqish kerak 
bo‘lganda, ikkinchi, ya’ni diskretsion yo‘l ustuvor bo‘ladi. 
Fiskal siyosat budjet orqali ham iqtisodiyotga ta’sir etadi. Budjet 
hisobidan davlat ishlab chiqarish infratuzilmasiga katta investitsiyalarni 
yuboradi, milliy iqtisodiyot uchun ahamiyatli ish (masalan, yangi 
texnologiyani yaratish) bilan shug‘ullanuvchi korxonalarga subsidiya 
beriladi. Subsidiya moliyaviy yordam sifatida qaytarib olinmaydi, uning 
hisobidan xarajatlar qoplanib foyda ko‘payadi, bu bilan korxonalar 
rag‘batlantiriladi. 
Budjet siyosati ijtimoiy ne’matlarning yaratilishini kanda qilmay va 
kerakli miqdorda pul bilan ta’minlab turishga qaratiladi. Davlat budjeti 
balanslashgan bo‘lishi, ya’ni daromadlarga qarab xarajatlar qilinishi zarur 
bo‘ladi. Budjet siyosati shundan kelib chiqqan holda budjet defitsitiga 
yo‘l bermaslikni, defitsit yuz bergan taqdirda ham, bu me’yorida 


 33
bo‘lishiga qaratiladi. Budjet siyosati ichki va tashqi qarzning ham 
me’yorida bo‘lishini ta’minlashi zarur. 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling