O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent moliya instituti “iqtisodiyot” fakulteti
Download 98.67 Kb.
|
Pul tizimi evolyutsiyasi va uning turlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kriptovalyuta.
Mobil va elektron pullar. 21 asrga kelib pulning ikki ilg‘or ko‘rinishi ommalashdi: mobil to‘lovlar va kriptavalyutalar. Mobil to‘lovlar orqali odatda smartfon yoki planshetdagi ilovalar orqali mahsulot va xizmatlar uchun pul to‘lash yoki boshqa odamlarga pul o‘tkazmalarini osonlik bilan amalga oshirish mumkin. Dunyoda Apple Pay, AliPay kabi xizmatlar, O‘zbekistonda esa PayMe, Click kabi mobil to‘lov ilovalari tadbirkor va xaridorlar o‘rtasidagi muhim bo‘g‘inga aylanib bormoqda. Elektron pullar kompyuterlarda yozilgan raqamlardir. Dunyodagi eng yirik pul amaliyotlari shu raqamlarni bir hisobdan boshqa bir hisobga ko‘chirish orqali amalga oshiriladi.
Kriptovalyuta. Virtual valyutalar orasida eng mashhuri 2009 yilda Satoshi Nakamoto taxallusli odam yaratgan deya hisoblanadigan Bitkoindir. Kriptovalyutalar jismoniy shaklga ega emas. Moliyachi mutaxassislar, kriptovalyutalarni quyidagi jihatlariga ko‘ra boshqa pullardan afzal deb hisoblashadi: ular bilan turli amaliyotlarni bajarish arzonroq; havfsizlik va maxfiylikni ta’minlash osonroq; moliyaviy mustaqillik talablariga javob beradi amaliyotlarni tezroq o‘tkazish mumkin; xalqaro to‘lovlarni amalga oshirish yengilroq (davlatlararo to‘lovlar tez va arzonroq amalga oshiriladi); davlatlar emissiya qilgan milliy valyutalardan farqli ravishda markazlashmagan holda ishlaydi. Qadimgi mutafakkirlar Ptolomey modeli deb ataluvchi kosmologik modelni ishlab chiqishgan. Unga ko‘ra, oy, quyosh, yulduzlar va sayyoralar muallaq turuvchi Yer atrofida aylanadi (ya’ni Yer osmon markazidir). Bu ta’limot yanglish bo‘lib chiqishiga qaramay, ishlab chiqilgan model mavsumlar, sayyoralarning harakatlanishi va holatini belgilash (hisoblash)ning ishonchli usuli bo‘lib qolmoqda. Ammo vaqt o‘tishi bilan yangi model (usul)lar paydo bo‘ldi va ular insoniyatga yanada ko‘proq imkoniyat taqdim etdi va hatto (ilgari imkonsizdek ko‘ringan) Oyga ham yetib borishga imkon berdi. Ptolomey modeli bilan bo‘lgani kabi pulni moddiy mahsulotlar o‘rtasidagi ayirboshlash (olish/sotish) vositasi emas, balki uni o‘zini mahsulotga aylantirgan zamonaviy moliya tizimi albatta mukammal tizim emas. Chunki bu tizim turli ijtimoiy-iqtisodiy va hatto atrof-muhit bilan bog‘liq muammolar sababchisidir (qimmatbaho qog‘ozlar bozori, ko‘chmas mulk bozori va boshqa turdagi bozorlardagi spekulyativ o‘yinlar natijasida yuzaga keluvchi moliyaviy inqirozlar, ularning ketidan keluvchi depressiyalar kabi). Biroq hozircha bu jahonda qabul qilingan va ishlab turgan tizimdir, va biz bundan yaxshiroq tizimni joriy qilmagunimizcha undan foydalanib turishimizga to‘g‘ri keladi. O‘zbekistonda qog‘oz pullar 1918 yildan boshlab dastlab Buxoro amirligida muomalaga chiqarilgan. Muomalaga chiqarilgan nominali 20, 60, 100, 200, 300, 500, 1000, 2000, 3000, 5000, va 10000 qog‘oz pullar tanga deb atalgan. 1920 yilda Buxoro Sho‘ro qo‘shinlari tomonidan bosib olinib, Buxoro amirligi o‘rniga Buxoro Sovet Xalq Respublikasi (BSXR) tashkil etiladi. Yangi BSXR da 1920 yilda Buxoro amirligi tomonidan chiqarilgan metall va qog‘oz tangalar muomalada bo‘lib keladi, hamda ularni bir oz o‘zgartirilgan holda chiqarish, ya’ni sovet simvolikasi qo‘yilgan holda tanga nomi bilan qog‘oz pullar muomalaga chiqarish davom etgan. 1921 yilda BSXR muomalaga yangi, nominali rublda ko‘rsatilgan qog‘oz pullarni chiqara boshlaydi. Bu pullar 3000, 10000 va 20000 rubl nominalda muomalaga chiqarilgan. 1922 yilda BSXR tomonidan denominatsiya amalga oshirilib, pullarning nominali yuzlab marta kamaytirilgan va 1, 5, 10, 25, 100 rubllik yangi pullar muomalaga chiqarilgan. Ammo ko‘p o‘tmasdan, kuchli inflyatsiya natijasida past nominaldagi pul birliklari bozor ehtiyojlarini qondira olmay qoladi va 1000, 2500 va 5000 rubllik pullar bosib chiqarila boshlagan. Xulosa Xulosa qilib aytganda, pulning vujudga kelishi jamiyat ijtimoiy – iqtisodiy jarayonlarini rivojlanishi va takomillashib borishi bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, bularning ichida kishilar o‘rtasida mehnat taqsimotining paydo bo‘lishi muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, biz yashab istiqomat qilayotgan zaminda pullarning vujudga kelishi uning tarixi va sivilizatsiyasi juda boy va qadimiy ekanligidan dalolat beradi. Download 98.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling