Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
Ijtimoiy-iqtisodiy tizimda ishlab chiqarishni
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
3. Ijtimoiy-iqtisodiy tizimda ishlab chiqarishni
insonparvarlashtirish Ishlab chiqarishni insonparvarlashtirish – insonning ijtimoiy tabiatiga mos keladigan moddiy-buyum va tashkiliy-iqtisodiy shart- sharoitlarni vujudga keltirishdir. Boshqacha aytganda, ishlab chiqarishda insonning mehnat qilishi va kamol topishi uchun zarur bo‘lgan normal sharoitni yaratishdir. Inson salohiyati eng faol, eng bunyodkor omil bo‘lib, u mamla- katning islohotlar va tub o‘zgarishlar yo‘lidan tinimsiz ilgarilab borishini ta’minlab beradi. 49 Bu omilning kuchi va ta’siri, eng avvalo, yuksak ma’naviyat bilan, jamiyatning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish darajasi bilan belgilanadi. U aholining bilimdonlik darajasi, ish bilan bandlikning professional – malaka tuzilmasi va boshqa ko‘pgina shart-sharoitlar orqali shakllanadi. Inson salohiyati va mehnat zaxiralarini shakllantirishda ijtimoiy- demografik vaziyat hal qiluvchi rol o‘ynaydi. O‘zbekistonning muhim xususiyati shundan iboratki, bu yerda aholining o‘sish sur’atlari yuqori. O‘zbekistonda doimiy istiqomat qilayotgan aholi soni 2012-yilning boshida 29,6 million kishini tashkil etdi. O‘zbekiston aholisi 1990–2010- yillar mobaynida 8,2 million kishiga ko‘paydi yoki 1,4 barobar oshdi. Yurtimizda jismoniy va ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalashga qaratilgan puxta o‘ylangan demografik siyosat natijasida aholining yillik o‘rtacha o‘sishi keyingi yillarda barqarorlashib, o‘tgan asrning 80- yillaridagi 2 foizdan ziyod ko‘rsatkich o‘rniga 1,4 foiz darajasida qayd etilmoqda. Davlatimiz tomonidan sog‘liqni saqlash, onalik va bolalikni himoya qilish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar tufayli onalar va bolalar o‘rtasida o‘lim darajasining izchil pasayishiga erishildi: mustaqillik yillarida bolalar o‘limining umumiy koeffitsiyenti 1990-yildagi 34,6 promilledan 2010-yilda 11,0 promillega, onalar o‘limi esa 100 ming tirik tug‘ilgan chaqaloqqa nisbatan tegishlicha 65,3 dan 21,0 ga tushdi. Natijada aholining o‘rtacha umr ko‘rish darajasi 1990-yildagi 67,2 yoshdan 2012-yilda 73,2 yoshga yetdi yoki 9 foizdan ko‘proq o‘sdi. Mamlakatimizda ijobiy demografik jarayonlar aholining yosh tarkibini ham optimallashtirishni taqozo etdi. Bu jarayonda O‘zbekiston yoshlar mamlakati sifatidagi maqomini saqlab qolmoqda, aholining o‘rtacha yoshi 25,9 yoshni tashkil etmoqda. Oila institutini mustahkamlash, xususan, kam ta’minlangan va yosh oilalarni aniq yo‘naltirilgan tarzda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va uy-joy sharoitini yaxshilash imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan chora- tadbirlar barqaror demografik rivojlanishni ta’minlash imkonini berdi. Natijada 1990–2010-yillarda yosh oilalar o‘rtasida ajrashishlar koeffitsiyenti 2 barobardan ko‘proq pasaydi, oila qurishning o‘rtacha yoshi oshdi va oilada bolalar soni o‘rtacha bo‘lishiga e’tibor qaratadigan oilalar ulushi ortdi. Ayni vaqtda aholining barqaror ko‘payishi ta’minlanmoqda. Mamlakatimizdagi ijtimoiy-demografik ahvolning yana bir muhim xususiyati – jamiyatning asosi bo‘lgan kuchli oila tizimidir. 50 O‘zbekistonda nikohdan o‘tish darajasi yuqori va eng muhimi, oilalarning buzilishi dunyo bo‘yicha eng past darajada. Oila – bizning xalqimiz uchun millatning ko‘p asrlik an’analari va ruhiyatiga mos bo‘lgan g‘oyat muhim hayotiy qadriyatlardan biridir. Respublikada oilalar asosan ko‘p sonli bo‘lib, ularda turli avlod vakillari birga yashaydilar va birga xo‘jalik yuritadilar. Bu esa farzandlarni tarbiyalash, ularni umuminsoniy, ma’naviy qadriyatlardan, an’analardan bahramand qilish, bilim darajasini oshirish uchun qulay sharoitlar yaratadi. Xuddi ana shunday oilalarda odamlar bolalik chog‘laridanoq mehnatsevarlikni, kattalarga hurmatni, bilim egallashga intilishni o‘rganadilar. Xalqimizning ma’naviy boyliklarini, jahon sivilizasiyasining eng yaxshi yutuqlarini o‘zida mujassamlashtirgan yangi avlodni shakllantirish bugunning eng muhim vazifasidir. Mustaqillik yillarida haqiqiy iqtisodiy vaziyatni mavjud zaxiralar va imkoniyatlarni hisobga olgan holda aholini ijtimoiy himoya qilishning mohiyatan yangi mexanizmi yaratildi. Respublikamiz bozor munosabatlariga o‘tishning ilk davridan boshlab butun aholini ijtimoiy himoyalash yo‘lidan bormoqda. Ya’ni aholini aniq ijtimoiy himoyalash mexanizmini ishlab chiqish va amalga oshirish borasida katta ishlar qilindi va qilinmoqda. Aholini ijtimoiy himoyalash borasida mustaqillik yillarida quyidagi muammolarni bartaraf etish yo‘lidan boriladi. Ishlab chiqarishni barqarorlashtirish, birinchidan, muttasil rivojlantirish, pul qadrsizlani- shiga qarshi samarali chora-tadbirlarni amalga oshirish, xalq iste’mol mollari ishlab chiqarishni jadal rivojlantirish, milliy valutani va ichki iste’mol bozorini mustahkamlash natijasida islohotlarning dastlabki yillaridayoq turmush darajasini saqlab qolish va uning keskin pasayib ketishiga yo‘l qo‘ymaslikdir. Iqtisodiyotni barqarorlashtirish, investitsiya faoliyatining kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning qo‘llab-quvvatlash yo‘li yangi ishchi o‘rinlarni tashkil etish, ish bilan bandlik muammolarni hal qilish, ish haqi saqlanib qolmagan yoki qisman saqlanib qolgan to‘liqsiz ish kunida ishlayotgan va majburan mehnat ta’tilida yurgan shaxslar sonini qisqartirish uchun qulay zamin yaratildi. Download 2.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling