38
Induksiya metodi («olib borish» metodi)
– xo‘jalik voqeligining yakka
faktlarini o‘rganishdan umumiy qoidalar va xulosalarga o‘tish.
Ilmiy abstraksiya (mavhumlashtirish)
metodi – iqtisodiy hodisalarni
ko‘rib chiqishda mavhumlashtirishga asoslangan tadqiqot usuli.
Chuqur tahlil metodi – xo‘jalik yurituvchi agentlarning iqtisodiy xatti-
harakati qonuniyatlarini u yoki bu iqtisodiy o‘zgaruvchilar (daromad, xarajat,
foydalilik kabilar)ni bir xilda orttirish (qo‘shimchalar kiritish) oqibatlarini
tahlil qilish yordamida aniqlash usuli.
Iqtisodiy nazariyaning metodologik funksiyasi – amaliy-iqtisodiy
fanlar uchun instrumental asos funksiyasi.
Metodologiya – tadqiqotning eng umumiy qoidalari
va qonunlarini
qamrab oladigan umumiy metodlar majmui.
Fan metodologiyasi – ilmiy bilish prinsiplarni,
shuningdek tadqiqot
faoliyatining tizimi va mantiqiy tashkil qilinishini aks ettiruvchi nazariya va
ta’limotlar.
Sifat jihatdan tadqiq etish metodlari – iqtisodiy hodisalarning
mohiyatiga kirib borish bilan bog‘liq bo‘lgan va falsafiy tafakkur yuritish,
iqtisodiy voqelikning faktlarini umumlashtira olishni talab etuvchi usullar.
Do'stlaringiz bilan baham: