Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

Tahlil uslublari. Iqtisodiyot nazariyasi predmetini o‘rganishda idrok 
etishning ikki bosqichi qo‘llaniladi. 
Birinchi bosqich kuzatish bosqichi hisoblanadi. Bu bosqichda 
iqtisodiyotga oid ma’lumotlar to‘planadi, ular boshqa noiqtisodiy 
ma’lumotlardan ajratib olinadi. Ularga dastlabki tarzda umumiy baho 
beriladi va hali sinab ko‘rilmagan xulosa – gipoteza olg‘a suriladi. 
Ikkinchi bosqichda gipotezalar boshqa ma’lumotlarni o‘rgangan 
holda sinab ko‘riladi, ular tasdiqlansa, qabul qilinadi, ular asosida nazariy 
qonun-qoidalar ta’riflanadi, 
Nazariy xulosa amaliyot bilan solishtirib ko‘riladi. Agar real iqtisodiy 
hayot nazariy qoidani doimo tasdiqlab tursa, demak, u to‘g‘ri bo‘lib 
chiqadi. Agar aytilgan hodisa qisman tasdiqlansa yoki tasdiqlanmasa, 
ta’riflangan qoidani qaytadan ko‘rish, zarur bo‘lsa, to‘ldirish yoxud undan 
tamomila voz kechish kerak bo‘ladi. 


 13
Iqtisodiyot nazariyasi tabiiy fanlardan farqliroq o‘z xulosalarini 
laboratoriyadagi tajriba yoki tabiatdagi sinovlar yordamida tekshirib ko‘ra 
olmaydi. Agar nazariyada iqtisodiy beqarorlik bo‘ladi, uning belgilari 
ishlab chiqarishning pasayishi, ishsizlik va inflatsiya deb qaralsa, uni 
tasdiqlash uchun tajriba yoki sinov o‘tkazib bo‘lmaydi. Bularni faqat 
kuzatish, ular haqida ma’lumot to‘plash va bu ma’lumotni nazariy 
umumlashtirish mumkin, xolos. 
Nazariyada, tasodifiy yoki juz’iy emas, balki doimo takrorlanib 
turadigan iqtisodiy hodisalarni anglash uchun abstraksiyalash usuli 
qo‘llaniladi. Bu usul nazariya uchun asosiy hisoblanadi. Bu usul 
yordamida iqtisodiy hodisalar ularga ta’sir etuvchi o‘tkinchi va ikkinchi 
darajali omillardan xoli etib olinadi, ularga nazariy baho beriladi. 
Abstraksiyalashda taxmin usuli qo‘llanadi, ya’ni ma’lum shart-sharoit 
bo‘lganda nima yuz berishi taxmin etiladi. Masalan, narxning talabga 
ta’sirini bilish uchun talabga ta’sir etuvchi boshqa omillar o‘zgarmay 
turibdi deb taxmin qilinadi. Shunday sharoitda narx va talabning 
o‘zgarishi qanday bo‘lishi aniqlanadi. Boshqa bir misol: texnologiyaning 
mehnat unumdorligiga ta’siri aniqlanganda narx-navo ishchilarning 
malakasi, ishlab chiqarishning tabiiy sharoiti, tovarlarning sotilib turishi 
o‘zgarmaydi deb taxmin qilinadi. Ammo bunday taxmin qilish amalda 
bor narsalarni vaqtincha nazardan kechirib turishni bildiradi. Hayotda 
uchramaydigan fantastik hodisalarni, masalan, boshqa planetalardan 
odamsimon jonzotlar keldi yoki kelmadi, deb hech qachon taxmin 
qilinmaydi. 
Abstraksiyalash asosida mantiqiy usul yotadi, bunda mantiq 
yordamida iqtisodiy hodisalarning o‘zaro bog‘lanishi, ularning 
umumiyligi va farqlari, kelib chiqish sabablari va oqibatlari aniqlanib 
olinadi. 
Abstraksiyalash – bu iqtisodiyotning nazariy modelini yaratishdir. 
Lekin model real iqtisodiy voqelikni aks ettirgandagina ilmiy bo‘ladi. 
Model aslida iqtisodiy voqelikning nazariy ifodasidir. 
Murakkab iqtisodiy hodisalarni dastlab tahlil etish va so‘ngra 
tushuntirib berish uchun sodda yoki murakkab iqtisodiy modellar 
qo‘llaniladi. Sodda modelga misol tariqasida iqtisodiy sirkulatsiya 
(oborot) modelini olish mumkin. Bu modelda iqtisodiyot ishtirokchilari 
faqat firmalar va xonadonlardan iborat, ular boshqalar bilan aloqa 
qilmaydi, ular bor tovarini va pulini bozorga tashlaydi, deb taxmin 
qilinadi. Shu modelga binoan iqtisodiyotning asosiy ishtirokchilari 
o‘rtasidagi aloqalar tahlil qilinadi, bu aloqalar bir-biriga tovar va 


 14
xizmatlar yetkazib berishdan iborat va shunga mos ravishda ular o‘rtasida 
pulning oldi-berdisi yuz berishi haqida xulosa chiqariladi. Murakkab 
modellar tuzilganda ko‘pchilik subyektlar o‘rtasidagi va ko‘p turdagi 
iqtisodiy aloqalar olinib, ular matematik hisob-kitoblar asosida ko‘rib 
chiqiladi, bunda aloqalarning miqdoriy tahlili o‘tkaziladi. 
Iqtisodiyot nazariyasi o‘z predmetini tahlil etganda pozitiv va 
normativ usullarni qo‘llaydi. Pozitiv usul – bu iqtisodiy voqelikni nazariy 
jihatdan qandayligini tushuntirib berish, ya’ni uni ilmiy talqin etish. 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling