O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent moliya instituti “iqtisodiyot” fakulteti


Pulning to‘lov vositasi funksiyasi


Download 98.67 Kb.
bet7/11
Sana08.05.2023
Hajmi98.67 Kb.
#1446806
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Pul tizimi evolyutsiyasi va uning turlari

Pulning to‘lov vositasi funksiyasi asosan quyidagi holatlarda namoyon bo‘ladi;
– jami ijtimoiy mahsulotni yaratish, taqsimlash va qayta taqsimlashda;
– davlat byudjeti xarajatlarini shakllantirish va qayta taqsimlashda;
– xo‘jalik sub’ektlari o‘rtasida amalga oshirilayotgan naqd pulsiz hisob – kitoblarni amalga oshirishda;
– kredit muassasalari ssuda va investitsiya operatsiyalarini bajarganda hamda pul o‘tkazmalarini amalga oshirganda;
– korxona va tashkilotlar o‘z xodimlariga ish haqi va unga tenglashtirilgan mablag‘larni to‘lashda va boshqa holatlarda.
Pulning to‘lov vositasi funksiyasi yuridik shaxslar o‘rtasida amalga oshirilayotgan naqd pulsiz hisob – kitoblarda juda keng foydalaniladi. Bunda naqd pullarning ishtirokiga zaruriyat bo‘lmaydi, barcha operatsiyalar bank hisobraqamlarida biridan ikkinchisiga o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.
Nazarimizda, rivojlangan mamlakatlar iqtisodchilari tomonidan pulning to‘lov vositasi va muomala vositasi funksiyalarini bir – biriga qo‘shib yuborilishi natijasida, uning to‘lov vositasi funksiyasini e’tirof etilmasliklari maqsadga muvofiq emas.
Pul o‘zining muomala va to‘lov vositasi funksiyalarini bajarmagan vaqtda jamg‘arma funksiyasini bajaradi. Demak, pullar pul oboroti jarayonida tovarlar va ko‘rsatilgan xizmatlarning muomala vositasi sifatida namoyon bo‘lmaganda, shuningdek, oldindan ko‘rsatilgan xizmatlar va sotib olingan tovarlar uchun to‘lov vositasi vazifasini bajarmagan paytlarda jamg‘arma funksiyasini bajaradi. Agar, jamiyatda yuz berayotgan iqtisodiy munosabatlar va aholining ijtimoiy – iqtisodiy faoliyatiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, pul asosan jamg‘arma vositasi funksiyasini bajarayotganligining guvohi bo‘lishimiz mumkin.
Pulning jamg‘arma vositasi funksiyasi aholining vaqtincha foydalanmasdan kishilar o‘zi bilan olib yurganda yoki uyda saqlaganda, bankning omonat hisobvaraqlarida saqlanishi, shuningdek, barcha turdagi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning naqd pul ko‘rinishida kassada saqlanadigan vaqtincha bo‘sh mablag‘lari va bank hisobvaraqlarida naqd pulsiz ko‘rinishda namoyon bo‘ladi. Pulning jamg‘arma funksiyasi kredit muassasalarida iqtisodiy jihatdan muhim vazifani bajaradi. Kredit muassasalari jamiyat miqyosidagi vaqtincha bo‘sh pul mablag‘larni (naqd va naqdsiz pul ko‘rinishida) ma’lum shartlar asosida o‘zida jamlab, ushbu mablag‘larga ehtiyoji bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslarga to‘lovililik, maqsadlilik va qaytarishlik asosida berishi orqali, mamlakatda jami ijtimoiy mahsulotni ko‘paytirishda pulning jamg‘arma funksiyasidan foydalanadi.
Iqtisodiyotda yuqori inflyatsiya darajasi pulning aholi qo‘lidagi va kredit muassasalarida jamg‘arma vositasi funksiyasini bir qadar chegaralaydi. Aholi o‘zining vaqtincha pul mablag‘larini banklarda va uyda saqlashdan ko‘radigan iqtisodiy samaradorligi past bo‘lishi, iqtisodiyotda tovarlarning bahosini kundan kunga o‘sib borish tendensiyasiga ega bo‘lgan sharoitda, ushbu, pullarni qimmatbaho metallarni, ko‘chmas mulk va xorijiy valyutalarni sotib olishga sarflaydi. Buning natijasida, mamlakat Markaziy banki tomonidan olib borilayotgan pul – kredit siyosatining samarasi ko‘zlangan maqsadga erishish imkoniyatini bermaydi.
Pulning jamg‘arma funksiyasining ahamiyatini oshirish uchun quyidagilarni ta’minlash lozim:
– omonatchilarning kredit muassasalarda saqlanayotgan pul mablag‘laridan iqtisodiy manfaat ko‘rish, istagan paytda to‘liq va zudlik bilan qaytarib olish imkoniyatini ta’minlanganligi;
– qo‘yilgan mablag‘larning kafolatlanganligi (sir saqlanishi, iqtisodiy barqarorligi, to‘liq qaytarilishi);
– risk darajasining pastligi.
Pulning funksiyalari bir – biriga bevosita bog‘liq bo‘lib, ular doimo bir – birini to‘ldirgan holda iqtisodiyotda harakatda bo‘ladi.



  1. Download 98.67 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling