Zararsizlantirish turlari va usullari Reja


Download 25.58 Kb.
bet1/5
Sana26.06.2023
Hajmi25.58 Kb.
#1655899
  1   2   3   4   5
Bog'liq
6. Zararsizlantirish


Zararsizlantirish turlari va usullari


Reja:

  1. Aseptika va antiseptika tushunchalari

2. Dezinfeksiya va uning usullari
3. Dezaktivatsiya, dezinfeksiya va uning usullari.


Mashg‘ulot ta’minoti: plakatlar, bukletlar,


Aseptika — jarohatdagi mikroblar sonini kamaytirishga yoki ulami yo‘qotishga qaratilgan chora-tadbirlar tizimiga aytiladi. Jarohatga mikroblar tushishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida ko‘riladigan chora-tadbirlardir.
Aseptika jarohat infeksiyasining oldini olish profilaktika usuli hisoblanadi. Jarohatga ishlatiladigan narsalarning hammasi steril (mikroblardan holi) bo‘lishi kerak. Jarohatga qo‘l tekkizish, undagi narsalar, kiyim- kechak parchalarini olib tashlash, jarohatni berkitish uchun sterillanmagan materialni ishlatish mumkin emas.
Aseptika (yun. a - inkor o‘shimchasi va septicos - yiringli) - mikrobsizlik holatini ta’minlaydigan usullar. Aseptikaga nemis olimi E. Bergman asos solgan. Aseptika turli murakkab jarrohlik operasiyalarini hech qanday asoratsiz va xavf-xatarsiz bajarishga imkon beradi.
Mexanik, fizik, kimyoviy va biologik antiseptika bir-biridan farlanadi.
Fizik (kuydirish, nur, qaynatish, muzlatish).
Mexanik antiseptikajarohatlarga birlamchi jarrohlik ishlovi berishdan iborat, quyosh nuri va sun’iy ultrabinafsha nur mikroblami o‘ldiradi.
Kimyoviy antiseptika (antiseptik moddalar b-n ta’sir etish),—mikroblarga qarshi turli xil dori vositalami ishlatishga asoslangan. Yod dimlamasi, etil spirti, xloramin, rivanol, kaliy permanganat eritmasi va boshqalar ko‘p ishlatiladi. Antiseptiklar bir necha moddadan iborat bo‘lishi mumkin, masalan, Vishnevskiy malhami, ya’ni surtma dorisi.
Biologik antiseptiklar jumlasiga jarohat infeksiyasining profilaktikasi va davosi uchun ishlatiladigan antibiotiklar kiradi. Jaroatlarga infeksiya tushishiga qarshi kurashda aseptika va antiseptika usullari bir-birini to‘ldirib boradi.



Download 25.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling