Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


-BO‘LIM. JAMIYAT IQTISODIY TARAQQIYOTINING


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

1-BO‘LIM. JAMIYAT IQTISODIY TARAQQIYOTINING 
 UMUMIY ASOSLARI 
1-MAVZU. IQTISODIYOT NAZARIYASI FANINING 
PREDMETI VA VAZIFALARI 
1. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va metodi 
Iqtisodiyot nazariyasi umumiqtisodiy fan, uning predmeti kishilar 
iqtisodiy xatti-harakatining shart-sharoiti va qonun-qoidalaridir. Mazkur 
fanning metodologik tamoyillari iqtisodiyotni tizim sifatida o‘rganish, 
unga noiqtisodiy omillar va tabiiy shart-sharoit, texnologik o‘zgarishlar 
ta’sirini nazarda tutish, iqtisodiyotni statistikada emas, balki dinamikada 
o‘rganishdir. 
Ushbu fanda iqtisodiy hodisalarni kuzatish, abstraksiyalash orqali 
nazariy xulosa chiqarish, nazariy modellar yaratish, pozitiv va normativ 
usullarni qo‘llash, miqdoriy va sifatli tahlilni birlashtirish, oddiy 
hodisalardan murakkab hodisalarni o‘rganishga o‘tish, iqtisodiyotni uning 
turli darajalarida o‘rganish kabi usullar qo‘llaniladi. Bu fan o‘z 
predmetini o‘rganishda shunday qonun va kategoriyalarni qo‘llaydiki, 
ular umumiqtisodiy va ayrim tizimlarga xos bo‘ladi. Fanning funksiyalari 
iqtisodiy hodisalarni idrok etish, kishilarga iqtisodiy bilim berish, boshqa 
iqtisodiy fanlarga nazariy asos bo‘lish, shuningdek, iqtisodiy siyosatga 
oid amaliy tavsiyalar berishdan iborat. 
 Iqtisodiyot nazariyasi fani predmetiga oid qarashlar (ta’riflar) 
quyidagicha:
iqtisodiyot nazariyasi – boylik to‘g‘risidagi fan; 
iqtisodiyot nazariyasi – jamiyatda yuz beradigan iqtisodiy 
hodisalar, jarayonlar va ularning qonun-qoidalarini o‘rgatuvchi fan; 
iqtisodiyot nazariyasi – kishilar tomonidan har-xil tovarlarni 
(bug‘doy, mol go‘shti, palto va h.k.) ishlab chiqarish maqsadida noyob va 
cheklangan unumli resurslardan (yer, ishlab chiqarishga mo‘ljallangan 
tovarlar, mehnat, mashinalar) foydalanish to‘g‘risidagi fan; 
iqtisodiyot nazariyasi – ayirboshlash, pulli bitimlar bilan bog‘liq 
iqtisodiy faoliyat turlari haqidagi fan; 


9
iqtisodiyot nazariyasi – ishlab chiqarish insonning iste’mol 
borasida o‘z vazifalarini qanday bajarayotganligi to‘g‘risidagi fan; 
iqtisodiyot nazariyasi – kishilarning kundalik ishbilarmonlik 
faoliyati, tirikchilik manbai, o‘z mablag‘idan foydalanishi to‘g‘risidagi 
fan va h.k. 
Iqtisodiyot nazariyasi fanining vazifalari quyidagicha: 
iqtisodning sir-asrorlarini o‘rganish, ularni ommaga yetkazib
iqtisodiy bilim saviyasini oshirish; 
boshqa iqtisodiy fanlarga ilmiy-uslubiy asos bo‘lib xizmat qilish. 
Boshqa fanlar iqtisodiy nazariya asoslab bergan kategoriya va qonunlarga 
tayangan holda o‘z predmetini o‘rganadi. Ayni vaqtda nazariya boshqa 
fanlar xulosalariga asoslanib iqtisodiy hodisalarni umumlashtiradi; 
amaliy tavsiyalar berish. Bu tavsiyalar umumiqtisodiy siyosatga 
tegishli bo‘ladi. Ular iqtisodiy o‘sishni va uning samaradorligini oshirish
aholini to‘la ish bilan ta’minlash va uning farovonligini oshirish, 
iqtisodiyotni barqarorlashtirish va inflatsiyani bartaraf etish, iqtisodiy 
integratsiyalash va tashqi aloqalarni kengaytirish kabi umumiy 
ahamiyatga ega tavsiyalardir. 
Iqtisodiyot nazariyasi fanining uslublari: 
umumiylik va xususiylikning birligi
ilmiy abstraksiya; 
tarixiylik va mantiqiylikning birligi; 
nazariyani ijtimoiy amaliyot bilan bog‘lash; 
induksiya va deduksiya; 
analiz va sintez; 
miqdor va sifat tahlilining yaxlitligi. 
Iqtisodiyotning doimiy va bosh masalasi – jamiyat ehtiyojlarining 
cheksizligi va iqtisodiy resurslarning cheklanganligidir. 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling