Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Investor (inglizcha investor) – pul qo‘ygan kishi, omonatchi; investorlarni  amalga oshiradigan shaxs, tashkilot, davlat.  Fond bozori


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet252/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

Investor (inglizcha investor) – pul qo‘ygan kishi, omonatchi; investorlarni 
amalga oshiradigan shaxs, tashkilot, davlat. 
Fond bozori – bu qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdi qilinadigan birja; bozor 
infratuzilmasining muhim bo‘g‘ini, qimmatli qog‘ozlar (davlat obligatsiyalari
korxonalar aksiyalari va obligatsiyalari, bank kredit biletlari va boshq.) valuta 
oldi-sotdi bo‘yicha muntazam va tashkiliy faoliyat ko‘rsatadi. 
Moliya bozori – jamiyatda moliya xizmatlari bozori; moliya 
mablag‘larini vaqtincha haq to‘lab ishlatish yoki ularni sotib olish yuzasidan 
bo‘lgan munosabatlar. Banklar, fond birjasida va auksionlarda o‘tkaziladi. 
Moliya bozori tarkibi murakkab, unga qimmatli qog‘ozlar bozori, ssuda 
kapitali, investitsiya bozori kabilar kiradi. 
Retsessiya – bu iqtisodiy o‘sishning cho‘qqi nuqtasidan keyingi pasayish 
fazasi bo‘lib, olti oy davomida ketma-ket ishlab chiqarish sur’atlarining keskin, 
birja indekslarining esa ommaviy pasayishi jarayonidir. 
Depressiya – bu iqtisodiy o‘sishning keskin pasayishi. 
Korporatsiya 
(lotincha Corporation – birlashma, hamjamiyat 
ma’nolarida) – rivojlangan yirik aksionerlar jamiyati va trestlar; biron-bir 
faoliyat uchun uyushgan huquqiy va jismoniy shaxslar majmui. XIX asrlarda 
paydo bo‘lgan. 
Moliyaviy derivativ – bu chet el valutasi bilan bog‘liq bo‘lgan hosilaviy 
moliyaviy vositalar (valuta derivativlari) chet el valutasi oldi-sotdisi bo‘yicha 
shartnomalar bo‘lib, ularda belgilangan majburiyatlar muayyan muddat 
o‘tgach yoki uning kursi o‘zgarishiga bog‘liq ravishda bajarilishi mumkin. 
Sekyuritizatsiya deganda, moliyaviy aktivlarni qimmatli qog‘ozlarga 
almashtirish tushuniladi. 
Diskont (inglizcha discount, italyancha sconto – hisoblamoq ma’nosida):
1) banklar tomonidan vekselni muddatidan ilgari qaytarib sotib olish (veksel 
hisobi); 2) vekselni qayta sotib olganlik uchun bankdan undiriladigan protsent
3) tovar narxi (masyu, sifati standartga to‘g‘ri kelmaganda), birja va valuta 
bitimlarida valuta narxidan tashlama. 


 420
Stagflyatsiya (lotincha Stagno – ko‘lmak va inflation – shishmoq 
ma’nolarida) – puflangan iqtisodiyotning turg‘unlik, inflatsiya bilan 
xarakterlanuvchi holati. Stagflyatsiya belgilari: iqtisodiy o‘sish g‘oyat sust 
boradi yoki yuz bermaydi, ishsizlik ko‘payadi, tirikchilik qiymati o‘sadi, 
inflatsiya kuchayadi, ishlab chiqarish quvvatlari to‘la ishlatilmaydi, investitsiya 
jarayoni sustlashadi, ijtimoiy barqarorlik ortadi.
Defolt – bu to‘lov qobiliyati va muddati likvidlik ta’minlanmaganligi 
holatidan kelib chiqib, korxonalar majburiyatlarini to‘lashni rad etishdir. 
Proteksionizm (lotincha protection – himoya ma’nosida) – davlatning 
milliy iqtisodiyotini himoya qilish va uni rivojlantirishni har tomonlama 
rag‘batlantirish, soliq imtiyozlari berish, importni cheklash hamda import 
mollardan boj haqlarini oshirish va shunga o‘xshash boshqa tadbirlarda o‘z 
ifodasini topadi. 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling