Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Iqtisodiy nazariyaning predmet sohasi –


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

Iqtisodiy nazariyaning predmet sohasi – amalga oshirilish jarayonida 
iqtisodiy qonunlar namoyon bo‘ladigan inson faoliyati. 
Ijtimoiy-iqtisodiy nazariya (siyosiy iqtisod) – iqtisodiy ne’matlarning 
harakatlanishi jarayonida xo‘jalik yurituvchi agentlar o‘rtasida yuzaga 
keladigan ishlab chiqarish munosabatlari to‘g‘risidagi fan; ishlab chiqarish 
kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlari o‘rtasidagi ziddiyat ushbu 
nazariyaning predmeti doirasida asosiy ziddiyat hisoblanadi. 
Iqtisodiy nazariya predmetining mohiyati takror ishlab chiqarish 
munosabatlarining ijtimoiy shakli bilan mazkur munosabatlar ifoda etadigan 
yaratuvchilik faoliyatining mazmuni o‘rtasidagi uzviy birlikdan iborat. 
Nazariya – dunyoning ilmiy manzarasini bilishning oliy shakli
voqelikning qonuniyatlari va muhim aloqalari haqida yaxlit tasavvur hosil 
qiluvchi bilishning u yoki bu tarmog‘idagi eng umumiy asosiy g‘oyalar tizimi. 
Funksional iqtisodiy nazariya («asosiy oqim», Economics) – insonning 
cheklangan ne’matlar olamidagi xatti-harakatining qonuniyatlari to‘g‘risidagi 
fan; o‘sib boruvchi ehtiyojlar bilan cheklangan ne’matlar o‘rtasidagi ziddiyat 
ushbu nazariya predmeti doirasida asosiy hisoblanadi. 
Iqtisodiy nazariya – hayotiy ne’matlarni takror ishlab chiqarish 
jarayonida iqtisodiy agentlar o‘rtasida yuzaga keladigan ijtimoiy 
munosabatlarning rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganadigan asosiy 
(fundamental) fan. 
Mavhumlashtirish – tadqiqot tafakkurini ko‘rib chiqilayotgan 
predmetning nomuhim, ikkinchi darajali deb hisoblanuvchi tomonlaridan 
ajratish orqali iqtisodiy hodisalarni atayin soddalashtirish. 
Iqtisodiy nazariyadagi tahlil – ko‘rib chiqilayotgan iqtisodiy hodisani 
yoxud uning alohida bo‘g‘inlarini fikran tarkibiy qismlarga ajratish va alohida-
alohida tadqiq etish. 
Analogiya – xossalarni ma’lum noiqtisodiy hodisadan tadqiq etilayotgan 
iqtisodiy hodisaga ko‘chirishni nazarda tutuvchi bilish usuli. 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling