Zararsizlantirish turlari va usullari Reja


Aseptikaga quyidagilar kiradi


Download 25.58 Kb.
bet2/5
Sana26.06.2023
Hajmi25.58 Kb.
#1655899
1   2   3   4   5
Bog'liq
6. Zararsizlantirish

Aseptikaga quyidagilar kiradi:
a) jarrohlik asboblari, bog’lov materiallari va b.ni sterillash;
b) jarroh qo‘lini maxsus usullarda yuvish va tozalash;
v) operasiya va b. tekshirish ishlarini bajarish vaqtida ko‘rsatilgan qonun-qoidalarga qatiy amal qilish;
g) davolash muassasalarida maxsus tashkiliy va sanitariya-gigiyena chora-tadbirlarni to‘g’ri amalga oshirish.
Aseptika tibbiyotning barcha sohalarida qo‘llaniladi.
Aseptika ham yunoncha so‘zdan olingan bo‘lib (a – inkor, septikos – yiringli jarohat), jarohatga infeksiya tushishining oldini olishga qaratilgan chora – tadbirlar majmuasidir. Jarohatga infeksiya tushish manbalari:
1. Ekzogen manbalar:
a) Havo – tomchi yo‘li (havo orqali, gapirganda, aksirganda va yo‘talganda yaraga so‘lak tomchilari tushishi).
b) Kontakt yo‘li (jarohatga tegadigan narsalardan infeksiya tushishi).
v) Inplantatsion infeksiya (choklar, tamponlar, drenajlardan o‘tadigan infeksiyalar)
2. Endogen manbalar: organizmda mavjud bo‘lgan surunkali yallig‘lanish o‘choqlaridan infeksiyaning jarohatga o‘tishi.
Aseptika antiseptika usuli b-n birga olib boriladi. Uy sharoitida kuygan yoki b. jarohatlarni bog’lash vaqtida ham aseptika qonun-qoidalariga amal qilish lozim.
Antiseptika - jarohatlarni va ularni tozalab davolashda ishlatiladigan asboblarni kimyoviy moddalar b-n yuqumsizlantirish usuli.
Antiseptika yunoncha so‘z bo‘lib, (anti – qarshi, septikos – yiringli jarohat) jarohatda mikroblar sonini kamaytirish, ularni organizmga kirishi va rivojlanishiga qarshi qaratilgan chora – tadbirlar majmuasidir.
1867 y.da ingliz olimi J. Lister fransuz bakteriologi L. Paster tajribalariga asoslanib operasion xona havosidagi, jarroh qo‘lidagi va jarohatga ishlatiladigan narsalar (doka, jarrohlik asboblari)dagi bakteriyalarni yo‘qotish b-n jarohatlarni ko‘pgina asoratlardan saqlab qolish mumkin degan xulosaga keldi. Buning uchun u 5% li karbol kislota eritmasiga qo‘llangan bir necha qavat bog’lov ishlatdi.
Antiseptik kimyoviy preparatlar yuza va chuqur qo‘llaniladi. Yuza antiseptikada jarohat va bo‘shliqlar xloramin, xlorasid, vodorod peroksid, kaliy permanganat va b. moddalar eritmasi b-n yuviladi yoki jaroat yuzasiga antiseptik mazlar (mas, A.V. Vishnevskiy mazi) surtiladi. Chuqur antiseptikada esa avj olayotgan jarohat atrofidagi teri ostiga antiseptik suyuqliklar (furasilin, rivanol va b. eritmalar), teri osti, muskul orasi yoki venaga antibiotiklar singari antiseptik moddalar yuboriladi.
Dezinfeksiya (dez. va infeksiya), yuqumsizlantirish — yuqumli kasalliklarni qoʻzgʻatuvchi mikroorganizmlar (bakteriyalar, viruslar va boshqalar)ni yoʻq qilish.
Keng maʼnodagi dezinfeksiyaga odam bilan hayvonlar uchun zararli hasharotlarni yoʻq qilish — dezinseksiya va zararli kemiruvchilarni yoʻq qilish — deratizatsiya ham kiradi.

Download 25.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling