Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
Iqtisodiyot nazariyasidagi asosiy oqimlar
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
3. Iqtisodiyot nazariyasidagi asosiy oqimlar
Iqtisodiyot nazariyasi quruq yerda paydo bo‘lmagan. Shu bois iqtisodiy bilimlarning paydo bo‘lishiga oid ma’lumotlarni keltirishni joiz deb topdik, sababi turli tarixiy davrlardagi ilmiy qarashlar muayyan ma’noda taraqqiyotga hissa qo‘shgan. Qadimgi Misr, Hindiston, Xitoy, Yunoniston, Rim va Sharq mutafak- kirlari (Xammurapi, Manu, Konfutsiy, Ksenofont, Platon, Aristotel, Varran, M.Katon, Kollumela va boshqalar)ning iqtisodiy qarashlariga e’tibor bersak, ular mehnat taqsimoti, yaratilgan mahsulot taqsimlanishi, boylikning vujudga kelishi, xo‘jalik yuritish qoidalari, mehnatni tashkil qilish, yerga mulkchilik masalalariga oid o‘z yondashuvlarini bayon qiladilar. Miloddan keyingi dastlabki ming yillikdagi iqtisodiy qarashlarda iqtisodiy bilimlarning rivojlanishida muqaddas manbalar («Qur’on», «Hadis») hamda O‘rta Osiyo va Sharqning buyuk allomalari qarashlari alohida o‘rin tutganligini ko‘ramiz. 18 Islom dinining muqaddas kitobi – Qur’oni karimda (arabcha – qiroat, ya’ni o‘qish) iqtisodiy fikr va ko‘rsatmalar muayyan darajada o‘z aksini topgan. Islom dinida Qur’oni karim Alloh tomonidan payg‘ambar Muhammad (s.a.v.)ga 23 yil davomida vahiy qilingan deyiladi. Payg‘ambar Muhammad alayhissalom 570-yili Makkada quraysh qabilasiga mansub bo‘lgan Hoshimiylar xonadonida tug‘ilib, 632-yilning iyun oyida Madinada vafot etgan. Qur’oni karimdagi asosiy g‘oyalardan biri musulmonlarning qardoshligi bo‘lib, arab qabilalari shu bayroq atrofida birlashdilar. Unda dehqon va hunarmandlar mehnati, umuman halol mehnat ulug‘lanadi, barcha boylik shu asosda paydo bo‘lishi uqtiriladi. Iqtisodiy taraqqiyotning turli bosqichlari va usullarini tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, moddiy ne’matlarni ishlab chiqarish va ularning iste’molida diniy tushunchalar, odamlarning iymon-e’tiqodi katta ta’sir kuchiga ega. Islomning asosiy manbai Qur’oni karimning oyatlari bandlarning har jihatdan poklikka, iymon va salomatlikka chorlaydi. Bu muqaddas kitobning 293 ta oyati bevosita iqtisodiy tafakkurga bag‘ishlangan. Boshqa ko‘plab oyatlarda ham qisman iqtisodiyotga tegishli fikrlar uchraydi. Bu muqaddas kitobda savdoga katta ahamiyat beriladi, sudxo‘rlik (sudxo‘rlik foizi) qoralanadi, mulkning muqaddasligi, birovning mulkiga xiyonat va hatto hasad qilish katta gunoh, deb ko‘rsatiladi. Islomda jamiyatning tengsizligi taqdiri azaldan deb tan olinadi, ammo halollik va to‘g‘rilikka buyuriladi, yolg‘on ishlatish, o‘g‘rilik va mehnatsiz daromad topish man qilinadi. Qur’oni karimda qarz olish va berish, merosni taqsimlash, yetim-yesirlarga muruvvat, xayr- ehson qilish, o‘zaro yordam berish haqidagi g‘oyalar, soliq turlari va miqdori to‘g‘risidagi tushunchalar katta ahamiyat kasb etadi. Oyati karima va hadisi shariflarda turli kasblarni egallash, ayniqsa, dehqonchilik, qo‘ychilik bilan shug‘ullanish, mehnat qilish zarurligi marhamat qilingan. Islom aqidasida isrofgarchilikka qarshi kurash Qur’oni karimdagi «Yenglar, ichinglar, hadya qilinglar, ammo isrof qilmanglar», degan oyat asosida olib boriladi (bu hozirgi davrda eng asosiy muammolardan biri hisoblanadi). «Daryo bo‘yida tahorat qilsangiz ham, suvni isrof qilmanglar» kabi qoida aynan hozirgi zamon iqtisodiyoti va ekologiyasi uchun nihoyatda ahamiyatlidir. Shuningdek, «Avesto» shakllanishi davrida kishilik jamiyati ilgarilab, rivojlana bordi. Ko‘chmanchilikka asoslangan Markaziy Osiyoda eski turmush tarzi o‘rnini o‘troq yashash egallay boshladi, sug‘oriladigan dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik borgan sari taraqqiy etdi. Yangi-yangi shaharlar, obod qishloqlarning paydo bo‘lishi 19 o‘troq yashash turmush tarzining afzalliklarini ko‘rsata bordi. Ana shu o‘troqlik turmush tarzining odamlarga benihoya kulfatlar keltirayotgan ko‘chmanchilikka asoslangan turmush tarziga nisbatan afzalliklarini ko‘rsatib berishda «Avesto»ning ahamiyati kattadir. «Avesto»da «yerga yaxshi, sog‘lom urug‘lar sepishdan ortiq savob ish yo‘q» deb, xalq xo‘jaligi sohasida dehqonchilikning muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlangan. «Olam go‘zalligi dehqondan, dehqonchilikdan, kimki yerga urug‘ qadabdi, u odamiylikka iymon keltiradi, yagona shu yo‘lgina haqiqat bo‘lib, qolgani sarobdir», deyiladi unda. Qo‘riq va bo‘z yerlarni o‘zlashtirish, uni jamoa o‘rtasida adolatli taqsimlash eng savobli ishlardan hisoblangan. Asarda oziq-ovqat tayyorlash, uy hayvonlarini va chorva mollarini ko‘paytirishga ham alohida e’tibor berilgan. «Avesto»da yer, suv, havoni bulg‘ash, ifloslash og‘ir gunoh ekanligi ta’kidlanadi. Bunday ibratli tasdiqlash bugungi avlodlarni ham tabiatga, atrof-muhitga vahshiyona munosabatda bo‘lmaslikka undaydi. Kitobda ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etish to‘g‘risida shunday deyiladi: «Yomon ovqatlangan xalq na yaxshi, kuchli ishlovchilarga va na sog‘lom, baquvvat bolalarga ega bo‘ladi. … yomon ovqatlanishdan odob-axloq ham aynib ketadi. Agar non mo‘l-ko‘l bo‘lsa, muqaddas so‘zlar ham yaxshi qabul qilinadi». Bu yerda biz sog‘lom avlod tarbiyasi, iqtisodiy va madaniy, ma’naviy yuksalish o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik mavjudligi to‘g‘risida fikr yuritilganligini ko‘ramiz. O‘sha davrda aytilgan bunday fikrlar ajdodlarimiz qadimgi dunyo madaniyatida yuqori yutuqlarga erishganidan dalolat beradi. Ushbu noyob kitobda patriarxal urug‘ jamoasi, uning tugatilishi davrida iqtisodiy tengsizlik, sinfiy tabaqalanish haqida qimmatli ma’lumotlar beriladi. Buyuk mutafakkirlarimiz hazrati inson ehtiyojlari (Forobiy), daromadlar va xarajatlar muvozanati (Ibn Sino), pulning kelib chiqish sabablari (Abu Rayhon Beruniy), jamiyatda mehnatning roli, moddiy ne’matlarning xususiyatlari, pul va uning vazifalari (Yusuf Xos Hojib) jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy tuzilishi, davlat moliyasi, soliqlarni belgilash tartibi (A.Navoiy), insonlarning ishlab chiqarish faoliyati, tovar qiymati va iste’mol qiymati, ayirboshlash jarayoni, tarixiy-ijtimoiy taraqqiyot prinsiplari (Ibn Xoldun) kabi masalalarga o‘z munosabatlarini bildirganlarini ko‘ramiz. Iqtisodiyot nazariyasi ko‘pgina mamlakatlarda milliy bozorlarning qaror topishi va jahon bozorining vujudga kelishi sharoitida (XVI–XVII 20 asrlar) iqtisodiy bilim va qarashlarning yaxlit tizimi sifatida «siyosiy iqtisod» nomi bilan mustaqil fan sifatida shakllana boshladi. «Siyosiy iqtisod» yunoncha so‘zdan olingan bo‘lib, «politikos» – ijtimoiy, «oykos» – uy, uy xo‘jaligi, «nomos» – qonun degan ma’nolarni anglatadi. Fransuz iqtisodchisi Antuan Monkretyen (1575–1621-y.) birinchi marta «Siyosiy iqtisod trakti» (1615-y.) asarida bu fanni ilmiy jihatdan asosladi va u 300 yildan ortiq vaqt davomida shu nom bilan rivojlandi. «Iqtisodiyot nazariyasi» fan sifatida shakllanish jarayonida vujudga kelgan asosiy g‘oyaviy oqimlar quyidagilardan iborat: ¾ merkantalizm – jamiyatning boyligi puldan, oltindan iborat bo‘lib, u savdoda, «asosan tashqi savdoda paydo bo‘ladi va ko‘payadi», deb tushuntiradi. Merkantalizm – italyancha «myersantye» so‘zidan olingan bo‘lib, «savdogar» ma’nosini anglatadi. XVI asrning boshlariga qadar natural xo‘jalik va iste’mol ustun bo‘lgan davrda birorta nazariya yaratilmagan bo‘lsa-da, mahsulot ishlab chiqarish, tovar-pul munosabatlari rivojlanishi bilan, Yevropada Uyg‘onish davri, buyuk geografik kashfiyotlar, mustamlakachilik bilan hamohang ravishda dastlabki merkantalizm ta’limoti yaratildi. Ma’lumki, har qanday iqtisodiy dunyoqarashda boylik manbai masalasi muhim sanaladi. Chunonchi, iqtisodiyotda ikki soha mavjud: ishlab chiqarish (hunarmandchilik, sanoat, qishloq xo‘jaligi) hamda muomala (pul, savdo-sotiq, hozirgi davrda xizmatlar). Bu oqimning namoyandalari Vil Stafford, Tomas Men, Antuan Monkretyen, Jon Lou, Gaspar Skaruffi va boshqalar. Download 2.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling