O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent moliya instituti “iqtisodiyot” fakulteti


Download 98.67 Kb.
bet1/11
Sana08.05.2023
Hajmi98.67 Kb.
#1446806
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Pul tizimi evolyutsiyasi va uning turlari


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
IQTISODIYOT” FAKULTETI


IQTISODIYOT” KAFEDRASI
IQTISODIYOT NAZARIYASI” FANIDAN
Kurs ishi
MAVZU: Pul tizimi evolyutsiyasi va uning turlari
Topshirdi: Mamatvaliyev Boburjon Bahodir o‘g‘li
Tekshirdi: _________________________________


TOSHKENT – 2023
MAVZU. Pul tizimi evolyutsiyasi va uning turlari
Kirish
Reja:

  1. Pul, uning kelib chiqishi va zarurligi.

  2. Qiymat shakllarining evolyusiyasi. Pulning mohiyati, o‘ziga xos xususiyatlari.

  3. Pulning funksiyalari

  4. Pul shakllari va turlarining evolyusiyasi.

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish
Umumiqtisodiy, soliq-budjet va pul-kredit siyosati amaliyotini muvofiqlashtirishni takomillashtirish, amalga oshirilayotgan iqtisodiy o‘sish, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining balansliligini va inflatsiyaning past darajasini uyg‘unligi va mutanosibligini ta’minlash



  1. Pul, uning kelib chiqishi va zarurligi.

Har bir iqtisodiy kategoriyada amal qiluvchi hamda mamlakat rivojlanishining asosiy dastaklaridan biri pul bo‘lib, bozor iqtisodiyotiga o‘tish va unda ish yuritishda pulning mavqei va ahamiyati yanada oshib boradi. Darhaqiqat, pul - «bozor tili» deb bekorga aytishmagan. Har bir iqtisodiy axborot, tovarlar va xizmatlar bahosi, to‘lovlar, daromadlar va xarajatlar, moliyaviy talablar va majburiyatlar, iqtisodiy aloqalar makro va mikro darajalarda faqat pulda ifoda qilinadi.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida pulning ahamiyatining oshishi shundaki, jamiyatimizda mavjud yuridik va jismoniy shaxslar faoliyati hamda ularning natijasi daromadi pul bilan borliq. Shuning uchun x.am, pul barcha ik,tisodiy rivojlanish pog‘onalarida odamlarni o‘ziga jalb qilib kelgan. Pulning vujudga kelishi kishilik jamiyati sivilizatsiyasining buyuk kashfiyotlaridan hisoblanadi. ”Pul” deb nomlangan maxsus tovarning paydo bo‘lishi natijasida odamlar o‘rtasida ayirboshlash bilan bog‘liq ziddiyatlar va «ehtiyojlarning bir – biriga mos kelmasligi» kabi muammolar barham topdi.
Pulning vujudga kelishi, uning evolyusion rivojlanishi, nazariyasi, mohiyati va funksiyalari haqida xorijiy va mahalliy iqtisodchi olimlar, nazariyachilar, mutaxassislar juda ko‘p ilmiy asarlar, maqolalar va tadqiqot ishlari yaratgan. Hozirgi kunda ham ushbu jarayon davom etmoqda. Iqtisodiy adabiyotlarda pulning vujudga kelishi va uning hozirgi kundagi ko‘rinishi haqida yagona yondashuv mavjud emas.
Pulning vujudga kelish sababini bilish uchun qadimda odamlar o‘rtasida ro‘y bergan ayirboshlash munosabatlarini amalga oshirish jarayoniga e’tibor qaratish lozim. Chunki, aynan mana shu tabiiy ayirboshlash jarayoni hozirgi kunda siz bilan biz kundalik hayotda va hisob – kitoblarda foydalanib kelayotgan pulning vujudga kelishiga zamin yaratgan. Xususan, pulning vujudga kelishiga quyidagi omillar asos bo‘lib xizmat qiladi:
- qadimgi davrda odamlar o‘z ehtiyojidan ortib qolgan iste’mol mahsulotlari turib qolmasligi va saqlashning imkoniyati bo‘lmaganligi bois ularni o‘zlariga yaqin yoki tanish odamlarga bergan, bu o‘z – o‘zidan odamlar o‘rtasida stixiyali ravishda bir tomonlama ayirboshlash munosabatlari vujudga kelishiga sabab bo‘lgan;
- keyinchalik odamlarning ongi, dunyoqarashi va hayot kechirish tarzi rivojlanganligi natijasida, ikki tomonloma ayirboshlash munosabatlari vujudga kela boshladi. Bu davrda, kishilarda o‘ziga zarur bo‘lmagan buyumning o‘rniga nimadir olish evaziga, ikkinchi kishiga berishi lozimligini anglay boshladilar.
Bularning barchasi dastlab stixiyali ravishda sodir etilib, bu odamlarning kundalik uchun zarur bo‘lgan buyumlar, oziq – ovqatlar, kiyim – kechaklar va boshqa ehtiyojlarini qondirish natijasida ro‘y bergan. Bu davr ishlab chiqarish usulining natural xo‘jalik tuzumi davriga borib taqaladi. Ma’lumki, natural xo‘jalik tuzumidan ilgarigi davrda har bir kishi kunlik ehtiyoj uchun zarur bo‘lgan mahsulotni mustaqil ravishda ishlab topgan (yaratgan)ligi bois, ular o‘rtasida ayirboshlash munosabatlariga ehtiyoj mavjud bo‘lmagan. Yuqorida qayd etilgan ikki omil, kishilar o‘rtasida ayirboshlash munosabatlarining shakllanishiga zamin yaratdi, natijada odamlar ixtiyoridagi ortiqcha mahsulotni o‘zi uchun zarur bo‘lgan boshqa mahsulotga ayirboshlashga ehtiyoj seza boshladi.
Ayirboshlash – bu kishilarning istak – xohishlari va ehtiyojlari mahsuli sifatida amalga oshiriladigan jarayon bo‘lib, buning natijasida, tomonlar ehtiyojini qondirish maqsadida ixtiyoridagi narsadan voz kechib, zarur bo‘lgan narsaning o‘rniga berishdir. Ayirboshlash kishining ehtiyoji bo‘lgan buyumga ega bo‘lish imkoniyatini beradigan jarayondir. Demak, ayirboshlash “A” va “B” tomonlar o‘rtasidagi o‘zaro kelishuv natijasida sodir bo‘ladigan jarayon bo‘lib, “A” o‘ziga tegishli tovar yoki xizmatini “B” tomonning tovar yoki xizmati uchun berishdir. Madomiki, ushbu almashuv jarayoni ikki tomonga ham iqtisodiy jihatdan foydali bo‘lib, “A” tomon voz kechgan tovar yoki mahsulot o‘rniga o‘zi uchun zarur bo‘lgan, undan ham foydaliroq tovar yoki xizmatni oladi.
Shuningdek, natural xo‘jalikning rivojlanib borishi, jamiyatda mehnat taqsimotini shakllanishiga olib kelgan. Vaqt o‘tishi bilan odamlar o‘rtasida mahsulot ayirboshlash jarayoni rivojlanib, ishlab chiqarishning ixtisoslashuv jarayoni ro‘y bera boshlagan. Xususan, pulning vujudga kelishida chorvachilikning dehqonchilikdan ajralib chiqishi, keyinchalik hunarmandchilikning shakllanishi juda muhim ahamiyat kasb etdi. Ushbu davrda, odamlar o‘rtasida mahsulotlarni faol ayirboshlash jarayoni boshlandi. O‘sha davrdagi ayirboshlash munosabatlarini faollashishiga asosiy omillar sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:
- ishlab chiqarishning natural xo‘jalik shaklidan tovar ishlab chiqarish davriga o‘tishi;
- ishlab chiqaruvchi sub’ektlarning bir – biriga o‘zaro bog‘liqligining vujudga kelishi;
- ayirboshlash jarayonida tovarlar ekvivalentligining ta’minlanganligi.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida pulning ahamiyatining oshishi shundaki, jamiyatimizda mavjud yuridik va jismoniy shaxslar faoliyati hamda ularning natijasi daromadi pul bilan bog‘liq. Shuning uchun ham, pul barcha iqtisodiy rivojlanish pog‘onalarida odamlarni o‘ziga jalb qilib kelgan.
Avstraliyalik iqtisodchi olim K. Mengerning fikricha, Arastu va Aflotundan boshlab XX asrning boshigacha pul to‘g‘pisida jahonda besh-olti mingdan ortiq maxsus ishlar chop qilingan. Agar biz, hozirgi kunda pul to‘g‘pisida yozilgan va chop qilingan adabiyotlar soni bir necha marta oshib ketgan, desak mubolag‘a bo‘lmasa kerak. Tadqiqotlar shunchalik ko‘p bo‘lishiga qaramasdan, pul va uning xususiyatlari, har bir tizimda ishlatilishi, roli, iqtisodiyotga ta’siri, nega alohida olingan individumlar qo‘lida pulning ko‘payishi, ular boyligining ko‘payishiga olib keladi-yu, jamiyat miqyosida muomaladagi pul massasining ko‘payishi jamiyat boyligi ortib borishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, degan savollarga hali to‘liq javob berilgan emas.
Pulning iqtisodiy mohiyati xususida fikrlarni eramizdan oldingi davrda yashagan Aristotel (er.oldingi 384 – 322 yy.), keyinchalik sarkarda Aleksandr Makedonskiy kabi buyuk shaxslar tomonidan qoldirgan manbalarda ham ko‘rish mumkin1. Yuqorida bayon etilganlardan ko‘rinib turibdiki, pulning mohiyatiga xorijiy va mahalliy iqtisodchi olimlar, mutaxassislar va nazariyachilar o‘zlarining yondashuvlarini bildirgan. Biz ularning ushbu fikr va yondashuvlarini tadqiq qilish maqsadidan yiroqmiz.
Pul–iqtisodiy kategoriya bo‘lib, barcha tovarlar uchun umumekvivalent vazifasini bajaradigan maxsus tovardir. Pul faqat ayirboshlash jarayonida zarur bo‘ladigan, hukumat tomonidan o‘rnatilgan to‘lov vositasidir. Pul – qat’iy o‘rnatilgan kafolatlangan bahoni aniqlaydigan vosita emas. U oddiy tovar, faqat boshqa tovarlardan unga ehtiyojning yuqoriligi va qolgan barcha tovarlar uchun ayirboshlash vositasi sifatida foydalanganligi bilan ajralib turadi. Boshqa tovarlar singari pul ham kishilar tomonidan jamg‘ariladi. Kishilar tovarlarni sotish va xizmatlarni ko‘rsatish orqali uni «sotib» oladi yoki jamg‘aradi. Tovarlarni sotib olish va turli xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish natijasida uni «sotadi».
Pulning mohiyati uning turlarida va funksiyalarida yanada aniqroq namoyon bo‘ladi, keyingi paragraf va boblarda ushbu masalalarga atroflicha o‘rin beriladi. Pul – bu maxsus tovar, umumiy ekvivalent bo‘lib, abstrakt mehnat xarajatlarini o‘zida aks ettiradi va tovar xo‘jaligidagi ijtimoiy ishlab chiqarish munosabatlarini ifodalaydi. Bu ta’rif pulning barcha xususiyatlarini o‘zida to‘liq ifodalaydi deb aytishimiz mumkin. Bular, birinchidan: pulning boshqa tovarlardan ajralib turuvchi maxsus tovarligi, ikkinchidan: pul bu umumiy ekvivalent yagona t ovar bo‘lib, qolgan tovarlarning qiymatini o‘zida ifoda qilishi, uchinchidan: pulning ekvivalent sifati tovarni yaratishga ketgan mehnat va boshqa xarajat larni o‘zida ifoda qilishi, to‘rtinchidan: pulning har bir iqtisodiy tizimda, tovar ishlab chiqarishda kishilar o‘rtasida yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlarni ifoda qilishi va boshqalardir.



  1. Download 98.67 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling