Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
jipslashtirishning asosiy yo‘nalishi umummilliy manfaatlar va nodavlat
sektordagi tadbirkorlik manfaatlarining organik integratsiyasi jarayo- nidir. Jipslashtirishning bu funksiyasi, ayniqsa, jahon iqtisodiyotining globallashuvi sharoitida juda muhimligini davlatimiz rahbari o‘zining tarixiy ahamiyatga ega «O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda» nomli asarida bayon etib bergan. 5 Rivojlangan bozor iqtisodiyotiga ega demokratik dunyoviy davlat qurish, kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi oldida turgan maqsadlardan kelib chiqib, Prezident Islom Karimov mamlakatning jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvi qonuniyatini avvaldanoq yaqqol tasavvur qilgan davlat rahbaridir. Bu esa o‘zbek modelining globallashuv jarayonlariga samarali moslashishi va o‘z taraqqiyotida yangi turtki olishga imkon yaratdi. Chunki iqtisodiyotdagi tub islohotlar O‘zbekistonda jahon moliyaviy inqirozining salbiy ta’sirini bartaraf etish asosini tashkil etadi. Davlatimiz rahbari Islom Karimovning mustaqillikning 20 yilligi arafasida chop etilgan «O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida» kitobida yuqorida qayd etilgan masalalar batafsil yoritilib, unda: «Markazlashtirilgan rejalashtirish va taqsimlash mexanizmi asosida faoliyat ko‘rsatgan butun sovet tizimiga xos bo‘lgan illatlar bilan bir qatorda, respublikamiz iqtisodiyotining bir yoqlama rivojlanib, faqat xom ashyo yetkazib berishga yo‘naltirilgani, iqtisodiyot, ekologiya va aholi genofondiga halokatli ta’sir ko‘rsatgan to‘la va mutlaq paxta yakkaho- kimligi yurtimizdagi vaziyatni jar yoqasiga olib kelib qo‘ygan edi. Buning oqibatida ulkan tabiiy, mineral xom ashyo, mehnat va inson salohiyatiga ega bo‘lishiga qaramasdan, respublikamiz sobiq SSSRda aholi turmush darajasi, ijtimoiy va gumanitar sohalar rivoji bo‘yicha oxirgi o‘rinlardan birida turar edi. SSSR parchalanib ketganidan keyin vujudga kelgan sharoitda iqtisodiyotning fojiali ravishda inqirozga yuz tutishi, inflyasiyaning o‘ta keskin o‘sishini jilovlash, ilgari qaror topgan xo‘jalik, ishlab chiqarish va moliyaviy aloqalarning butunlay izdan chiqib ketishi oqibatlariga barham berish, ishsizlikning yanada avj olishiga yo‘l qo‘ymaslik favqulodda muhim ahamiyat kasb etganligi» haqida ma’lumotlar olish mumkin. O‘zbekiston xalqi o‘z rahbari Islom Karimov rahnamoligida mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab o‘z umrini o‘tab bo‘lgan eski mustabid sovet tizimidan voz kechib, jahon tajribasini har tomonlama puxta o‘rganish, umuminsoniy qadriyatlarni chuqur anglash, milliy urf- odat va an’analarimizni asrab-avaylash va yanada mustahkamlash asosida ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan ochiq demokratik davlat barpo etishga azmu qaror qildik. Yuqoridagi omillar mamlakatimiz iqtisodiy, ijtimoiy, moliyaviy xavfsizlikni ta’minlash poydevori vazifasini bajarmoqda. Ushbu darslikda iqtisodiyotga oid nazariy xulosalarni ijtimoiy hayot bilan bog‘lashga harakat qilindi. Prezident Islom Karimov asarlarida 6 bayon etilgan ilmiy qoidalarni mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar amaliyoti bilan bog‘lashga katta ahamiyat berildi. Unda XXI asr iqtisodiyotidagi jiddiy o‘zgarishlar inobatga olindi. Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan yoshlarimiz jadal yangilanayotgan iqtisodiyot sharoitida yashashi va ishlashi uchun, Prezident ta’biri aytganda, «bugungi tez o‘zgarayotgan hayot voqeligiga ongli qarab, mustaqil fikrlashi va diyorimizdagi barcha o‘zgarishlarga daxldorlik tuyg‘usi bilan yashash zarurligi», ularga moslasha borishlari kerak bo‘ladi. Buning uchun «Iqtisodiyot nazariyasi» beradigan fundamental bilimlarni egallab olishga to‘g‘ri keladiki, bu haqda davlatimiz rahbari Islom Karimov mustaqillikning ilk yillarida «Prezidentdan to oddiy fuqarogacha, yoshi va vazifasidan qat’i nazar – hammani bugungi zamon talablariga, bozor iqtisodiyoti qonun-qoidalariga o‘rgatish» muhim vazifa ekanligini alohida ta’kidlagan. Shu bois «Iqtisodiyot nazariyasi» fani tinglovchilarning iqtisodiyotning rivojlanishi va mazmuni, jamiyatda ro‘y berayotgan iqtisodiy jarayonlar mohiyatini tushunib yetishi, iqtisodiyotning sir-asrorlarini idrok etishi, O‘zbekiston va jahon mamlakatlari iqtisodiy taraqqiyotining o‘ziga xos jihatlari, mohiyati, rivojlanish bosqichlari haqidagi bilimlarini shakllantirishda yaqindan yordam beradi. Mazkur darslikka asos qilib olingan yana bir prinsip – nazariy bilimlarni tushunarli uslubda yetkazish, ya’ni mavzuga oid ayrim xulosalar, iqtisodiyot nazariyasi fanining asosiy tushunchalari, tafsilotini yoritishdan iborat bo‘ladi. Shu bois unda ilmiy qoida va xulosalarning bayoniga asosiy e’tibor qaratildi, keltirilgan raqamlarda O‘zbekistonning o‘z taraqqiyot yo‘liga bo‘lgan ishonchi, fuqarolarimiz qat’iyati, tashabbuskorligi, bunyodkorlik, yaratuvchanlik g‘oyasi bilan yashayot- ganligi va albatta, o‘z kelajagini yanada farovon etishga intilishi ifodalangan. Bu raqamlar, eng avvalo, odamlarimiz ongidagi o‘zgarishlar mahsuli sifatida mamlakatimizda ro‘y berayotgan izchil iqtisodiy o‘sishni aks ettirib, fuqarolarimizning mehnatga, jamiyatning iqtisodiy negizi bo‘lgan mulkka bo‘lgan munosabatining mahsuli ekanligini, joylarda, nihoyat, taraqqiyotni belgilovchi kuch – tadbirkor va fermerlarga mustaqillikning dastlabki yillaridagidek «o‘gay ko‘z» bilan emas, balki xususiy mulkka iqtisodiyotning hal etuvchi tayanchi sifatida munosabatda bo‘linayotgani mahsuli ekanligi dalolatidir. Hozirgi vaqtda jamiyatimizda iqtisodiyot olamini bilishga intilish kuchaydi, ammo uni faqat iqtisodiy qiyinchilik bilan izohlash noto‘g‘ri bo‘ladi. Gap shundaki, bugungi kunga kelib, mamlakatimizda kichik 7 biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish chora-tadbirlari hamda unga e’tibor yanada ortib bormoqda. Tadbirkor bo‘lib yaxshi daromad topish uchun ishning ko‘zini, iqtisodiy faoliyatning barcha sir-asrorlarini va nozik tomonlarini chuqur bilishga intilish kuchaydi. Shuningdek, iqtisodiyot nazariyasini bilish nafaqat amaliy faoliyat uchun, balki iqtisodiy ish bilan shug‘ullanmaydigan kishilar uchun ham kerakligini hozirgi kunda dunyoda davom etayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi kun tartibiga olib chiqdi, chunki ular hech bo‘lmaganda iste’molchi (xaridor) bo‘lib maydonga chiqadilar, pul topadilar, uni sarflaydilar, oila budjetini yuritadilar. Umuman olganda, iqtisodiy munosabatlarga kirishmay yashaydigan inson bo‘lmaydi. Mazkur darslik iqtisodiyot nazariyasini mustaqil o‘rganish talablaridan kelib chiqqan holda, o‘quvchilarda yangicha iqtisodiy fikrlash ko‘nikmasini shakllantirish zaruratini ham hisobga oladi. Unda tinglovchilarning mustaqil bilim olishlari, yozma ishlar tayyorlashlari inobatga olinib, bir qator ma’lumotlar kengroq yoritildi. Ma’lumki, Davlat ta’lim standartlari doirasida bir qancha darslik, o‘quv qo‘llanmalari va ma’ruzalar kurslari amal qilishi mumkin. Shu bois, biz ushbu darslikni muqobil darslik sifatida tayyorlashni lozim topdik. Mazkur darslikni tayyorlashda yetakchi olimlar tomonidan mustaqillik yillarida yaratilgan darsliklar, ayniqsa, 2006-yilda hammualliflikda chop etilgan «Iqtisodiyot nazariyasi» darsligidan foydalanildi. Muallif uni tayyorlashda ko‘rsatgan beg‘araz yordamlari uchun professorlar A. O‘lmasov va A. V. Vahobovga samimiy minnatdorchiligini bildiradi. Darslikning «Iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning roli» nomli 18-mavzusi iqtisod fanlari nomzodi S. Yɟ. Yernazarov bilan hammualliflikda yozildi. Darslik o‘quv dasturi (2011-y.) asosida tayyorlangan. Muallif darslik to‘g‘risida bildirilgan barcha fikr-mulohazalarni mamnuniyat bilan qabul qiladi va keyingi ishlarida ularni inobatga oladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling