36
Mavzuni chuqur o‘rganish instrumentariysi
Iqtisodiyotning doimiy va bosh masalasi jamiyat ehtiyojlarining
cheksizligi va iqtisodiy resurslarning cheklanganligidir.
Iqtisodiyot – turli-tuman iqtisodiy faoliyatlarni, ishlab chiqarishning
muayyan usulini hamda infratuzilmaviy muassasalarini yaxlit qilib
birlashtiruvchi iqtisodiy tizim.
Iqtisodiy faoliyat – insonlarning moddiy va ma’naviy ne’matlarini ishlab
chiqarish, iste’molchiga yetkazib berish hamda xizmatlar ko‘rsatishga
qaratilgan, bir-biriga bog‘liqlikda amalga oshiriladigan faoliyatlar.
Iqtisodiy dastaklar – jamiyatning xo‘jalik yuritish
mexanizmida amal
qiluvchi iqtisodiy vositalar, xo‘jalik amaliyotidagi iqtisodiy ko‘rinishlar. Bozor
iqtisodiyotida ular jumlasiga narx, tannarx, foyda, daromad,
sof daromad,
zarar, dotatsiya, kompensatsiya, soliq,
boj puli, qarz, foiz, ish haqi va
boshqalar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: